Vagranka pechlar,ularning mohiyati. Reja
Download 233.33 Kb.
|
Quymakorlik N28
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5. Po‘Iat suyuqlantirishning umumiy xarakteristikasi
b o 'y la b tomchilar va oqimlar ko‘rinishida oqib tushadi hamda
o‘ta qiziydi. Natijada, uglerodlanish, shuningdek C va S laming erib, koksdan ajralish hamda elementlarning quyidagi tipdagi reaksiya bo‘yicha qaytarilish jarayonlari boshlanadi: < C > + (MeO) = [Me] + {CO}. (1.15 a) Bu zonada shlak hosil bo‘la boshlaydi. Ozod kislorod tufayli furmalar zonasida Me + 1 0 2 = MeO tip dagi reaksiya bo‘yicha elementlar jadal oksidltnishi mumkin. Birinchi navbatda temir oksidlanadi. Bunda temir (II) oksidi Mn, Si, C larni oksidlaydi (1.15 reaksiya). Metall tomchilari koks bilan kontaktlashganda (1.15 a) tipdagi reaksiyalar bo‘yicha elementlar intensiv uglerodlanadi va qaytariladi. Keyin shlak hosil bo‘lishi tugaydi. To ‘rtinchi zonada ( to‘plash zonasi) metall va shlak biroz soviydi. Metall gornda to'planadi va koks bilan kontaktlashib koksdagi uglerod hamda oltingugurtni eritadi. Vagrankalardan (ularda metall gornda to'planadi) olingan c h o ‘y a n tarkibida C va S miqdori ko'proq bo'ladi. Barcha fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida Si va Mn ularning shixtadagi dastlabki miqdoriga qaraganda tegishlicha 15-25% va 2 5 - 30% kamayadi. Natijada uglerod va oltingugurt miqdori ortadi. Temir miqdori ham biroz kamayadi. Uning oksidlari, Si va Mn oksidlari, yoqilg‘i kuli hamda futerovkaning erigan sirti vagranka shlakini tashkil etadi. 1.5. Po‘Iat suyuqlantirishning umumiy xarakteristikasi ' Quymakorlikda tarkibida zararli aralashmalar juda kam bo‘lgan po‘lat olish muhimdir. Ayniqsa, kislorod, oltingugurt va fosfor miqdorini kamaytirish zarur bo‘ladi, chunki bu elementlar po‘latda oksid, sulfid va oksisulfid qo‘shilmalar hosil qiladi. Zararli aralashmalar miqdori qancha oz bo‘lsa, p o ‘lat sifati shuncha yuqori bo'ladi. Fosfor miqdori kamayganda metall matritsasi mustahkamlanadi, oltingugurt miqdori 0,03 dan 0,01% gacha kamayganda esa po‘latning zarbiy qovushoqligi 2-3 marta ortadi [43, 44]. Tayyorlab qo‘yilgan po‘latni suyuqlantirish pechiga shixta solinadi, so‘ngra u qizdiriladi va suyuqlantiriladi, natijada suyuq metall hamda shlak hosil bo'ladi. Bundan keyin suyuq metall shlak ostida ishlanadi va bu shlak chiqarib tashlanadi, so‘ngra namuna olinadi va po'lat talab etilgan tarkibgacha (me’yoriga) yetkaziladi. Bunda, masalan, zararli aralashmalarni chiqarib yuborish maqsadida yangi shlak hosil qilish mumkin. Barcha hollarda, yakunlovchi bosqichda po‘lat oksidsizlantiriladi. Yuqori sifatli po'lat olish uchun ular nodir-yer metal - lar silitsidlari bilan modifikatsiyalansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi [44]. Po‘lat tarkibining shakllanishi suyuqlantiralayotganda fazalaming o ‘zaro ta ’siri natijasida sodir bo‘ladi (6- rasm). Har qaysi davrni alohida-alohida ko'rib chiqamiz. Po'latni suyuqlantirish uchun shixta tarkibida ko‘p miqdorda p o 'la t temir-tersaklari b o ‘ladi. Mamlakatimizda 1 t yaroqli po'lat quymalariga taxminan 150 kg qayta ishlanuvchi cho‘yan sarflanadi. Po'lat temir-tersaklari qizdirish vaqtidayoq oksidlanaboshlaydi, chunki metall bilan o'zaro ta’sirlashadigan pech atmosferasining tarkibida, birinchi navbatda, temirni oksidlovchi gazlar — oksidlagichlar 0 2, C 0 2 va N20 bo‘ladi: [Fe] + { i 0 2} = (Fe0), (1.16) [Fe] + {C02} = (FeO) + {CO}, (1.17) [Fe] + {H20} = (FeO) + {H2}. (1.18) Gaz fazasi metall bilan o'zaro ta’sirlashganda boshqa elementlar ham oksidlanadi: [Si] + {02} = (Si02), (1.19) [Si] + {2C02} = (Si02) + {2CO}, (1.20) [Si] + {2H20} = (Si02) + {2H2}, (1.21) [Mn] + { l 0 2} = (Mn0), (1.22) [Mn] + {C02} = (MnO) + {CO}, (1.23) [Mn] + {H20} = (MnO) + {H2}, (1.24) [C] + { l 0 2} = (C0), (1.25) [C] + {C02} = {2C0}, (1.26) [C] + {H2O} = {C0} + {H2}. (1.27) Temirga nisbatan kislorodga yaqin bo'lgan elementlar ternir (II) oksidi bilan oksidlanadi: [Si] + (2FeO) = (Si02) + [2Fe], (1.28) [Mn] + (FeO) = (MnO) + [Fe], (1.29) [C] + [FeO] = {CO} + [Fe]. (1.30) Yuqoridagi reaksiyalar faqat asosiy elementlar uchun keltirilgan. Istalgan elementning oksidlanishi termodinamik jihatdan mumkin bo‘lsa, uni yuqoridagiga o‘xshash tavsiflash mumkin. Oksidlanish davri shlakning yuksak oksidlanish xossalari bilan xarakterlanadi. (1.18)—(1.20) reaksiyalar judajadal o'tadi. Oksidlanish davri tugagandan so‘ng va, ayniqsa, qaytarish jarayonlarini o‘tkazishda (masalan, oq yoki karbidli shlak ostida) ulaming termodinamikasi keskin o'zgaradi. Po‘latni suyuqlantirishning prinsipial tafovuti xuddi shundan iborat. Po‘latni suyuqlantirish agregatining turi va shixta tarkibiga qarab, (1.16)—(1.30) reaksiyalar turli aktivlik darajasiga ega bo'ladi. Masalan| konvertor jarayoni uchun (1.16), (1.19), (1.22), (1.25) reaksiyalar xarakterlidir. Marten pechida (1.17) va (1.18) reaksiyalar ancha aktiv sodir bo'ladi, chunki pech atmosferasining tarkibida CO va H20 (gaz yoki mazut uglevodorodlari yonib shu gazlarni hosil quadi) ko‘p bo‘ladi. Elementlarning ternir oksidi bilan oksidlanish (1.28) (1.30) reaksiyalari metall oksid qatlami bilan qoplangandagina rivojlanadi. Bu reaksiyalar o ‘ta qizish va metallning oksidlovchi shlak ostida me’yoriga yetish davri uchun xarakterlidir. Umumiy fizik-kimyoviy qonuniyatlarga muvoflq, oksidlovchi shlak ostida (1.28) va (1.29) reaksiyalar bo'yicha Si va Mn lar ancha aktiv kuyadi, so ngra (1.30) reaksiya bo'yicha vannaning CO pufakchalarining ajralib chiqishi hisobiga qaynashi boshlanadi. Agar vannaning qaynashi uchun oldin hosil bo‘lgan FeO yetarli bo Imasa, u holda pechga temir ruda kiritiladi. Po‘lat suyuqlantirish jarayonining turiga qarab, (1.28)—(1.30) reaksiyalar, yoxud aralashmalarning to ia oksidlanishigacha yetkaziladi, yoxud qandaydir bosqichda to‘xtatiladi. Asosiy jarayonda oksidlovchi shlak ostida fosfor chiqarib tashlanadi, buning uchun FeO va CaO lar bo‘lishi zarur: 2P + 5FeO = P20 5 + 5Fe, (1.31) P20 5 + 3FeO = (Fe0)3P20 5, (1-32) (F e0 )3P20 5 + 4CaO = (Ca0)4P20 5 + 3FeO. (1.33) Fosfordan muvaffaqiyatli tozalash uchun yuqori temperatura talab qilinmaydi. {Po‘latga oksidlovchi shlak ostida ishlov berish tugagandan so ng,bu shlak nasos bilan chiqarib tashlanadi. Pechda metallning o ta qizdirilishiva me’yoriga yetkazilishi berilgan kimyoviy tarkibdagi po lat olishga yordam beradigan maxsus qaytaruvchi shlaklar hamda ferroqotishmalarishtirokida amalga oshiriladi. Oltingugurtni chiqarib tashlash uchun yuqori asosli, ya’ni tarkibida CaO ko p^ miqdorda boigan shlak hosil qilinadi. Bunda sulfidlar ko rinishida bo lgan oltingugurtshlakka chiqarib yuboriladi: [FeS] + (CaO) = (CaS) + (FeO), (1.34) [MnS] + (CaO) = (CaS) + (MnO). (1-35) Oltingugurtni ancha to ‘la chiqarib tashlash uchun shlak tarkibidagi CaO ning miqdori yuqori bo‘lishi va yuqori temperatura talab etiladi. Bunda shlak orqali metallni oksidsizlantirish mumkin. Buning uchun Si va C lar kiritish zarur, ular temir oksidi bilan o‘zaro reaksiyaga kirib ((1.28) va (1.30) reaksiyalar), uning shlakdagi miqdorini keskin kamaytiradi hamda taqsimlanish muvozanati [FeO] (FeO) ni o‘ngga siljitadi, ya’ni temir oksidining metalldan shlakka o‘tishiga yordam beradi. Metallni shlak ostida ishlash tugagandan so‘ng shlak nasos bilan so‘rib olinadi, shundan so‘ng po‘lat pechdan chiqariladi. Po'lat chiqarilayotgan vaqtda turli oksidsizlantirgichlardan foydalanib, u oksidsizlantiriladi. Oksidsizlantirgichlar tarkibida Si, Mn va Al bo ladi. Bunda quyidagi reaksiyalar sodir bo‘ladi: 2FeO + Si = SiO + 2Fe, (1.36) FeO + Mn = MnO + Fe, (1.37) 3FeO + 2A1 = A120 3 + 3Fe. (1.38) Oksidsizlantirgich-element [..J miqdori bilan qoldiq kislorod [O] orasida aloqa mavjud bo‘lib, u elementlarning oksidsizlantirish Download 233.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling