Vakolatxonasi ya. Mamatova, S. Sulaymanova


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana06.11.2017
Hajmi0.6 Mb.
#19518
1   2   3   4   5   6   7   8
partiya 

2011y. 

01.01. 

holatiga 

ko‘ra 

2012y. 01.01. 

holatiga ko‘ra 

2013y. 

01.01. 

holatiga 

ko‘ra 

2014y. 

01.01. 

holatiga 

ko‘ra 

1. O‘zXDP 

153369 

154508 


158756 

171414 


2. “Adolat” 

SDP 


37036 40734  44851 50983 

3. O‘zLiDeP  62599 

64346 

66998 


67802 

4. “Milliy 

tiklanish” DP 

55522 58921  71107 83914 

 

Jami 308526 

318509 341712 

374113 

 % 


41,6 

41,9 


42,2 

44,5 


 

Hozirgi kunda siyosiy partiyalar tarkibining 45% ga yaqinini  ayollar tashkil 

etadi.  Shunga qaramasdan, ayollarning ijtimoyi-siyosiy va  iqtisodiy faolligini 

oshirish borasida OAV vositasida ularning huquq va qonuniy manfaatlari hamda 

siyosiy va huquqiy madaniyatiga doir habardorligini oshirish, siyosiy 

muvafaqqiyatlarga urg‘u bergan holda ayol-siyosatchilar faoliyatini keng targ‘ib 

qilish, ayollar masalalari bo‘yicha jamoatchilik va saylangan vakillar o‘rtasida doimiy 

oshkor muloqotni yo‘lga qo‘yish

21

 dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.  



 

                                                 

20

 Дунёқарашлар диалоги: аёл ва жамият тараққиёти. / Республика илмий-назарий конференцияси 



материаллари, 5 март 2014 йил. – Т.: ЎзМУ, 2014. – Б.35-36. 

 

21



 Ўша манба. – Б.36.  

Zdes foto izvestnoy jenщinы-politika v Uzbekistane, naprimer Svetlanы 

Artыkovoy, Ombudsman Sayora Rashidova ili drugix 

2008-yilda Jurnalistlarni qayta tayyorlash Markazi, Shveytsariyaning 

O‘zbekistondagi elchixonasi  gender dasturi hamda F. Ebert jamg‘armasi 

vakolatxonasi hamkorligida  “Gender va O‘zbekiston OAV” deb nomlangan katta 

tadqiqot loyihasi  amalga oshirilgan. Mazkur tadqiqotlar davomida 2008-yilning 

fevral-iyun oylarida  respublika miqyosidagi – “Xalq so‘zi”-“Narodnoe slovo”, 

“Pravda Vostoka”, “Hurriyat”, “Oila va jamiyat”, “Molodej Uzbekistana”, 

“Turkiston”  gazetalari,  “Sem’ya” haftanomasi, “O‘zbekiston” va “Yoshlar” 

telekanallari  hamda “Oriyat-Dono”, “Yoshlar” radiokanallari faoliyati tahlil qilingan.  

Mazkur tadqiqotga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan OAV ko‘rsatilgan muddat 

mobaynida chop etilgan chiqishlarida erkak-mualliflar soni ayol-mualliflardan ancha 

yuqori bo‘lgan. Barcha OAVda ayol mavzusidagi materiallar soni erkaklarga 

bag‘ishlangan materiallarga nisbatan  sezilarli darajada kam uchragan. Fotosuratlarda 

ham qahramon erkaklar soni ancha yuqori bo‘lgani aniqlangan. Ayol tasvirlaridan 

asosan  gazeta sahifasini bezashda foydalanilgan. Chiroyli qizlar  tasviri ularning 

ismi-sharifi berilmay joylashtirilishi hollari ham ko‘p uchragan. Erkaklar tasviri esa 

asosan o‘z kasbi ustasi sifatida gavdalantirilgan. Erkaklar ko‘proq kompyuter 

monitori oldida,  murakkab texnologik jarayonni boshqarib turishi, zavod, qurilish, 

gazoprovod, avtomobil yo‘li fonida tasvirlangan. “Axborot” teledasturida, “Molodyoj 

Uzbekistana”,  “Sem’ya” gazetalarida siyosiy faoliyat, iqtisodiyot, sanoat, yuqori 

texnologiyalarga bag‘ishlangan materiallarning bosh qahramonlari asosan erkaklar 

bo‘lgan. Barcha OAVda yigit va erkaklar  intiluvchan,  iqtidorli, muvaffaqiyatli, 

yetakchi sifatida tasvirlangan. Xotin-qizlar obrazlari esa ko‘proq maishiy fonda, 

asosan, bog‘cha mudirasi, maktab direktori, mahalla faoli sifatida tasvirlangan

22



Yetakchi bosma OAV gender mavzusini yoritishda asosan xabar, 

korrespondentsiya janrlaridan foydalangan. Ayollar muammolariga bag‘ishlangan  

tahliliy materiallar deyarli uchramaydi

23



 

Endi 2014-yilning oktabr-dekabr oylarida milliy matbuot sahifalarida ayollarga 

bag‘ishlangan materiallar mazmuniga murojaat etsak. Partiya nashrlarida aynan shu 

davrda ko‘proq Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bilan 

bog‘liq mavzu ko‘tarilgan. Xususan, “XX1 asr” gazetasida (O‘zliDeP muassisligidagi 

nashr) mazkur muddat davomida xotin-qizlar mavzusida jami nashrning ham qog‘oz, 

ham elektron taxminida 15 ta material  chop etilib, ularning aksariyati partiya a’zolari 

bo‘lgan ayollarning saylov jarayonidagi faolligi, oilaviy tadbirkorlik, tibbiyot sohalari 

vakilalari faoliyati,  shu jumladan, ularning mehnat sharoitlari yaxshilanayotganiga 

bag‘ishlangan korrespondentsiya, suhbat, lavha va kengaytirilgan xabarlar berilgan. 

Jumladan, gazetaning dekabr sonlarida chop etilgan “Salohiyatni ro‘yobga 

chiqarayotgan faollik”, “El e’tiboridagi liberallar”, “Ishbilarmon ayollar O`zLiDePga 

                                                 

22

 Миралимова М., Степанова Н.  Гендер и СМИ Узбекистана. –Т.:МЦПЖ, 2008-С.62-64. 



23

 Ўша манба-С. 38-39. 



ovoz beradi”, oktyabr oyida berilgan “Uyushqoqlik va oshkoralik tamoyillari 

asosida”, “Ongi baland mingni yengadi” kabi materiallarda O‘zLiDeP faollari, 

tadbirkor-ayollarni bo‘lajak saylovga nomzod sifatida ko‘rsatilishi haqida so‘z 

yuritiladi. Qahramon sifatida tanlangan ayollar o‘sha an’anaviy timsolda 

gavdalantirilgan, ya’ni nomzod – partiya a’zolari  tadbirkor, mahalla faoli va yaxshi 

oila bekasi sifatida  tasvirlangan

24

. Gazetaning bu ma’nodagi  ijobiy jihati shundaki, 



genderga yo‘naltirilgan materiallarni ham  ayol, ham erkak jurnalistlar tomonidan 

teng tarzda yoritilishiga intilishini kuzatish mumkin. 

 “Adolat” 

SDPning 


gazetasida 

ham 


mazkur 

jarayonni yoritish mazmun jihatidan 

“XX1 asr”dan  uncha farqlanmaydi. O‘tgan yilning oktabr-dekabr oylarida gazetada 

12 ta material chop etilib, ularning mualliflaridan  8 nafari ayol jurnalistlardir. Mazkur 

materiallar ham ko‘proq partiya a’zosi bo‘lgan xotin-qizlarning faoliyatini yoritishga 

bag‘ishlangan. Bu gazetada ham partiya a’zolari bo‘lgan ayollarning saylov 

jarayonidagi, tadbirkorlik sohasidagi faolligi, huquqiy savodxonligi, ijtimoiy 

jarayonlardagi o‘rni kabi masalalar ko‘tarilgan. Gazetada qayd etilgan davr 

mobaynida  chop etilgan “Andijonlik safdosh ayollar”, “Sarmoyalar ayollar va 

yoshlar tadbirkorligi yo‘lida”, “Tanlash va saylash mas’uliyati”, “Zamira 

Abdullayeva: «Ayollari qadrlangan yurtning qadri baland bo‘ladi», “Ayolning 

adolatda azmi qat’iydir”, «Tashabbuskorlik va fidoyilik - xalqchil g‘oyalarni ilgari 

surayotgan siyosiy kuch safidagi ayollarning faolligini oshirmoqda» sarlavhalari bilan  

berilgan materiallarda partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi 

dasturlari  haqida so‘z yuritiladi. Materiallarning asosiy kamchiligi – mazmunida 

rasmiyatchilikning ustun kelishidir. Qahramonlar eski qolipda, ya’ni ona, jamoatchilik 

ishlaridagi faol, tadbirkor, maktab direktori, o‘qituvchi, tibbiyot hodimi timsollarida 

gavdalantirilgan

25

. Huddi shunday holat “Milliy Tiklanish” gazetasida ham 



kuzatiladi

26

. Yuqorida keltirilgan sarlavhalarning aksariyati  eskicha, rasmiy qolipda 



berilgan.   

  

Gender assimetriyasi hatto matbuot nashrlari dizaynida ham o‘z ifodasini 

topgan. Hozirgi zamon matbaatchiligida vizual obraz axborotning o‘z manziliga va 

o‘quvchisiga yetib borishida katta imkoniyatlarga ega bo‘lib bormoqda. Shu ma’noda 

“yaltiroq” (glyanets) jurnallar muqovasi ham vizual reprezentatsiyaning mukammal 

namunasi sifatida qabul qilinadi. Bunday jurnal muqovasi nafaqat uning mazmuni, 

balki davr ruhi, evolyutsiyasini ham ifoda etadi. 99% holatda “yaltiroq” jurnal 

muqovasida jozibali ayol yuzi soyasiz tasvirda beriladi. G‘arbda mashhur bo‘lgan 



“Cosmopoliten”  jurnali muqovasida, huddi ko‘p yil ilgarigidek, zamonamizning 

go‘zallari Djia Karandji, Djerri Xoll, El Makferson va boshqa modellar qiyofasi 

tasvirlangan. “Marie Claire”  jurnali “Cosmopoliten”  kabi hozirgi zamon go‘zallari 

timsolini muqovaga joylashtiradi. Ulardan yurtimizdagi “yaltiroq” nashrlarga 

boshchilik qilgan “BellaTerra”    va  “SnobCollection”lar ham sira qolishmaydi. 

                                                 

24

 Каранг: XXI asr, 2014, октябрь-декабрь ойи сонлари. 



25

 Қаранг: Адолат, 2014, октябр-декабр сонлари. 

26

 Қаранг: Milliy Tiklanish, 2014, oktabr-dekabr sonlari.  



Mazkur nashrlarning muqovasida O‘zbekiston shou-olami “yulduz”lari, taniqli 

aktrisa, dizayner va modellar qiyofasi o‘zgacha betakror ranglar jilosida 

gavdalantirilgan. Mazkur timsollar, albatta, o‘ziga birinchi navbatda erkaklar 

auditoriyasini rom etadi va bu rom etilish jarayoni jurnallarning asl maqsadi hamdir. 

Chunki “yaltiroq” nashrning asosiy g‘oyasi – go‘zallik, komillik va uyg‘unlikni  

targ‘ib etishdir. Bunday noyob uchlikning asosiy iste’molchisi esa erkaklar 

hisoblanadi. Glamur jurnallarning ayon va ko‘rinmas samaralari birinchi navbatda 

aynan erkaklar  ruhiyatiga ta’sir etadi. Shu bois ham feshn-industriya, shou-biznes, 

kino, teatr hamda televideniye, sport olami  vakillalarining mukammal qiyofasi  

hozirgi zamonning yangi gender stereotiplarini tashkil etadi.     

Yuqorida matbuotimiz faoliyatida ko‘zga tashlanadigan va ommalashgan gender 

stereotiplari hususida so‘z yuritildi. Ammo  OAVda ayollarning turli ko‘rinishdagi 

“kamsitilishi, ko‘pxotinlik, zo‘ravonlik muammolari yoritilmaydi

27

. Demak, xotin-



qizlarning erkaklar bilan konstitutsion haq-huquqlari tengligini ta’milanshda hamda 

ularning manfaatlarini amalga oshirishning tom ma’noda “ishlaydigan” 

mexanizmlarni yaratishda  OAVning imkoniyatidan to‘la-to‘kis foydalanilmayapti.  

Ko‘rinib turibdiki, Vatanimiz matbuoti sahifalarida gender stereotiplari ko‘plab 

uchraydi. Navbatdagi vazifa esa OAV tom ma’nodagi demokratik institut sifatida 

faoliyat yuritishi, inson huquqlarini jins huquqlaridan ustun ko‘rishi uchun mazkur 

steretiplarni yaqin kelajakda bartaraf etish hisoblanadi. Buning uchun quyidagi 

masalalar o‘z yechimini  topishi zarur. 

Birinchidan, gender qoliplarini ommaviy auditoriyaning milliy va madaniy 

hususiyatlarini e’tiborga olmay turib bartaraf etib bo‘lmaydi.  Shu bois OAV 

chiqishlariga izchil, maqsadli va muntazam ravishda yangi gender yondashuvlarini 

kiritib borish maqsadga muvofiq. Masalan, samarqandlik mahalla faoli M.Hamidova 

bilan “O‘zingni angla, o‘zingni hurmatla” deb nomlangan suhbatga yangi gender 

yondashuvi kiritilgan: “Biz bolalarimizni avvalo boshqalarni ardoqlashga o‘rgatamiz. 

Shuning uchun ham fuqarolarimizning o‘z sog‘lig‘i, ishi, jamiyatdagi o‘rni ikkinchi 

darajali bo‘lib qoladi. Odamlar gapiradi deb, qarz olib to‘y qilamiz. Qizlarimizni 

ko‘ngliga qaramasdan turmushga beramiz. Men esa avval o‘zingni ardoqla, o‘zingni 

izla, o‘zingni angla, o‘zingni hurmatla, degan bo‘lardim... Har birimiz o‘z 

farzandimiz, sog‘lig‘imiz va farovonligimiz uchun mas’ulmiz”

28

.



 

Materialning 

mazkur qismida ayolning o‘ziga, o‘z kelajagiga bo‘lgan yangi munosabati ifoda 

etilgan.  

Ikkinchidan,  «tahririyatlarda malakali mutaxassis tayyorlash bilan birgalikda 

gender siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish zarur»

29

. Ko‘p holatlarda jinslar 



munosabatini huquqiy, ruhiy, itisodiy, tibbiy va boshqa nuqtai nazarlardan tahlil eta 

                                                 

27

 Миралимова М., Степанова Н.  Гендер и СМИ Узбекистана. –Т.:МЦПЖ, 2008. -С.39. 



28

 Гулистон. 2004. № 4. 

29

 Таджиева З. Освещение гендерных проблем в республиканской прессе Узбекистана. // Гендерное образование: 



наука и практика. Материалы международной конференции, 4-5 ноября 2003. -  Бухара, 2003. -С. 212. 

oladigan ekspertlarning yo‘qligi gender jihatdan nokorrekt materiallarning paydo 

bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. 

Uchinchidan, ayollar ruhiyatidagi o‘zgarishlarni, ularning o‘ziga, hayotga, 

ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga  bo‘lgan ijobiy munosabatini tasvirlaydigan,  hayotda 

yuzaga kelayotgan muammolarni mustaqil hal etayotgani aks etgan, biznesda, ilm-

fanda, davlat xizmatida, siyosiy maydonda o‘ziga ishonch bilan faollik ko‘rsatayotgan 

xotin-qizlarga bag‘ishlangan materiallarni muntazam  chop etib borish zarur bo‘ladi. 

To‘rtinchidan, gender muammolari bo‘yicha nafaqat ayol, balki erkak-jurnalistlar 

ham faol chiqishlar qilib turishi muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamon 

matbuotimiz faoliyatida ayollar muammolari xususida fikr yuritayotgan erkak 

mualliflar juda kam. Ayol-muharrirlar ham  o‘z ijodiy va ma’muriy salohiyatini 

gender masalalari bo‘yicha taniqli erkaklar - davlat va jamoat arboblari, deputatlarni 

jalb etgan holda bahs-munozaralarni tashkil etishga safarbar etishlari mumkin. 

Beshinchidan, gender stereotiplarini bartaraf etishda sotsiologik tadqiqotlarning 

ahamiyati katta. Mazkur imkoniyatdan O‘zbekiston OAV juda sust ravishda 

foydalanmoqda. Gender mazmunidagi chiqishlarda sotsiologik tadqiqotlarning 

 

kompleks tahliliga  bag‘ishlangan materiallar deyarli uchramaydi. Bu ma’noda 



olimlar R.Ubaydullayeva va M. Xojimurotovlarning “Ayolga nima halaqit 

qilmoqda”

30

 sarlavhali maqolasida quyidagilar bildirilgan: «Ayollar orasida  jamoat 



ishlab chiqarishning turli jabhalarida faol ijtimoiylashuvning o‘rniga an’anaviy 

turmushning  ustuvorligi saqlanib kelmoqda. Davlat sa’y-harakatlariga qaramasdan 

ayollar ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarga jalb etilmagan, ularga nisbatan qilingan 

adolatsizlik holatida aksariyat xotin-qizlar o‘z huquq va manfaatlarini himoya qila 

olmaydi; o‘zini past baholash kayfiyati saqlanib keladi. … Ayollarning faqatgina 

beshdan bir(so‘rov o‘tkazilgan ayollar sonidan-muall.) qismi davlat va jamiyat uchun   

ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan shahs sifatida gavdalanish ustivor deb tan olgan”.  

Bunday xulosalar  turkum OAV chiqishlariga asos solishi mumkin. Aslida ham, 

sotsiologlar jurnalistlarga qaysi yangi mavzu va muammolarni matbuot sahifalariga 

olib chiqish zarurligini ko‘rsatib  beradilar. Sotsiologik tadqiqot natijalarini tahlil 

etishga yana huquqshunos, ruhshunos va boshqa mutaxassislarni jalb etish joiz. 

“Bizda ayollar va erkaklar teng huquqligi ta’minlangan, huquqi kamsitilgan har bir 

kishi, shu jumladan, xotin-qizlar ham, huquq idoralari, sudlar, prokuratura, inson 

huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro va nodavlat tashkilotlariga murojaat etishi, o‘z 

huquq va erkinliklarini tiklashi mumkin. – deydi tadqiqotchi N.Nishonova. – Shunday 

bo‘lsa-da, ijtimoiy hayotda rang-barang, murakkab va ziddiyatli hollar yuzaga 

keladiki, ular diskriminatsiya va segregatsiyaga yo‘l ochadi. Bunday salbiy hollarning 

kelib chiqishi kishilarning o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi bilmasligidadir. Maxsus 

tadqiqotlar natijalari ko‘rsatadiki, Xorazm (52%), Andijon (49%)/ Sirdaryo (43,1%), 

Buxoro (31,7%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (58,3%) respondentlari 

o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi bilishadi. Qashqadaryo (69,1%), Navoiy (76,2%), 

                                                 

30

 Что мешает женщине.// Новый век. 2004. 22 - 28 января.  



Toshkent viloyatlari (65,9%) va Toshket shahrida (63,6%) yashaydigan saylov 

ishtirokchilarining aksariyati o‘z huquqlari bilan shunchaki, yuzaki tanish. 

Surxondaryolik respondentlarning  uchdan bir qismi (30.7%) fuqarolik huquqlarini 

umuman bilmaydi. Xotin-qizlar (respondentlar) orasida o‘z huquq va erkinliklarni 

bilmaydiganlar soni erkaklarga nisbatan 1,5 barobar ko‘pdir”

31

.  



Oltinchidan, saylovoldi kampaniyasi saylov kunining ertasiga boshlanishi 

xususidagi demokratik andozaga ko‘ra, OAV bugunning o‘zida katta siyosat 

maydoniga loyiq bo‘lgan ayol-nomzodlar haqida serqirra materiallar chop etishi 

mumkin. Bunda ayol-siyosatchilarning hokim, vazir, diplomatiya arbobi sifatida 

muvaffaqiyatli ish olib borishi haqida portret materiallar berib borishi katta samara 

beradi. Markaziy Osiyo, Sharq xalqlari tarixida va bugungi hayotida ko‘plab 

uchraydigan yetakchi ayollar portretlarini berib borish ham maqsadga muvofiq.  

Yettinchidan, O‘zbekiston aholisining 60 foizidan ziyodrog‘ini tashkil etuvchi 

yoshlarning gender savodxonligi va madaniyatini oshirishda matbuotning o‘rni 

beqiyos. OAV orqali bolalar, o‘smir va yoshlar, ya’ni auditoriyaning mazkur qismi 

vakillari bilan genderning turli  jihatlari  borasida   muntazam muloqot olib borish 

zarur. 


OAV vositasida aholi erkak qismining gender borasidagi bilimlarini ham 

oshirish zarur. Hozirga qadar bu yo‘nalishda jurnalistlar erkaklar o‘rtasida 

tushuntirish ishlarini olib bormadi. Shu bois ham erkaklarning ayollarga, ularning 

ijtimoiy faoliyatiga munosabati o‘zgarayotgani matbuot chiqishlari orqali 

kuzatilmayapti. 

Jahon tajribasida shunday misollar borki, aynan erkaklar  diniy, milliy va 

madaniy qadriyatlarga tayanib, ayollarning ijtimoiy faolligini ta’minlash uchun 

barcha sharoitlarni yaratishga erishgan. Masalan, Malayziyadagi MARA 

universitetining xodimlari va talabalarining kattagina qismini xotin-qizlar tashkil 

etadi. Mazkur dargohda ayollar islom dini qoidalariga amal qilgan holda faol ravishda 

ilmiy va jamoat ishlari bilan  mashg‘ul, ularning ko‘pchiligi  mas’ul lavozimlarda 

faoliyat ko‘rsatadi. 

 

Demak, gender ziddiyatlar diniy yoki milliy qadriyatlarga emas, balki ularni 



talqin etish va qabul qilishga, muayyan jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yoki 

tanazzuliga, jamiyatdagi ayol o‘rniga, jinslar funksiyalariga  bog‘liqligi ayon 

bo‘lmoqda. Bunda iqtisodiy va ijtimoiy o‘sish qancha yuqori bo‘lsa, shunga mos 

ravishda inson huquqlari qaror topadi hamda gender assimetriyasi bartaraf etiladi.  

 

Xulosa qilib aytish mumkinki, ayollarning erkaklar bilan tengligi konstitutsion 



kafolatlanishini ta’minlashda hamda ularning huquq-erkinliklari va manfaatlarini 

himoya qilishda,  ayollarning fuqarolik, ijtimoiy  va oilaviy funksiyalari mazmunini 

o‘zgartirish borasida,  ularning huquqiy va siyosiy madaniyatlarini oshirishda; mazkur 

                                                 

31

 

Дунёқарашлар диалоги: аёл ва жамият тараққиёти. / Республика илмий-назарий конференцияси 



материаллари, 5 март 2014 йил. – Т.: ЎзМУ, 2014. – Б.189.

 


masalalarni hal etish jarayonida boshqaruv, huquqiy, ijtimoiy, siyosiy mexanizmlarni  

shakllantirishda OAVning o‘rni beqiyos. Davlat va jamiyatning ayollarga nisbatan 

ikkilamchi standartlarni qo‘llashda, gender kamsitilishning ochiq va mavhum 

shakllarini bartaraf etishda aynan OAV katta ijtimoiy maydonga aylanishi mumkin. 

Xorijiy matbuot amaliyotida ham yuqorida qayd etilgan  gender stereotiplarini 

kuzatish mumkin. GMMP 2005-yilgi hisobotida ayollar mavzusiga ikkinchi darajali 

masala sifatida qaralganini, yangiliklarning atigi 21 foizi xotin-qizlar ishtirokida 

bo‘lganini qayd etgan.   

 

Xotin-qizlar ishtirokidagi yangiliklar(foizlarda) ko‘rsatkichi (GMMP, 2005)  

Afrika Osiyo  Karib 

mintaqasi

Yevropa Lotin 

Amerikasi

Yaqin 


Sharq 

Shimoliy 

Amerika 

Tinch 


okeani 

mintaqasi

 

18 19 25  21  23  15 26  26 



 

 

 



Mazkur tadqiqotga muvofiq, ayol-qahramonlarni yulduzlar hayoti, san’at olami 

kabi “yengil” yangiliklardan topish mumkin (bu turdagi yangiliklarning 28 foizi 

ayollar haqida). Biroq siyosat, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot singari “og‘ir” 

yangiliklarda ayollar kam uchraydi. Stereotiplarning avj olishi nainki jamiyatning 

ayollarga nisbatan ishonchsizligi ortishiga, eng xatarlisi, xotin-qizlarning o‘ziga 

bo‘lgan ishonchi susayishiga olib keladi. Aksar jamiyatlar tutumi muayyan vazifalar 

jinsga ko‘ra taqsimlangan degan xato qarashga asoslanadi va bu qarash tilga ham 

o‘rnashib bo‘lgan. Jurnalist o‘z maqolasida kraftsman (hunarmand), biznesmen 

(ishbilarmon), fayrmen (o‘t o‘chiruvchi), policmen (politsiyachi) singari jinsiy 

mansublikka asoslangan istilohlardan foydalanar ekan, xotin-qizlar bu vazifalarni 

bajarishga qodir emas yoki ular istisno degan yanglish qarashga xizmat qilayotgani 

xayoliga ham kelmaydi. Gender tengligi g‘oyasiga ko‘ra esa erkak ham, ayol ham bu 

kabi tor qarash va cheklovlardan xalos bo‘lishi zarur.     

OAVning asosiy mavzularida ayollar (foizda)ulushi  GMMP, 2005 

Yulduzlar 

hayoti, 

san’at va 

sport 

 

Jamiyat va 

qonun 

 

Jinoyat va 

zo‘ravonlik 

 

Ilm-fan va 

sog‘liqni 

saqlash 


 

Iqtisodiyot 



 

Siyosat va 

davlat 

boshqaruvi 



 

28 

28 

22 

22 

20 

14 

 

 

 

 



“Genderga muvofiq materiallar tayyorlash u qadar mushkul emas. Buning 

uchun mavzuga ijodiy yondashish – material kimga mo‘ljallangani, kimni qahramon 

qilib olish, u qay yo‘l va maqsadga xizmat qilishi kabi masalalarda puxta o‘ylash 

kerak, xolos”, deydi GMMP xodimi Margaret Gallagher. 

 

 

 



 

OAV da jurnalistlar gender stereotiplariga yo‘l qo‘ymasligi borasida 

GMMPing ayrim  

TAVSIYALARI: 

 

•  Maqola uchun o‘ta zarur bo‘lmasa, ayollarning tashqi ko‘rinishi, nikohlangani 

yoki oilaviy ahvoliga doir ma’lumotlarni keltirmasa bo‘ladi (yaxshisi, jurnalist 

o‘ziga savol berib ko‘rsin: qahramonim erkak bo‘lganida, materialda shunday 

ma’lumotlarni keltirarmidim?). 

•  Muhimi, material qanday auditoriyaga mo‘ljallanganini bilish, ekspertlar 

hamda guvohlarni tanlashda gender muvozanatiga rioya qilish lozim. Gender 

muvozanatiga asoslangan materiallarni ko‘paytirish uchun intervyu bera 

oladigan va zarur paytda topish mumkin bo‘lgan ayol va erkak-ekspertlar 

ro‘yxatini tuzish maqsadga muvofiq. 

•  Materiallarda ayollarning o‘z ism-sharifi, lavozimi va maqomini ko‘rsatish 

zarur. “....-akaning umr yo‘ldoshi yoki …ning rafiqasi” qabilidagi ta’riflar 

ma’qul emas. 

•  Ayollarning oilaviy ahvoliga urg‘u berib, uning faoliyat ko‘lamini 

chegaralovchi “uch - besh- olti bolaning onasi” kabi tavsiflardan chekinish yoki 

xotin-qizlarni jo‘nlashtiradigan, kamsitadigan va obro‘sizlantiradigan 

holatlardan ehtiyot bo‘lish zarur. Jinsiy mansublikka urg‘u berib, yanglish 

qarashning tarqalishiga yo‘l qo‘maslik kerak. “Erkak sanitar” yoki “ayol 

doktor” kabi sifatlashlar ayni shunday yanglish qarash mevasi, negaki, buning 

zamirida ayol kishining doktor bo‘lishi noodatiy hol yoki bemorni 

parvarishlash erkakka xos emas degan qarash yashiringan.  

•  Har ikki jins vakillarini inson sifatida tanitishga harakat qilish, shaxs huquqini 

cheklovchi tavsiflardan yiroq bo‘lish maqsadga muvofiq. Bu boradagi bahs-u 

munozaralar ko‘lamini kengaytirish hamda gender muvozanatni ta’minlash 

borasidagi xabardorlikni oshirish yo‘lida jurnalist faoliyati doirasida ayollarga 

taalluqli masalalarning erkaklarga yo‘naltirilgan mavzular bilan  teng yoritilishi 

uchun intilish katta samara beradi.  


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling