Vakolatxonasi ya. Mamatova, S. Sulaymanova


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana06.11.2017
Hajmi0.6 Mb.
#19518
1   2   3   4   5   6   7   8

“Saodat”  – O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi  muassisligidagi jurnal bo‘lib, 

yiliga sakkiz marotaba chop etiladi va mamlakat miqyosida tarqatiladi. Jurnal 1925-

yildan (ilk soni “Yangi yo’l” deb nomlangan) buyon chop etib kelinmoqda. 1936-

yilda “Yorqin turmush”, 1938-yilda “Yorqin hayot” nomi bilan yuritilgan.  Hozirga 

kelib mazkur nashr 34 sahifada chop etiladi.  2014-yil sentyabr oyidagi adadi  7830 

nusxada bo‘lgan. Jurnalda vaqti-vaqti bilan “Bosh muharrir minbari” rukni berib 

boriladi. Jurnalning 2014-yil 6- va 7-sonlarida esa bu ruknni uchratmaymiz. Jahon 

tajribasiga suyanadigan bo‘lsak, bu rukn doimiy ravishda “ochqich” maqola 

hisoblangan. Ko‘p hollarda jurnal yana “Ayol va siyosat” ruknidagi maqola bilan 

“ochilgan”.  

                                                 

11

 Ўша манба, ўша бет. 



Jurnalning  “Ayol va siyosat” ruknida asosan siyosat doirasidagi ayollar 

faoliyati, oilaviy hayoti haqida suhbat, esselar berib boriladi. “Onalar xalq yaratadi” 

sarlavhali suhbatni taniqli adiba Qutlibeka Rahimboyeva O‘zbekiston Respublikasi 

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi 

Komila Karomova bilan qurgan. Suhbar davomida ilgari Qashqadaryoning “Nasaf”, 

“Kamolot” gazetalarida faol ishlagan, odamlar taqdiriga befarq bo‘lmagan 

jurnalistning deputat sifatidagi bugungi mehnatlariga bir qur nazar tashlanadi. 

“Siyosat” so‘zining lug‘aviy ma’nosi – boshqarish san’ati, demakdir, – deydi suhbat 

qahramoni. – Hamma sohaning ham o‘ziga xos siyosati bo‘ladi. Bizda oilani 

boshqarish san’ati  tarixi juda uzoq davrlarga borib taqaladi. ...Tug‘ilib, voyaga 

yetgan oilam siyosatini fidoyilik, zahmat siyosati, deb atasam, xato bo‘lmas. Ota-

onam yashaydigan xonaning chirog‘i hamisha yoniq turadigandek edi. Chunki biz 

bilan dars tayyorlab bo‘lib, ular o‘zlarining ertangi darslariga tayyorgarlik ko‘rardilar. 

Xonadonimizning eng yaxshi an’analarini o‘z oilamga ham ko‘chirishga harakat 

qilaman”

12

.  Biroq suhbatga tanlangan sarlavha uning  mazmuniga mos emas. 



 

“Buyuklik asriga kirdik” sarlavhali portret materialida  Enaxon Siddiqova "El-

yurt hurmati" ordeni sohibasi, fermer Lola Murodovaning faoliyatiga chizgilar 

chizadi


13

Jurnalda erkak mualliflarga ham so’z beriladi. Masalan, “Ma’naviyat bekati”da 



Zikir Muhammadjonovning O‘zbekiston xalq artisti Mariya Aleksandrovna 

Kuznetsova haqida essesi, “Har kim xotunini izzat qilsa...”  deb nomlangan 

materialda Asad Asilning Sidqiy Xondayliqiy ijodi haqida o‘ylari, “Futbol uning 

hayoti” sarlavhali materialda Nigora Rahmonovaning Ravshan Ermatov bilan suhbati 

berilgan

14

.  “Saodat”  suhbatlarga keng o‘rin bergan, deyarli har sonda bu janr 



namunalariga ko‘zimiz tushadi. “Necha bahor kelib-ketdi” (Yayra Abdullayeva 

bilan), “Ruldagi ayollar erkaklar nigohida” (Barno Sultonova so‘rovnomasi), “Yursa, 

gulzor qulf urar” ( Navoiy viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Anora Bobomurodova 

bilan), “Xarjlasang, ko‘payadi” (tadbirkor Munavvar To‘rayeva bilan), “Xalqning 

aytar so‘zi, ko‘rar ko‘zi...” (qo‘shiqchi Inju bilan) kabi suhbatlarda ibrat masalasi 

ko‘tariladi, suhbatdosh-qahramon ibrat qilib ko‘rsatiladi. Dolzarb mavzuga 

bag‘ishlangan suhbatlarda (“Sog‘lom ona – sog‘lom bola” (Sog‘liqni saqlash vazirligi 

bosh genetigi Madina Sharipova bilan), shuningdek, “Baxtning kaliti mehnatda”, 

“Gulyarga havas qiling!”, “Bordonko‘lda bir qiz bor”, “Ko‘ngillar kuylayotgan 

dargoh”, “Shatranj malikasi”, “Ho‘qandi latifning yana bir Nodirasi” kabi xotin-

qizlarimizni mehnatga, ilmga, intilishga chorlovchi portret ocherklar, esselar chop 

etilgan. “Dolzarb mavzu”, “Darsxona”, “Pardozxona”, “Chevarxona”, “Shifokor 

maslahati”, “Dunyoga mashhur xonimlar” ruknlari mavjud bo‘lib, ular baholi qudrat 

nashrning har bir sonida berib boriladi.  

                                                 

12

 Саодат, 2014, № 3, 6-бет. 



13

 Саодат, 2014 № 7, 4-бет. 

14

 Саодат, 2014, № 3. 



“Dolzarb mavzu” ruknida berilgan “Qiz bola – qizil gul” maqolasida muallif 

qizlarning erta nikoh muammosiga qiziqadi va ayollar shifokori, psixolog hamda 

qaynonaning fikrlarini o‘rganadi. Ular kasb nuqtai nazari, tajribasidan kelib chiqib 

mavzuga oydinlik kiritadilar. Maqola avvalidagi ibratomuz hikoya mushtariy 

e’tiborini tortadi:  

“– Kechagina sochiga jamalak taqib, arg‘imchoq uchib yurgan Munisaning 

bo‘yi cho‘zilib, ko‘zga yaqin qiz bo‘libdi. 

–  Nimasini aytasiz, o‘rgilay, Halimaxonning eshigidan sovchilar arimay qoldi. 

–  Tag‘in uncha-muncha joydan emas, o‘ziga to‘q, tagli-tugli yigitlarning nazari 

tushibdi qizingizga... 

–  Halimaxonga, qiz bolaning bozori bir qiziydi, tengi chiqsa tekin ber, 

deyishgan. Ko‘nglingizga yoqqani bo‘lsa to‘yni boshlang desam, qaynonasi Risolat 

aya: “Oq qanddek avaylab, gard yuqtirmay o‘stirdim, nabiram hali yosh” deb turibdi-

da. 


–  Munisa necha yoshda o‘zi? 

–  Bu yil kollejga o‘qishga kirdi. 

–  Yoshi ulug‘lar to‘y ko‘ray desa, Risolat aya o‘z aytganidan qaytmaydi. 

“Yo‘qmi, yo‘q”, deyapti-da. Risolat aya yosh nabirasini so‘rab, eshik qoqqanlarga 

nega rad javobini berdi ekan? 

Bundan roppa-rosa ellik besh yil avval Risolat aya 14 yoshda edi. Otasi 

o‘qituvchi Nosirga unashtirdi. Tez kunda u o‘n to‘rt kunlik oyday to‘lib kelin bo‘ldi. 

Qaynonasining xizmatini qoyillatdi, erining ham oq ko‘ylagiga gard yuqmadi. Ammo 

ketma-ket tug‘ilgan farzandining yetti nafarini yerga berib, uch nafariga egalik qildi, 

xolos. Yuragining yettita suvaydosi – yetti kuyuk dog‘i bor...”

15

. Bugunning dolzarb 



mavzusiga aylangan erta nikoh aslida bizning tariximizda bugun paydo bo‘lib 

qolmaganligi, bu illatdan qutulishga vaqt davo bo‘lolmayotganligi qayta-qayta bu 

mavzuga murojaat etishga majbur qilmoqda.  

 Jurnalda   

yana    “Xotin-qizlar  qo‘mitalari faoliyatidan”, “Saodatli yillarim”, 

“Huquqshunos”, “Oramizdagi odamlar”, “Bugunning  gapi”, “Yosh onalarga 

maslahatlar”, “Bekalarga”, “Qadriyat” va qator boshqa ruknlarda materiallar berib 

boriladi. Aksariyat mualliflar –xotin -qizlar. Shu bilan birga tahririyat mualliflarni 

tanlashda ma’lum ma’noda  gender muvozanatiga rioya qilmayapti.  Masalan

jurnalning 2014-yil 2-sonida  jami 22 ta material chop etilib, ulardan faqat 2 tasi erkak 

mualliflar qalamiga(f.f.d. M.Jo‘rayevning “Momolarim alyoriga aylangan ayyom”, 

O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davronning “Bibixonim haqida afsona” sarlavhali 

materiallari berilgan) mansub. Materiallar qahramonlariga kelsak, mazkur sonda jami 

10 ta ayol – tarixiy shaxs, shifokor, ona, ruhshunos, haydovchi, shoira, Zulfiya 

mukofoti sovrindori timsollari tasvirlangan, faqat 1 nafar erkak – O‘zbekiston xalq 

shoiri Muhammad Yusuf obrazi “Katta muhabbat bilan sevardi” nomli 3 sahifali 

portretda gavdalangan. 

                                                 

15

 Саодат, 2014, № 3, 20-бет. 



 Jurnal uzoq yillik an’analariga muvofiq o‘z ish faoliyatida asosan ma’naviy-

marifiy yo‘nalishga alohida urg‘u beradi. Shu sababdan ham asosiy auditoriyasi 

ziyolilar hisoblanadi. Biroq keyingi yillarda jurnal barcha sohadagi ayollar faoliyatini 

qamrab olishga urinmoqda. Aytish kerakki, “Saodat” jurnalining faqat ichki va tashqi 

muqovalarigina rangli bezakli ko‘rinishda. Suratlarda asosan o‘rta yoshdagi ayollar 

tasvirini uchratamiz. “Ko‘ngilga tashrif ” loyihasi mehmonlari ham, ocherklar 

qahramonlari ham asosan o‘rta yoshdagi ayollar.  Erkaklar, o‘g‘il bolalar suratlari  

kam uchraydi. Jurnalning 2014-yil 5/6-sonlaridagi “O‘g‘il bola – yurt qalqoni” rukni 

ostida chop etilgan “Chempionlar kamol topadi bunda” maqolasi sportning kichik 

g‘oliblariga va unda bola muvaffaqiyatida ota-ona tarbiyasiga bag‘ishlangan. 

“Saodat” jurnali “Ayol va siyosat” rukni ostida chop etilgan maqolalardagi suratlarda 

erkak va ayollarning birgalikdagi tasvirlari orqali ijtimoiy faoliyatdagi tenglikka urg‘u 

bersa, qolgan juda ko‘plab maqolalarda erkak va ayol siymosi orqali (“Baxtning kaliti 

mehnatda”) , “Shoiraga ehtirom” (Zulfiyaga bag‘ishlangan ), “ Yil ayoli”, “Men 

uyimda Rayxonman” kabi intervyu, maqolalarda oilalardagi hamjihatlik, oila 

a’zolarining bir-biriga tirgakligi kabi mazmun aks ettirilgan. Jurnalning “Nasr” 

ruknida esa erkak yozuvchilar ijodi namunalaridan ham unumli foydalaniladi.  

           Jurnalda  yosh  qizlar,  juvonlar, yosh onalar suratlaridan asosan 

muqovada, bezak sifatida foydalaniladi. Chempion, sovrindor qizlar haqida rasm 

bilan birga ma’lumotlar ham beriladi. Ular haqida ocherk va intervyular yarim yoki 

bir sahifani tashkil etadi. Xulosa qilish mumkinki, “Saodat” jurnali asosan hayotda 

o‘z o‘rnini topgan, ijtimoiy faoliyatda faol xotin-qizlarni o‘z qahramoni sifatida 

tanlaydi. 

          Jurnalning  2014-yil  2-sonida “Yo‘ldagi ayollar” sarlavhali maqolada 

erkaklarning bugungi tijoratchi ayollarga munosabati berilgan. Mulohazani o‘qib 

shunday xulosaga kelish mumkinki, halol mehnat bilan tadbirkorlik qilayotgan 

ayollarga erkaklarning munosabati ijobiy.  

      “Oila davrasida” gazetasi 9 ta muassis tomonidan ta’sis etilgan. Ularning 

orasida      Xotin-qizlar   qo‘mitasi  ham bor. Haftanoma 2012-yildan buyon chop 

etiladi.   2014 yil dekabr oyida   gazeta 32  mingga 

yaqin  adadda 

bosildi. 

Haftanomaning asosiy materiallari “Dolzarb mavzu”. “Bugunning gapi”,  “Daromad 

manbai”,  “Hammasi haqida”, “Mustahkam oila”, “Inson o‘zing”,  “Sog‘lom hayot”,

 

 “Beg‘ubor   bolalik“, “Oila shifokori” kabi ruknlarda berib boriladi.   



 2014-yil  6-mart  sonida  jami 6 ta yirik tahliliy material, 3 ta yangiliklar 

to‘plami, 14 ta xabar, axborot korrespondensiya, “savol-javob”, hikmatlar, ingliz tili 

saboqlari, mutaxassis maslahatlari va h.k. chop etilgan.13 ta materialning muallifi 

erkak, 9 ta materialning muallifi esa ayollar. Erkak mualliflar indigo-bolalar, milliy 

musiqiy asboblar yaratuvchisi, oilaning yangi manzilga ko‘chishidagi mashaqqatlar, 

tabiatning mo‘jizalari haqida fikr yuritgan, yana  hikoya hamda aktrisa Lola Eltoyeva 

bilan suhbat olib borganlar. Ayol mualliflar esa asosan  maishiy mavzuda yoki 

respublikada taniqli ayol-jamoat arboblarining xotin-qizlarga tabriklarini bayon 

etganlar. Fotoillyustratsiyalarda tasvirlangan xotin-qizlar asosan bolalar yoki ayollar 


bilan, yoki yakka tarzda suratga olingan. Tasvirlarda kino yulduzi, ona, Zulfiyaxonim 

mukofoti sovrindori, Senat a’zosi, shoira,  fermer,  kelinchaklar qiyofasi aks etgan.  

Va bitta erkak muallif  materialida xotin-qizlar bayrami munosabati bilan opa-

singilllar fikr yuritadi. 

 2014-  yil 

  4-dekabr 

  sonidagi materiallar tahlili quyidagilarni 

ko‘rsatmoqda:  6 ta tahliliy 

 materialning 

  4 tasi erkak muallif qalamiga 

mansub,   2 tasi esa  ayolga. “Yengil”, ya’ni maishiy mavzuda yozilgan 5 ta 

materialning   mualliflari  xotin-qizlar.  “Inson o‘zing” ruknida chop etilgan “Onaizor” 

va “Qiz” sarlavhali ikki hikoya muallifi ham ayol. Mazkur sonda 

 “Competizione  

DellOpera” opera ijrochilarining 14-xalqaro tanlovi g‘olibi 

B.Ismatullayeva, 

imkoniyati cheklangan qizlaring  kasb egallashi, milliy  hunarmandchilik  bilan   

shug‘ullanayotgan  yakka tartibdagi  tadbirkor, yuqorida qayd etilgan ona va qiz, 

yana estrada “yulduzlari” Iroda  Iraliyeva, Lola,  Ziyoda va Sarvaralar haqida 

metariallar   joylashgan.   Ushbu  sonda  tasvirlangan erkak-qahramonlar: imkoniyati  

cheklangan   yigitlar, 4 nafar estrada “yulduzi” timsollari ham gavladangan.  

 Haftanomaning  fotoillyustratsiyalariga  ham murojaat etamiz. Mazkur sonning 

titul sahifasida - nuroniy onaxon va otaxonlar tasviri materiallar anonsi sifatida 

berilgan. Fotosuratlarda yigitlar  sportchi,  tadbirkor qiyofasida, asbob-uskuna fonida 

suratga tushgan. Yana bir qiz milliy kiyimda qo‘li ko‘ksida va qo‘shiqchi Sarvara 

rasmlari o‘rin olgan. Ushbu sonning ichki sahifalarida jami 27 nafar erkak va 20 nafar 

xotin-qizlar tasviri  berilgan. Aksariyat ayollar tasvirlari maishiy mazmunda bo‘lib 

qolgan. Tahririyat hay’ati tarkibiga ham e’tibor qaratilsa, 15 nafar a’zoning 4 

nafarigina, ya’ni 27 %ni ayollar tashkil qiladi. 

 Gazetaning 2015-yil 15-yanvar sonida “Muhabbat bilan boshlangan edi. Bugun 

esa yashab yonma yon...” izohi ostida berilgan fotokollajni ko‘rish mumkin. 

Fotokollajda bir paytlar sevishib sayr qilib yurgan yigit-qizning bugunga kelib bir oila 

ekanlari aks etgan.  

      Mazkur  sonda  bundan  boshqa  yirik plandagi ayollar suratlari uchramadi. 

“Xorij xabarlari” rukni ostida “Xorvatiyaning birinchi prezident ayoli”, “Janub va 

shimol: oilalar uchrashuvi” deb nomlangan xabarlarida Xorvatiya va Koreyaning 

prezidentlari portreti aks ettirilgan. Erkaklar portreti  nisbatan ko‘proq uchraydi.  

Suratlarning mazmunida asosan real insonlarni aks ettirish orqali o‘zbek oilasini 

tasvirlash, o‘zbekona qadriyatlarni ulug‘lash tamoyili yetakchilik qiladi. 

  “Oila va jamiyat”  gazetasi  O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, “Bolalar va 

onalarni qo‘llab-quvvatlash” assotsiatsiyasi va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro 

hayriya jamg‘armasi muassisligida 7000 nusxada mamlakatimizning barcha 

hududlarida tarqatiladi.           

         Gazetaning  2015-yil  14-yanvar sonida muqovaning yuqori qismida 

“Vatanni asrabon yurak ostida...” sarlavhasi bilan shoira Guljamol Asqarovaning, 

“Jamila oyning maktabi” nomi ostida onaxonning, “Xushmuomala bo‘ling-umrimizga 

yetadi” sarlavhasi mazmunini ifodalab kelgan zamonaviy yigit va qizning bahslashib 

turgan holati aks ettirilgan suratlarga o‘rin olgan. Bundan kelib chiqadiki, gazeta 



ayollarning barcha yosh toifasidagi qismini qamrab olishga harakat qiladi. 

Muqovaning o‘rta qismida esa harbiy Bahodir Zulfiqorovning oilasi aks etgan surat 

o‘rin olgan.  

          Xabarlarda  ham  asosan  zamondosh ayollarimiz hayotiga doir ijtimoiy 

voqea- hodisalar yoritilgan. “Askar akademiyasi” sarlavhali maqolada esa markaziy 

harbiy Okrug hududida joylashgan dala o‘quv maydonida bir oylik yig‘in 

mashg‘ulotlari jarayoni tahliliy tarzda bayon etilgan. 

          Mavzu  ko‘lami  jihatdan  gazetani u qadar boy deb bo‘lmaydi. Umuman 

mavzularga didaktik uslubda yondashish holatlari ham ko‘zga tashlanadi. Gazeta 

garchi oila, ayollar mavzusini yoritishi kerak bo‘lsada, o‘z ixtisoslashuvidan biroz 

chekingan.  

 

Respublika Xotin-qizlari qo‘mitasining yana Qoraqalpog‘istonda( “Gulayыm”)  



Navoiy (“To‘maris”), Namangan (“Ayol va jamiyat”), Sirdaryo ( “Oydin yo‘l”), 

Surxondaryo (“Ayol va zamon”), Farg‘ona (“Oydin”), Qashqadaryo (“Nafosat”) 

viloyatlarida mahalliy nashrlarini, “Saodat” jurnali tahririyati chop etuvchi 

“Gulchehralar” gazetasini qayd etish joiz.   

“Oydin yo‘l” – Sirdaryo viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 1997- 

yilning dekabr oyidan chiqarila boshlagan, hozirgi paytda 1000 nusxada oyda bir 

marta chop etiladi. Oynoma sakkiz sahifadan iborat. Gazetaning 2014-yil sentabr 

sonida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘qituvchilarga 

bag‘ishlangan qator maqolalar berilgan: “Fidoyilik baxt keltirdi” – Sirdaryo 

tumanidagi 13-o‘rta umumta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, 

mustaqilligimizning  23 yilligi arafasida “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni bilan 

taqdirlangan Zulxumor opa (familiyasi keltirilmagan) hayoti va faoliyatiga chizgilar 

beriladi. “Mukofotlanganlar haqida” rukniga kirib ketuvchi “Mehnat qilgan yetar 

murodga” sarlavhali maqola “Shuhrat” medali sohibasi Dilfuza O‘rolova haqida 

hikoya qiladi. Shuningdek, “Fidoyilarimiz”, “Sharafli kasb yo‘lida” maqolalari ham 

ayni faol, ibratli ayollar xususida so‘zlaydi.  

Mazkur gazeta boshqa nashrlardan farqli o‘laroq huquqiy mavzuga ko‘proq 

e’tibor qaratgan. “Huquqshunos minbari”, “Huquqiy sahifa” ruknlari bunga misol 

bo‘la oladi. Qonunchilikka doir maqolalar, sharhlar berilishi, “Savol bering, javob 

beramiz” rukni ostida aholi murojaatlariga javoblar qaytarilishi albatta, aholining, 

jumladan, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish yo‘lidagi bir odim desa 

bo‘ladi. “Oydin yo‘l” pochtasidan” ruknida mushtariylar, fuqarolardan kelgan xatlar, 

tanqidiy ruhdagi ma’naviy-ma’rifiy yo‘naishdagi maqolalar berib boriladi: “Maqsad 

mukofotmi?”, “Alla aytishni bilasizmi?”, “Odnoklassniki”da profilim bor”, “Ohak 

bozori bundadir, dehqon bozori qaydadir?” va h.k. bunga misol bo‘la oladi.  

“Maqsad mukofotmi?” maqolasida bugungi kunda avj olgan yosh 

“shoirachalar” haqida, ularning hali 14-15 yoshidayoq 2-3 ta kitob muallifiga 

aylanishgani-yu, bu oliy o‘quv yurtiga kirish imtiyozini beruvchi mukofot uchungina 

ekanligi to‘g‘risida kuyunib yoziladi: “Kitob javonimda mana shunday ijodkorlarning 

sovg‘a qilib ketishgan kitoblari juda ko‘payib ketgan. Ularni saqlab qo‘yay desam 

joyga, yoqib yuboray desam qog‘ozga achinaman. Nima qilish kerak? Bu ahvolda 

kitob o‘z qadrini yo‘qotib qo‘ymaydimi? Axir adabiyot millat ko‘zgusi emasmi?” 

deya xitob qiladi muallif. Maqolada bu mukofot nafaqat qizlarning, balki ayrim ota-

onalarning ham tinchini o‘g‘irlagani, 100-200 nusxada kitob chop qilib beruvchi 

“kitob biznesi fidoyilari”ning ko‘payib borayotgani ochiq-oshkor tanqid qilinadi: 

“...bugungi zamonning yasama shoiralari minbarlarda turib o‘qigan, bir necha tahlil 

(tahrir bo‘lsa yaxshi edi)dan so‘ng she’rga o‘xshab ketadigan qoralamalari bilan 

yuksak mukofotga da’vogarlik qilsa. Qani bu yerda kamtarlik, qani ulug‘ shoiramiz 

xotirasiga ehtirom?” Muallif – Maxsuda Jo‘raqulova taklif sifatida Yozuvchilar 

uyushmasining hududiy bo‘limlari faoliyatiga nazoratni kuchaytirish, kitoblarni bir 

necha bor chuqur tahlildan o‘tkazishni kiritadi

16

.  



                                                 

16

 Ойдин йўл. 2014 йил 27 сентябрь, 6 б. 



“Ohak bozori bundadir, dehqon bozori qaydadir?” sarlavhali maqolada 

bozorchi ayollarning odob-axloqni unutib qo‘yayotganlari, muqaddas nomga gard 

yuqtirayotganlari-yu, bozordagi “o‘yinlar”, olibsotarlarning xiylalari xususida 

mulohaza yuritiladi: “Ayollarda uyat qolmagan o‘zi, bozorda har kuni nechta urush 

bo‘lsa, hammasini ayollar qiladi” yoki “E! Bu bozorda qonun-qoida yo‘q. Oluvchi 

bor, sotuvchi bor! Undiruvchilar bor! Qistiruvchilar bor! Bozorning o‘z ichki 

qoidalari bor, ozor bor bu erda. Ori yo‘qlar makoni bu. Qizim, o‘g‘lingiz to‘g‘ri aytdi, 

tartib o‘rnataman, kishilarni insofga chaqiraman deya behuda urinmang!” 

odamlarning bu so‘zlari beixtiyor kishini o‘yga toldiradi: ma’naviyatimizga nima 

bo‘lyapti? Pul uchun odamlar nimalar qilmaydi, har qanday jirkanchligu 

haqoratlardan tap tortmaydimi? Qonun o‘z kuchini qayerda, qachon ko‘rsatadi, axir? 

Shoirning “Qachon xalq bo‘lasan, sen ey, olomon?!” deya kuyunganicha bor ekan-

da!” Mazkur maqola nafaqat bozordagi ayollarning axloq-odobi, balki millat 

taraqqiyotiga katta to‘siq bo‘layotgan muammoni ko‘targan.  



“Oydin” – Farg‘ona viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan  1997-yilning 

24-dekabridan chiqarila boshlangan. Gazeta  4030 nusxada oyda ikki marta to‘rt 

sahifa  hajmida  chop etiladi. 2014-yil dekabr sonlarining birida ilk sahifada “Martaba 

emas, mas’uliyatdir” sarlavhali maqola berilib, unda 2014-yilgi O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va 

shahar Kengashlari deputatlari saylovi haqida mulohaza bildiriladi. “Nomzodlarga 

nazar tashlarkanmiz, ular orasida shaxsiy manfaatini xalq manfaatidan ustun 

qo‘yayotgan, ijtimoiy va shaxsiy hayotda boshqalarga ibrat bo‘la olmayotganlarning 

borligi Qonunlarning shu qismiga yana o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish 

zaruriyatini taqozo etyapti”

17

, – deydi huquqshunos Mavjuda Xursanova.  



“Bola farovonligini oshirishning asosi – oila” maqolasida Marg‘ilon shahrida 

BMTning YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan davra suhbati haqida 

ma’lumot keltiriladi. Nashrning 2- va 3-sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga ayol nomzodlar ro‘yxati, ular haqida 

ma’lumot, saylovoldi dasturlari berilgan. Jumladan, nomzodlar – Odinaxon 

Jamoldinova  (pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, Yaypan saylov okrugi), Dilnoza 

Ergasheva (ijtimoiy-madaniy faoliyat, Qo‘shtepa saylov okrugi), Azizaxon Nishonova  

(tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, Farg‘ona saylov okrugi), Muqaddasxon 

Ahmadaliyeva (kimyogar, kimyo fani o‘qituvchisi, Toshloq saylov okrugi), Nazira 

Toshpo‘latova (filologiya fanlari nomzodi, jurnalist, Buvayda saylov okrugi), Dilfuza  

Muydinova (biologiya va kimyo fani o‘qituvchisi, Quvasoy saylov okrugi)larning 

dasturlari bayon etilgan. Ammo  ular vakillik qilayotgan turli siyosiy partiyalar va 

Ekologik harakatning saylovoldi dasturlaridagi asosiy mazmunni o‘ziga olgan holda 

bevosita xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan yoki 

ularning turli jabhadagi huquqlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan bandlar, afsuski, 

o‘rin olmagan. 

                                                 

17

 Ойдин, 2014, 16 декабрь.  



 “Mahalla tarixiga ehtirom” sarlavhali reportajda “Qadriyatlar beshigisan, aziz 

mahallam!” shiori ostida o‘tkazilgan “Mahallam tarixini o‘rganaman” ko‘rik-tanlovi 

tafsilotlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. So‘nggi sahifada “Saodat manzili” 

rukni ostida hadis va hikmatlardan namunalar, “Pardoz tokchasi”, “Maslahatlar” 

ruknlarida ayollar uchun xo‘jalik yuritishda foydali bo‘lgan maslahat va tavsiyalar 

berib boriladi.  

 

Nafosat” – Qashqadaryo viloyat xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-



ma’rifiy gazetasi bo‘lib, 1994-yilning mart oyidan chiqa boshlagan. Gazeta 1000 

nusxada, to‘rt sahifada  oyda ikki marta chop etiladi. Gazetaning birinchi sahifasidan 

asosan rasmiy xabarlar o‘rin olgan. Mazkur nashrni tahlil qilish jarayonida unda 

ayollar salomatligi va xotin-qizlar sportiga alohida urg‘u berilishiga ko‘zimiz tushadi. 

Xotin-qizlar tasarrufidagi gazeta bo‘lgani uchun biror ayol portretini chizish, uni 

ommaga o‘rnak-namuna sifatida berish ham an’ana tusini olgan. Yosh ijodkorlar 

(nazm) ijodidan namunalar, foydali maslahatlar ham doimiy berib boriladi. Bunday 

toifadagi boshqa gazetalardan farqli o‘laroq “Nafosat”da hissiy materiallardan ko‘ra 

ilmiy, aniq, isbotlangan masalalarga yondashuv sezilarli darajada keng joy beriladi. 

Jumladan, 2014-yil 28-noyabr sonida berilgan “Davr ayoli”, “Epidemiologik 

barqarorlik doimiy nazoratda”, “Ona bo‘lish baxti”, “Qarindoshlar o‘rtasidagi 

nikohdan voz keching”, “Sport – talabalikka yo‘l ochdi” kabi maqolalarda bunday  

yondashuv yaqqol seziladi. Masalan, “Ona bo‘lish baxti” maqolasida homilador 

ayolning o‘zi va bolani asrash yo‘llari, tibbiyot xodimlarining tavsiya va maslahatlari, 

bo‘lajak onaning haq-huquqlari haqida so‘z boradi. Gazeta berayotgan maslahatlar, 

tavsiyalar go‘yoki ayol yolg‘iz, yonida erkagi yo‘q  va shu bois bola tarbiyasi va 

kelajagi uchun faqat u mas’ul ekanligini ta’kidlaydi. Bu esa, gender stereotiplarining 

eng yorqin namunalaridan biridir. Vaholanki, bola tug‘ilishidan boshlab to 

ulg‘ayishigacha bo‘lgan davrda otaning ham o‘rni beqiyos.  

 

“Ayol va zamon” – Surxondaryo viloyat xotin-qizlarining ma’naviy-ma’rifiy 

gazetasi bo‘lib, 1991-yilning iyunidan chiqa boshlagan. Hozirgi vaqtda sakkiz 

sahifadan iborat mazkur oynoma 1000 nusxada chop etiladi. Gazeta kamdan-kam 

hollarda tahliliy janrda materillar beradi, asosan axborot, yangilik bilan cheklanadi. 

Tahririyat chet mualliflar bilan ishlashga keng yo‘l ochib bergan.  Huquqiy mavzuda 

ham maqolalar chop etilib, ular asosan soha vakillarining hisoboti, xabari tarzida 

beriladi. Jumladan, “Uyingizda chirog‘ (chiroq bo‘lsa to‘g‘ri edi) o‘chmasin” nomli 

hisoboti 22 dekabr – Nurchilar kuni munosabati bilan viloyat elektr tarmoqlari 

hududiy korxonasi boshlig‘i A.Jovliyev nomidan chop etiladi. Shuningdek, notarius 

H.Hamroyeva, huquqshunos M.Hasanova, Qiziriq tuman IIB xodimi Isroil 

Abdullayev, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudyasi O.Toshev, kollej talabasi 

Orzugul Omonova, o‘qituvchi Bibizar Maychiyevalarning “Konstitutsiya – adolat 

qo‘rg‘oni”, “Oila jamiyat va davlat muhofazasida”, “Barkamol farzandlar – yurt 

kelajagi”, “Yoshlar – yurt tayanchi”, “Yorqin kelajak uchun ovoz beraman”, 

“Farzandining qotili” kabi xabar va maqolalarini o‘qib, bu ayollar nashri ekanligi 

esingizdan chiqib ketadi, chunki huquqiy mavzuidagi materiallar ularning aksariyatini 


tashkil etadi. Bir qarashda mualliflar orasida erkak va ayollar mutanosibligi saqlangan 

bo‘lsa-da, xotin-qizlar hayotiga doir mavzular ko‘lami gazeta sahifalarida cheklangan. 

5- va 6-sahifalarda faqat ziyoli, buyuk, davrimizning qahramonlari madh etiladi. 

Gazetada tanqidiy-tahliliy ruh sezilmaydi, ijobiy yo‘nalishdagi materiallar ustunlik 

qiladi. “Ona – buyuk zotdir”, “Bolajonlarning sevimli maskani”, “Hayotimiz 

mazmuni”, “Faol ayol – jamiyat tayanchi”, “Ona mehri”, “Onalar duosi – umr ziyosi”, 

“Qalbim ko‘zi sensan, bolajon” kabi maqola va xabarlar bunga isbot bo‘la oladi.  

 Gazetada 

“She’riyat 

gulshani” 

ruknida 

yosh shoirlarning ijodidan namunalar 

keltiriladi, 6-sahifada nasriy asarlardan parchalar ham berib boriladi. 7-sahifa 

“Salomatlik” sahifasi bo‘lib, u so‘nggi sahifada ham davom etadi. Nashrda yana 

“Pazanda oshxonasi”, “Go‘zallik va salomatlik” ruknlari mavjud hamda na sahifaga, 

na mavzuga mos keluvchi hayvonot olamiga doir materiallar hech qanday eslatma 

yoki ogohlantirishsiz “lop” etib, “Go‘zallik”ning ortidan chiqib turaveradi.  

 

“Ayol va zamon” gazetasida janrlardan foydalanishda bir xillik, an’anaviylik, 



qamrovning torligi, ma’lum auditoriyani his qilmaslik holatlari ham kuzatiladi. Aynan 

shunday formatdagi nashrlar  xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan nashr xususidagi  

barqaror stereotipni yuzaga keltiradi. Unga ko‘ra, bunday nashrda, albatta, shoirlar 

ijodi, “yulduzlar” bilan suhbat, go‘zallik, sihat-salomatlik  va oshxona maslahatlari 

uning asosiy mazmunini shakllantirishi kerak. Mazkur mavzular fonida 

zamonamizning haqiqiy qahramonlari hisoblangan xotin-qizlarning ichki dunyosini 

tadqiq etuvchi psixologik portret, uning kechinmalari va hayotiy intilishlarini “jonli” 

misollar orqali ochib beruvchi, auditoriya bilan dialog shaklida tayyorlangan 

materiallar, afsuski,chop etilmaydi. 

 

To‘maris” – Navoiy viloyati xotin-qizlar qo‘mitasining nashri bo‘lib, 1999-



yilning 1-yanvaridan chiqa boshlagan. Gazeta to‘rt sahifadan iborat bo‘lib, 3000 

nusxada oyda bir marta chop etiladi. Unda asosan,  umumijtimoiy mavzularga e’tibor 

qaratilgan. Nashring 2014-yil dekabr soni asosan saylov jarayonlariga bag‘ishlangan 

bo‘lib, “Nomzodlar bilan yuzma-yuz”, “Burch”, “Yorug‘ kelajak uchun ovoz 

beramiz” kabi xabar-reportajlar berilgan. “Odam savdosi – asr muammosi” rukni 

ostida turkum maqolalar chop etilgan: “Vatanni sevmoq iymondandir!”, “Insonlik 

nomiga isnod”, “Hayotingizni barbod qilmang!” kabi maqolalar shular jumlasidandir. 

“Erta nikoh orzularingizni barbod etadi” sarlavhali reportajda dolzarb mavzuning 

muqobil yechimi tadbir ishtirokchilarining fikrlari asosida berilgan. “Muharrir” 

imzosi bilan “Gazeta kerakmi?” maqolasida kitobxonlik madaniyatining susayib 

ketayoganligi, kitobga, mutolaaga e’tiborsizlik, “o‘qimaslik kasali” haqida kuyunib 

yoziladi: “Menga gazeta kerak emas, o‘qimayman! Gazeta qorinni to‘ydiradimi?” 

qabilidagi yondoshuvlardan muallif aziyat chekadi, odamlarni ogohlikka chaqiradi. 

Mazkur sonda qutlovlar, hikmatli so‘zlar, donolar o‘giti, e’lonlar ham tarqoq holatda 

berilgan. Aksariyat sahifalarda ruknlar nomi ko‘rinmaydi, mavzuga, maqolaga mos 

ruknsifat nom tanlab qo‘yilgan, xolos. So‘nggi sahifadan yoshlar ijodidan she’riy 

namunalar,  huquqiy mazmundagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Gazetada asosan  axborot 

janrlaridan  keng foydalanadi. 



 

“Gulchehralar” – xotin-qizlar uchun adabiy-ma’rifiy nashr bo‘lib, 1991- 

yilning aprelidan chiqa boshlagan. 13600 nusxa atrofida oyda bir marta chop etiladi. 

Gazetaning 2014-yil noyabr va dekabr sonlarini muqoyasa qilarkanmiz, ikkinchi 

sahifada “Tadbirlar, tahlillar...”ga o‘rin ajratilgan. “Oyijon, o‘qib bering!” rukni 

ostida bolalar uchun hikoya va ertaklar berib boriladi. To‘rtinchi va beshinchi 

sahifalar “Bu bo‘ston sahnida gul ko‘p, chaman ko‘p” loyihasi asosida yosh 

qizlarning ijodlaridan namunalar uchun mo‘ljallangan. Ibratomuz hayotiy voqealardan 

xabar beruvchi esselar, maqola va ocherklar chop qilib borish xotin-qizlar nashrining 

birlamchi vazifasiga aylanib ulgurgan. “Begingizni qanday kutib olasiz?”, “Hayo – 

hayot ziynati”, “Qo‘shnilar mashvarati”, “Sershovqin kelinlar” kabi maqolalar 

hayotiyligi bilan o‘quvchini o‘ziga tortadi, ishontiradi. “Mutolaa” ruknida o‘zbek va 

jahon nasridan namunalar beriladi. So‘nggi sahifa muxlislar minbari bo‘lib, unda 

tahririyatga kelgan “Oftoboyimga maktublar” o‘z javobini topadi. Uning o‘ziga 

xosligi shundaki, xatga qisqa, lo‘nda axborot emas, balki maqola yoki pand-nasihat 

usulida javob yoziladi.  

 

“Iqbol” – Andijon viloyati xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy 

nashri bo‘lib, 1997-yilning 1-noyabridan chiqa boshlagan. Muharrir – Faxriddin 

Ibaydullayev. Sakkiz sahifadan iborat mazkur haftanoma 3300 nusxada chop etiladi. 

Gazeta ranga-barang mavzularni yoritadi, tanqidga ham o‘rin ajratadi, “Bugunning 

gapi” “Dil tug‘yoni”, “Hidoyat nuri”, “Qadriyatlarimiz” ruknlarida dolzarb mavzuda 

maqolalar, ma’naviy-tarbiyaviy mazmundagi materiallarni berib boradi.  Ijtimoiy-

siyosiy  yangiliklarga ham e’tibor qaratadi. “Nafosat” kabi “Iqbol”da ham tez-tez 

dalil-isbotli materiallar chop etib turiladi.Gazetaning yana bir jihati – mahaliy 

matbuot ko‘tarmagan, lekin o‘ta dolzarb, “tesha tegmagan”, bahs-munozaralarga 

sabab bo‘ladigan mavzularni ko‘taradi. 

 

“To‘maris avlodi” – ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-ijtimoiy  nashr bo‘lib, 

Xorazm viloyatida o‘n olti sahifada oyda ikki marta chop etiladi. Unda asosan portret 

ocherklar, tarixiy tadqiqotlar va maqolalar beriladi. 2014-yil  dekabr sonida O‘ktam 

Polvonovning “Jamoa quvonchi”, “E’zoz va e’tirof” rukni ostida Robiyajon 

Bekberganning “Tashkilotchi muallima”, “Ustozlik mas’uliyati”, “Boshlang‘ichga 

bosh bo‘lib”, Sharqiya Eshjonovaning “Farzandlar kamoli – el-yurt iqboli” 

ocherklarining, “Sulton Mahmud G‘aznaviy va “Shohnoma”, “Avesto” kabi 

maqolalarning berilishi nashr nomidan kelib chiqib o‘zini oqlaydi, biroq janrlar va 

mavzular ko‘lamining torligi o‘quvchini biroz zeriktiradi.  

Xotin-qizlarga mo‘ljallangan nashrlarning yana bir qismini “Qaynona”, 

“O‘zbegoyim”, “Malika” jurnallari hamda “Begoyim”, “O‘zbegoyim”, “Ledi” 

gazetalari kabi nodavlat nashrlar tashkil etadi.  

“Qaynona” – ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy nashr bo‘lib, 2013-

yilning 15-aprelidan chiqa boshlagan. Hozirgi paytda 3700 nusxa atrofida oyda bir 

marta chop etiladi. Jurnalning 2014-yil dekabr sonida “Totuvlik va bag‘rikenglik 

mamlakati”, “Yurtimiz farovonligi tinchlikdandir”, “Ommaviy madaniyat” tahdidi” 

kabi siyosiy ruhdagi materiallar, san’atkor Qilichbek Tojiyev bilan suhbat, “Beg‘ubor 


tong sehri”, “Haqiqiy erkak” kabi portret materiallar, Lutfixonim Sarimsoqova haqida 

“San’atimiz ayasi” nomli maqola, Marhabo Karimova she’rlari, “O‘lmayin, o‘lay!” 

sarlavhali tanqidiy maqola, Oqiljon G‘ofurovning “Kechikkan bir kun” hikoyasining 

so‘nggi qismi hamda milodiy, hijriy va muchal yillar haqida ma’lumot berilgan. 

Ko‘rinib turibdiki,  “Qaynona” jurnalida erkaklar  timsollariga keng joy ajratilgan.  

Jurnal mazmunini ko‘proq ijtimoiy-publitsistik maqolalar, esse va portretlar tashkil 

qiladi. Shunday bo‘lsa-da,  mazkur nashrda ham ayollar timsollari odatiy, an’anaviy 

mazmunda tasvirlangan. 

 “O‘zbegoyim” – ma’naviy-ma’rifiy, axborot va ko‘ngilochar jurnal bo‘lib, 

2014-yilning 25-fevralidan chiqa boshlagan. Bugungi kunda 6500 nusxada oyda ikki 

marta chop etiladi. 2014-yilning iyun oyi -11 va 12- sonlarida “O‘zbegoyim minbari” 

ruknida “Nima uchun o‘zimizni boshqalardan ustun deb o‘ylaymiz?”, “Tonal krem 

tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?”, “O‘zbegoyim huzurida” ruknida “Ayb 

kimda?”, “To‘y – yangi olam ostonasi”, “Xonadon” ruknida gulchiroq yasash usullari, 

“Dizayn va ranglar” ruknida esa “Beg‘uborlik rangi”, “Modellashtirish”, “Yulduz 

garderobi”, “Moda”, “Makiyaj”, “Sochlar jilosi”, “Taomnoma”, “Yulduz tavsiyasi”, 

“Xalq tabobati”, “Go‘zallik”, “O‘zbegim yulduzlari”, “Jamiyat va ayol” ruknida 

“Biznes xonim muammolari”, “Hayot eliksiri”, “Foydali maslahat”, “Jurnal seriali”, 

“Ayol va texnika”, “O‘zimiz tayyorlaymiz”, “Floristika”, “Mo‘jiza” ruknida gullarni 

o‘tqazish va bezatish usullari haqidagi maqolalar, “Salomatlik” kabi ruknlar o‘rin 

olgan. Ayollarga mo‘ljallangan ko‘ngilochar  materiallar son jihatidan ham, mazmun 

jihatidan ham ancha ko‘p. Shu bilan birga materiallarda jurnalist pozitsiyasi 

sezilmasligi, asosan internet materiallaridan foydalanish, ayollar timsollari an’anaviy 

tarzda tasvirlangani,  erkaklar timsollari  deyarli uchramasligi ko‘zga tashlanadi. 

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligiga doir materiallar esa rasmiy-me’yoriy 

hujjatlar mazmuniga muvofiq  beriladi. 

Namangan viloyatida huddi shu “O‘zbegoyim”  nomi bilan  ma’naviy-

ma’rifiy, ommabop va faol ayollar uchun tijorat gazetasi 2010-yil aprelidan boshlab 

chiqarilmoqda. Hozirgi vaqtda gazeta  8300 nusxa atrofida bir oyda ikki marta chop 

etiladi. “Suhbatdosh” ruknida Namangan viloyat asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasi 

doktori Munojat Olimova bilan nutq va ruhiyat uyg‘unligi mavzusida suhbat, 

“Ko‘ngil kechinmasi” ruknida onaga ta’rif, “She’riyat gulshani”, “Nazm bekati”, 

“Sirli maktub”, “Turmush chorrahalarida”, “O‘qing, bu qiziq!”, “Tabiat ajoyibotlari”, 

“Qizlar daftaridan”, “Bilib qo‘ygan yaxshi”, “Balog‘at pillapoyalari”, “Kulgi bekati” 

ruknlarida boshqa ayollar nashrlaridan farqli ravishda xotin-qizlarning o‘y-

kechinmalari, his-tuyg‘ulariga ta’sir qiluvchi maqola va ma’lumotlardan keng 

foydalaniladi. 

“Malika” – ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy jurnal bo‘lib, 2010-yilning 17-

martidan chiqa boshlagan. Hozirgi vaqtda 2500 nusxada ikki oyda bir marta chop 

etiladi hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” DAKning xalqaro yo‘nalishdagi samolyot 

bortlarida  tarqatiladi. Jurnalning 2014-yil dekabr oyi sonida “Bag‘ishlov” ruknida 

shifokor Mufazzal Mirhojiyeva haqida “Ummon tubidagi dur” sarlavhali portret, 


“Yuz yillik tarix sahnasi” ruknida Mahmud Ismoilov bilan suhbat, “Qadriyat” ruknida 

“o‘zbek” atamasining kelib chiqishi xususida so‘z boradi, “O‘zimdan o‘zimgacha” 

ruknida baxt haqida o‘ylar, “Davr ayoli” ruknida tibbiyot fanlari dotsenti Ma’rifat 

Devorova bilan suhbat, “Hayot saboqlari” ruknida hikoyalar, “Mulohaza uchun 

mavzu” ruknidagi “Baxtlimisan, talaba?” maqolasida kelinchak-talabalarning hayoti 

atrofida mulohaza yuritiladi. Sahifalardan “Malika oshxonasi”, “Jahon adabiyotining 

nodir namunalari”, “Go‘zallik saltanati”, “Mutolaa”, “Muxlislar ijodidan”, “Ruhiyat 

iqlimlari” kabi turfa rukn, hikoya va foydali ma’lumotlar joy olgan. Shuningdek, 

jurnalda reklamalarga ham 5 sahifagacha o‘rin ajratilgan.  Jurnalning asosiy 

mazmunini ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi materiallar tashkil etadi. Gender 

jihatlarga qaratilgan materiallar juda kam. 

“Ledi” – ma’naviy-ma’rifiy, ommabop gazeta bo‘lib, 2007-yilning 29- 

yanvaridan chiqa boshlagan. Hozirgi vaqtda 22 600 nusxa atrofida har hafta chop 

etiladi. Fuqarolar murojaatiga huquqshunos javobi «Soveti yurista» ruknida berilsa, 

«Aktualno» ruknida salomatlik xususida so‘z boradi, «Prazdnik na poroge», «Yest’ 

problema!» ruknida «Pojar – zlobodnevnaya problema», «Zolotaya molodyoj», 

«Lichniy opit» ruknida «Oplatite proyezd» tahliliy maqolasi, «Soveti Xanumi», 

«Psixologiya», «Istoriya v detalyax» ruknida Bill Geyts haqida maqola, «Reyting» 

ayol-yulduzlar haqida, «Mejdusoboychik», «God v litsax», «Sobitie» ruknida 

respublika madaniy hayotidagi voqealar, yangiliklar berib boriladi, «Besedka», 

«Vokrug TV», teleprogramma, «Ot vsey dushi», «English time», «Gazetniy serial», 

«Skazki iz kladovki», «Planetariy», «Retsepti krasoti», «Sekret uspexa», «Nota 

bene», «Znakomstva» kabi ruknlar mavjud. Haftanomada rang-barang mavzularda 

materiallar bosiladi. Ayol va erkak mualliflarga teng ravishda so‘z berishga rioya 

qilinadi. Gazetada yana zamondoshlarimiz hamda tarixiy shaxslar  portretlari tez-tez 

berib turiladi. 

“Begoyim” – ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-ommabop gazeta bo‘lib, 2001- 

yilning 27-dekabridan chiqa boshlagan. Bugungi kunda 9400 nusxada haftada bir 

marotaba  chop etiladi. Gazetaning 2014-yil 18-dekabr sonida “O‘zbekiston hafta 

ichida”, “Qonunga sharh”, “Zamonamiz begoyimlari”, “Fikr” ruknida “Qiz berganga 

qirq yil tegma... Yoxud nega hanuz yo‘qlovlarga chek qo‘yilmayapti?” maqolasi, 

“Shou-biznes xabarlari”, “Shu kunning gapi” ruknida “Qiz bolaning qadri” maqolasi, 

“Mushohada” ruknida “Nega kitob o‘qimaysiz?” tahliliy maqolasi, “Departament fosh 

etadi”, “Hikoya”, “Buni hayot deydilar...”, “Og‘riqli o‘y”, “Maslahatingizga 

muhtojman”, “Ayollar shifokori”, “Sinalgan haqiqatlar”, “Qog‘ozga to‘kilgan hislar” 

kabi ruknlar ayollarga ham, erkaklarga ham birday to‘g‘ri keluvchi mavzular, 

masalalar haqida batafsil ma’lumot beradi.  

            “Sug‘diyona”  gazetasi   haftada bir marotaba  44300 nusxada chop etiladi.  

Muassisi: “Sug‘diyona Media” MCHJ. Obuna va sotish yo‘li bilan respublikaning 

barcha hududlarida tarqatiladi.  Gazeta ijtimoiy-maishiy yo‘nalishda bo‘lib, shunga 

muvofiq uning sahifalaridan aktrisa va qo‘shiqchilar, boshlovchi va modellar, ya’ni 

omma nigohidagi shou-biznesning  taniqli vakillari  xususidagi materiallar  o‘rin 



olgan. Yaqindan boshlab gazeta muqovada mashhur yosh oilalarni farzandlari bilan 

tasvirlashni urfga kiritdi. Bu o‘inda  Kamola Ermatova, Madina Mumtozlarning 

farzandlari bilan tasvirlangan portretlarini tilga olish mumkin. 2014-yil 27-noyabr  

sonidagi Shakira va o‘g‘li tasvirlangan muqova gazetaning jahon yulduzlariga ham 

asosiy qahramon sifatida murojaat  qilayotganligini ko‘rsatadi. Biroq muqovada 

tasvirlangan ayollarni gazetaning aynan o‘sha sonining chin ma’nodagi qahramoni 

deb bo‘lmaydi. Masalan, Shakiraning internet materiallari asosida tayyorlangan 

intervyusi yarim sahifani tashkil qilgani holda, Munisa Rizayeva, Leyli bilan qilingan 

intervyular 2-3-sahifadan iborat. Gazeta ayollar va erkaklar o‘rtasidagi 

munosabatlarga alohida ahamiyat qaratish bo‘yicha boshqa nashrlarni ortda qoldirishi 

mumkin. 2014-yil  6-noyabrdagi sonida “Gapning ochig‘i” ruknidagi “Erkaklarga 

mazza-da!” nomli intervyu-mulohazalar, shuningdek, “Erkaklarni asrang ayollar” 

nomli tavsiyalarni o‘qish mumkin. 4-sahifada esa “Bizga oson tutmang ayollar” nomli 

maqolada mashhur san’atkor, shuningdek, turli soha vakili bo‘lgan erkaklar 

mulohazalari berilgan. Keyingi sahifani esa “Erkaklarni qanday sevish kerak” degan 

sarlavhadagi “praktikum” tashkil etgan. 13-noyabr sonida ham bu “an’ana” davom 

etadi: “Erkaklar nima uchun ayollarga qo‘l ko‘taradi?”. Buning sabablari Hilol 

Nasimov, Rixsitilla Abdullayev, Akmal Mirzo, Ravshan Komilov singari taniqli 

insonlar fikr-mulohazalari asosida bayon qilingan.  

 

 Gazetaning asosiy mavzulari: ayollar va erkaklar munosabati, sevgi, moda, 



onalik, yosh oilalarga tavsiya va, asosiysi, mashhurlar  hayotini yoritishdir.    

 Fotosuratlarni 

tayyorlashda 

gazeta asosan internet materiallaridan  foydalanadi. 

Suratlarning nihoyatda ko‘pligi, rang-barangligi gazetaning asosiy faoliyati 

ko‘ngilochar yo‘alishda bo‘layotganidan dalolat beradi. To‘y va to‘ygacha bo‘lgan 

jarayonlar, erkak va ayol munosabatidagi hiyonat va shu kabi ehtirosli mavzularga 

ko‘p urg‘u beriladi. Jahonda ayollar, qizlar hayotiga oid shov-shuvga sabab bo‘lgan 

voqealarni ham gazeta eng birinchilardan bo‘lib taqdim etishga urinadi. Gazetadan 

kamida to‘rt nafar mashhur ayol bilan qilingan intervyular o‘rin oladi. Bunda 

intervyuga berilgan fotosuratlarda qahramonning biror holatini jonli ifodalashga 

harakat qilinadi.  



  

“To‘yona-Wedding” 

jurnali 

“yaltiroq”(glyanets) jurnal mavqeini egallashga 

intiliyotgan nashr sifatida 2010-yil 2-iyuldan chiqa boshlagan. Adadi – 5000 nusxa. 

Muassisi – “MEDIA-BIZNES” MCHJ. Jurnal asosan to‘y an’analarini targ‘ib etish 

bilan birgalikda respublikamizdagi to‘y liboslari  modelyerlarining faoliyati, kelin-

kuyov soch turmagi va to‘y dasturxonini tasvirlashga harakat qiladi. Jurnalni sahifalar 

ekansiz, asosan u turli salonlar uchun reklama va PR minbari sifatida xizmat qiladi 

degan xulosaga kelishingiz tayin. Mazkur jurnal “To‘yona” deb nomlangani bilan 

moda olami uchun xoslangandek taassurot qoldiradi. Undan faqat to‘y liboslari emas, 

balki zamonaviy ko‘rinishdagi  kundalik hayotda kiyishga mo‘ljallangan atlas 

liboslar, bolalar kiyimlari kolleksiyalari ham o‘rin olgan. Jurnalda kelinchaklar uchun 

pardoz qilish,  libos tanlash, to‘y bo‘lgunga qadar va undan keyingi  hayot haqida turli 

tavsiyalar o‘rin olgan. Erkaklar uchun bunday mazmundagi materiallar ancha kam.     


 

Jurnalda turli davlatlarda to‘y marosimlari, tarixdagi  mashhur ayollarning 

sevgi qissalari, to‘y dasrurxonini bezatish, karving-shou, boshlovchilik mahorati, to‘y 

taklifnomalari haqidagi materiallar ham uchrab turadi. Biroq ular ham asosan reklama 

mazmunidagi materiallardir. 

 

“ЖЕНИХ  И  НЕВЕСТА” jurnali ham ushbu yo‘nalishddagi nashr sifatida 

“Baytal INVEST MEDIA” muassisligida chop etiladi.  2010-yil 30-dekabrda 

ro‘yxatga olingan. Adadi – 5000 nusxa. “Naryad nevesti”, “Salon krasoti”, 

“Organizatsiya torjestv”, “Svadebniy tur”, “Foto-videosyomki”, “Zvyozdniy 

goroskop» ruknlari yuqorida qayd etilgan “To‘yona” oynomasidan deyarli farq 

qilmaydi. Model sifatida  Parizoda, Zarina Nizomiddinova, Umid Iskendarov, 

Shohruxxon, Rixsitilla Abdullyaev kabi taniqli chehralar tasvirlaridan foydalaniladi. 

“To‘yona”dan farq qiladigan jihati shundaki, jurnal asosan o‘zbekona qiyofalardan 

unumli foydalanadi. Kelin liboslari kolleksiyasining ko‘pligi, qator salonlar reklamasi 

bilan ham “To‘yona” jurnalidan farq qiladi. Bundan tashqari faqat ayollar go‘zallik 

salonlari emas, yigitlar, kuyovlar uchun ham stilistlar, turli salonlar reklamasi mavjud. 

Erkaklar va ayollar soch turmagi uslublari reklamasi uchun bir nechta sahifa 

ajratilgan. Stilist-vizajistlar, estrada xonandalari, boshlovchilar xizmatlari - bularning 

barchasi uchun alohida sahifalar ajratilgan. Kuyovlarga eslatma sahifasi ham mavjud.  

Respublikamiz ayollar nashrlarini o‘rganar ekanmiz, ularning faoliyatidagi bir nechta 

qonuniyatlarni qayd etish zarur. Birinchidan, hamma nashrlar ham  xotin-qizlar 

mavzusiga ixtisoslashgan deb bo‘lmaydi. Ikkinchidan, ham xususiy, ham davlat 

organlari tasaruffidagi  nashrlarda xotin-qizlarning kundalik turmushi va faoliyatiga 

doir tahliliy, tanqidiy, munozarali hamda dialog tarzidagi materiallar soni ancha kam.  

Uchinchidan, aksariyat materiallar rasmiy  mazmunda bo‘lib, ayollarning insoniy 

fazilatlariga deyarli urg‘u berilmaydi. Bundan tashqari, ularning amaliyotiga  erkak va 

ayollarning an’anaviy timsollarini gavdalantirish xos bo‘lib qolmoqda, To‘rtinchidan, 

aksariyat nashrlarda janrlar va mavzular ko‘lamini kengaytirish, xotin-qizlarning ichki 

olamini tasvirlovchi materiallarni ko‘paytirish maqsadga muvofiq. 

Davriy nashrlardan tashqari milliy teleradiokanallar(davlat va nodavlat)da ham  xotin-

qizlar mavzusi maxsus teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda o’z aksini topmoqda. 

Masalan, “Sug’diyona” deb nomlangan teleko‘rsatuv ko‘p yillardan buyon  ayol-

teletomoshabinlar o‘rtasida o‘zinng muayan reytingiga ega.   

 

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, xotin-qizlar  nashrlari ayollar hayotiga 



doir  turli mavzularni yoritib kelishiga qaramay, gender munosabatlarini to‘la-to‘kis 

yoritmoqda deb bo‘lmaydi. Buning sabablari: jurnalistlarning genderga doir bilimlari 

hali yetarli emas; ular “gender”  istilohi mazmuniga faqat xotin-qizlar mavzusini 

kiritidi. Xotin-qizlar nashrlarining dizaynida ham gender muvozanat oxirigacha o‘z 

ifodasini topganicha yo‘q. 

 

Shunga qaramay milliy OAV tarkibida gender muvozanatini yaqin kelajakda 



ta’minlash mumkinligiga katta umid paydo bo‘lgan. Bunga milliy teleefirda endi ish 

boshlagan bir jamoa faoliyati misol bo‘lishi mumkin. 2014-yilning dekabrida o‘z 

faoliyatini boshlagan “MY5” yangi  nodavlat telekanalning rahbariyati tarkibiga  teng 


ravishda 4 nafar erkak va 4 nafar ayol kirgan, bosh direktori ham ayol. Xotin-qizlar 

marketing bo‘limi boshlig‘i, kreativ menejer, bosh muharrir, boshlovchi, efir 

muharrirlari, ijodiy kengash a’zosi, erkaklar – yurist, prodyuser, operator, ovoz 

rejissori, montaj operatori  lavozimlarida faoliyat yuritishmoqda. Garchi son jihatidan 

erkaklar ko‘proq bo‘lsa-da (jami – 25 nafar, ayollar – jami 16 nafar), telekanalning 

samarali faoliyat yuritishiga jamoaning har bir a’zosi katta mas’uliyat bilan 

yondashmoqda va bu kanalning ijodiy mahsulotida o‘z  ifodasini  topmoqda.  

 

 



 

2-bob. O‘ZBEKISTON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA 

GENDER STEREOTIPLARI 

Oxirgi yillarda  O‘zbekiston jurnalistlari jamiyatdagi mavjud gender ziddiyatlari 

haqida so‘z yuritmoqdalar. Ammo  matbuotning 1991-2014-yillardagi faoliyati tahlili 

shuni ko‘rsatmoqdaki, uning aksariyat chiqishlarida gender masalalari hamon 

assimetrik, eski qolip va andozalar asosida yoritilib kelinmoqda.  

Ijtimoiy stereotiplar(ular sirasiga gender stereotiplari ham kiradi) mazmun 

jihatidan  ma’lum ijtimoiy hodisa yoki ob’ekt xususidagi hissiy bo‘yoqlarga ega 

standartlashtirilgan va barqaror tasavvurni anglatadi. Ular  muayyan hodisaga 

nisbatan insonning  ijtimoiy sharoit va tajriba ta’siri  ostida shakllangan 

 

 

munosabatini ifodalaydi. Davriy matbuot va boshqa OAV o‘z chiqishlari bilan 



auditoriyani u yoki bu xatti-harakatga undaydi. Ular «ijtimoiy, ma’naviy, gender, 

oilaviy va boshqa  timsoiliy qadriyatlar tizimini shakllantiruvchi o‘ziga xos 

mafkuraviy  konstrukt, kod»

1

 vazifasini bajaradi. Ya’ni ular ijtimoiy ongga  erkak 



va ayollarning ijtimoiy rollari, xatti-harakatlari, o‘zaro munosabatlarini tushunishda 

muayyan bahoga tayangan munosabatni belgilaydi. 

Aholining gender haqidagi tasavvurlari demokratik, huquqiy jamiyat qurish 

jarayonida  mazmun jihatidan  o‘zgarib boradi. Bunday o‘zgarishlar gender tengligiga 

erishishda har bir insonning huquq va erkinliklarini amalga oshirishda  va ijtimoiy 

taraqqiyotni ta’minlashda muhim shart hisoblanadi. Zero “ayol va erkaklarning 

ijtimoiy hamkorligi – hozirgi davr va kelajakning zaruriy asosidir”

2

.    



Milliy matbuotimiz  sahifalarida fermer

3

,   mahalla  xotin-qizlar  qumitasi faoli,  



tadbirkor

4

, olima



5

, shifokor, o‘qituvchi, oliygoh o‘qituvchisi

6

, sahna, kino, estrada, 



                                                 

1

 Грошев И. Политика репрезентации мужского образа в рекламе. // Вестник Московского университета. Сер.10. 



Журналистика.  - Москва, 2000. -  №4. - С.57. 

2

 Женщина. Право. Общество. - Т.: Центр по изучению прав человека и гуманитарного права ТГЮИ, 1999. -С.5. 



3

 Масалан, қаранг: Есть женщины в наших селеньях. // Народное слово. 2004. 11 июня; Олтинкўлнинг олтини   - 

ердан. // Saodat. 2003. №3. - Б.4-5. 

4

  Раиса-опа. // Народное  слово. 2004. 6 марта;  Судьба  современницы. // Там  же. 2004. 4 августа;  Маънавият 



мезони. // Адолат. 2004. 6 август;  Ватан туйғуси. // Гулистон. 2004. № 1; Умр муқаддасдир. // Ўша манба. 2004. 

№8; Орзулари осмонча аёл. // Sanam. 2003. №7; «Файз»нинг файзли бекаси. // Адолат. 2004. 29 октябрь; Бухоро 

лавҳалари. // Saodat. 2010. №2. 

5

 Философ с душой поэта. // Народное слово. 2004. 6 марта; Рецепт вечной молодости. // Класс. 2004. 27  ян- 



sport «yulduz»i kabi ayol timsollari gavdalangan

7

. Bunda qahramon-ayollar o‘z 



sohasining ibratli xodimi, keyin esa ibratli uy bekalari, ibratli onalar sifatida talqin 

etilgan. Ularning ijtimoiy faolligi, hayotiy intilishlari asosan «ish-uy»  doirasida 

tasvirlangan. Lekin ushbu zamondosh ayollarimiz yana qaysi sifatlari bilan jozibali 

bo‘lishi, ularni qanday muammolar bezovta qilayotgani,  oila, ish,uydan tashqari yana 

qanday qiziqishlari mavjudligi xususida, afsuski, deyarli hech narsa gapirilmaydi. 

Bunday timsollar shahar, tuman va viloyat nashrlariga ham xos

8

. Masalan, 



«Bekobod ishchisi» gazetasining 2004-yil 28-avgust sonida e’lon qilingan «Bekobod 

malikalari» sarlavhali korrespondensiyasida «Tadbirkor ayol» uyushmasining 

mahalliy vakilasi haqida fikr yuritilib, uning ayollarni tikish-bichish,  kompyuter 

savodxonligi, buxgalteriya hisob-kitobi, sartaroshlik san’atiga o‘rgatishi haqida gap 

ketadi. Material sarlavhasida ayollar malikalarga o‘xshatilgan bo‘lsa-da, matn 

mazmunida  ushbu “malikalar”ning yangi kasb egallab ishga joylashishi, o‘ziga, 

hayotga bo‘lgan munosabatini o‘zgarishi xususida deyarli hech narsa aytilmagan. 

Bunday «ijobiy» timsollarning matbuot sahifalarida ko‘plab uchrashi shunday 

natijaga olib keladiki, aksariyat gazetxonlar bunday “ayollarning ijtimoiy vazifasi, 

xatti-harakati, hissiyotlari haqidagi ideallashtirilgan .... tasavvurlarga ishonadi... Va bu 

ishonchni gender qoliplarni .... tarqatishga ko‘maklashayotgan (go‘yoki jinsga 

nisbatan neytral bo‘lgan!) turli ijtimoiy institutlar, adabiyot, san’at, ommaviy axborot 

vositalari, reklama va h.k. insonlarning … ongiga madaniy tarzda singdirmoqda»

9



So‘nggi yillarda matbuot yana bir ayol timsolini – ma’lum sabablarga ko‘ra o‘z 

tanish-bilishlari, do‘stlari va dugonalari tomonidan xorijga jinsiy qullikka sotib 

yuborilgan traffik qurbonini faol gavdalantirmoqda

10

. Albatta, matbuot sahifalarida 



traffik  yangi asrning global tahdidiga aylanayotgani haqida  ko‘proq va kengroq  

chiqishlar qilish zarur.  Bunda har bir  tuman, shahar, viloyatdagi vaziyat mohiyati, 

uning siyosiy,  ijtimoiy, iqtisodiy va ruhiy tahlilini amalga oshirish kerak. Ammo 

aksariyat mualliflar matbuot chiqishlarida  traffik haqida gap ketganda asosan ayol va 

                                                                                                                                                                   

варя - 2 февраля; Сердце, отданное людям. // Голос Узбекистана. 2004. 19 марта; Неугомонная  Эльвира - 

ханум. // Правда Востока. 2004. 5 ноября; Исми жисмига муносиб. // Sanam. 2010. № 2. 

6

 Мэлс Султанова: «Оставляю вам своё сердце». // Новый век. 2004. 3-9 июня; Моя работа - мой дом. // Вечерний 



Ташкент. 2004. 23 сентября; Бойлигим - илмдандир. // Гулистон. 2004. № 4. 

7

 Жизнь после балета. // Зеркало. 2004. 12-18 августа; Тақдири азал. // Sanam. 2003. № 7; Бу кунларни 



кўрсайди онам. // Ўша манба; Дилноза Арзиметова: Спортчи ҳеч қачон ютказмайди. // Ўша манба. 2008. №10; 

Ивана  Исроилова - поколение NEXT. // BellaTerra. 2003. ноябрь-декабрь;  Цветочные  мелодии. // Молодёжь 

Узбекистана. 2007. 27 сентября; Чиройли ҳаракатлар мўъжизаси. // Гулистон. 2008. №1. 

8

 Поддержка женщин-предпринимателей. // Ташкентская правда. 2010. 30 августа; Знаешь дело, действуй смело. 



//Джизакская  правда. 2010.14 апреля;  Врач - профессия  гуманная. // Там  же. 2010. 17 апреля;  Финансовая 

помощь: реальный путь к благосостоянию. //  Новости Кашкадарьи. 2010. 10 июля. 

9

  Грошев  И.  Политика  репрезентации  мужского  образа  в  рекламе.  // Вестник  Московского  университета. 



Сер.10. Журналистика.  - Москва, 2000. -  №4. - Б. 57-58. 

10

  Тубанлик. // Ҳуқуқ. 2004. 30 июнь;  Петь,  пить,  Или  быть? // Зеркало  ХХ1. 2004. 30 сентября - 6 октября; 



Гибель рабыни. // Ўша манба. 2004. 16-22 сентября; Чўриликда уч йил. // Адолат ёлқини. 2004. 6 февраль; Дубай 

синдроми  ёхуд  танфуруш  аёллар  тақдири. // Ўша  манба. 2003. 11 декабрь; «Боинг»  летел  в  Шаржу. // Правда 

Востока. 2003. 5 декабря; Траффик. // Жиззах овози. 2003. 31 октябрь; Бир қизнинг уволи. // Адолат нури. 2007. 2 

ноябрь;  Жаннат

 

қидирганлар. // Адолат  сари. 2007. 31 июль;  Ихтиёрий  алданиш. // Ҳуқуқ. 2007. 6 декабрь; 



Экскурсия  в  Турцию. // На  посту. 2010. 25 сентября;  Искоренить  зло  можно  или  о  «живом  товаре»  на  рынке 

преступлений. // Новости Кашкадарьи. 2010. 10 июля; Мўмай пулга учиб... // Samarqand. 2010. 18 июнь. 



qizlarni chetga fohishabozlik bilan shug‘ullanishga aldov yo‘li bilan olib 

chiqilayotgan hodisalarni tasvirlash bilan cheklanmoqda. Bu holat  jonli tarzda 

“Ishonch lazzati va achchiq haqiqat” sarlavhali materialda «traffik» - ancha keng 

ma’noga ega bo‘lib, noqonuniy mehnat faoliyati yoki odamlarni qullikka sotishni 

anglatadi

11

, degan  izoh berilgan  



 

Vatandan uzoqda nochor ahvolda qolgan hamyurt-ayollarning fojiali taqdiri 

haqidagi materiallar tahliliy asosi bilan emas, balki qahramonlarga nisbatan  seksizm 

(mazkur istiloh ayollarni faqat jinsiy mayil ob’ekti sifatida tasvirlanishini bildiradi - 

muall.) munosabati ko‘proq ifodalanishi bilan ajralib turadi. Ta’kidlash joizki, bu 

holat  MDHga a’zo aksariyat mamlakatlarining  matbuotiga ham xos bo‘lib 

bormoqda

12

. Bunday mazmundagi chiqishlar qancha ko‘p bo‘lsa, auditoriyaning 



ongida tegishli gender stereotiplari shuncha chuqur ildiz otadi. 

Jurnalistlar asta-sekin bo‘lsa-da, lekin mavjud vaziyatni o‘zgartirishga harakat 

qilishayotganini ham holis e’tirof etish zarur. Ular jamiyatda an’anaviy qarashlar 

ta’siri hamon ustun kelayogani, ayollar ustidan jismoniy va ma’naviy zo‘ravonlik 

holatlari kuzatilayotgani, xotin-qizlar suitsidga moyil va ijtimoiylashuvdan tashqarida 

bo‘lib qolishi haqida gapirmoqdalar.  Masalan, «Armon» sarlavhali maqolada bir 

oilada xotini faqat qiz bolalarni dunyoga keltirgani, buning  uchun eri uni muntazam 

ho‘rlab kelgani haqida hikoya qilinadi

13

. Ayolning navbatdagi homilasi, tibbiyot 



xodimlari xulosasiga ko‘ra, o‘g‘il bola tug‘ilishi bilan yakunlanishi kerak edi. Ammo 

eri mayda janjal natijasida  uni shunchalar kaltaklaganki, ayol va uning muddatidan 

oldin tug‘ilgan go‘dagi kasalxonada vafot etadi.  «Nauchitsya bit’ mudrimi», «Ne 

poluchilos’ lyubvi, ne xvatilo terpeniya …»

14

 sarlavhali maqolalarda eri, qarindoshlari 



tahqirlashlariga dosh bera olmagan va o‘z joniga qasd qilgan yosh ayollar haqida   

so‘z yuritiladi.  

Ayollar ustidan jismoniy yoki boshqa ko‘rinishdagi zo‘ravonlik holatlari haqida 

fikr yuritayotganda jurnalistlar faqatgina fakt va hodisalarni e’tirof etish bilan 

chegaralanib qolmoqdalar. Mazkur hodisalarning iqtisodiy, ijtimoiy yoki boshqa bir 

ildizlarini tadqiq etmaydilar. Juda kam hollarda bunday zo‘ravonlikning ayollar ruhiy 

holatiga ta’siri e’tirof etiladi. Doimiy ho‘rlanish iskanjasida qolgan ayollar 

depressiyaga tushishi natijasida o‘ziga suiqasd qilishi mumkin. Bu holatni matbuot 

sahifalarida  ruhshunos tomonidan sharhlanishi ham deyarli uchramaydi. 

O‘zbekiston matbuotining 2000-2003-yillardagi faoliyati tahlili davomida 

tadqiqotchi Z. Tadjiyeva  «Pravda Vostoka» gazetasida muayyan gender siyosati 

                                                 

11

 Ишонч лаззати ва аччиқ хақиқат. // Моҳият. 2004. 5 ноябрь. 



12

  Тадқиқотчилар  ҳисобига  кўра,  Россиянинг  минтақавий  нашрларининг 24 % материалларида  аёлнинг  қадри 

унинг  жинсий  жозабадорлиги  билан    белгиланган,  17% материалларда  улар  иқккинчи  даражали,  эркакларга 

хизмат  кўрсатаётган  тарзда  гавдаланган  ёки  уларга  нисбатан  сексистик  мазмундаги  нақл  ва  мақоллардан 

фойдаланнш;  11% мақолаларда эса уларнинг иқтидори ёки муваффақияти  эркакларга нисбатан заифроқ экани 

тасвирланган.Қаранг: Рыгина Л. Российские СМИ - проводники женского неравенства. // Журналист. - Москва, 

2004. - № 9. - С. 75. 

13

 Армон. // Адолат ёлқини. 2004. 27 февраля. 



14

 Джизакская   правда. 2003. 1 март, 2 августа. 



mavjudligini ta’kidlab, tahririyat tegishli gender munosabatlarini o‘rnatganini 

kuzatadi. «Xalq so‘zi» gazetasida esa mazkur mavzuga ustivor yo‘nalish sifatida 

qaralmasligini,  «Oila va jamiyat» gazetasi materiallarida  stereotip qarashlar va 

yondashuvlar mavjudligini hamda jurnalistlarning  gender nokorrektligini aniqlaydi

15

.  


O‘zbekiston xotin-qizlarining siyosatdagi ishtiroki mavzusi  2004-yildan, ya’ni 

ikki palatali parlamentga, keyin esa 2009-, 2014-yillar saylovlari jarayonida kengroq 

tadqiq etila boshlandi. Shunga qaramasdan mazkur mavzudagi materiallar soni 

boshqa gender yo‘nalishidagi materiallarga nisbatan ancha kam. Bu ma’noda 

mualliflardan biri 1999-yildagi saylovlarda respublika bo‘yicha 1242 nomzoddan 

faqat 144 nafari, ya’ni 11,5 foizini ayollar tashkil etganini ta’kidlaydi. Bunda 

ayollarning o‘zi passiv bo‘lishi bilan bir qatorda ayol-nomzodlarga saylovchilarning 

ham oshkor ijobiy munosabati kuzatilmaganini qayd etadi. Hususan, aksariyat ayol-

saylovchilar o‘z ovozlarini erkak-nomzodlarga berish tariqasida ham ayol-

nomzodlarga o‘z ishonchsizligini ko‘rsatgan

16

. Bu to‘g‘rida yana «Rost politicheskoy 



aktivnosti jenshin», «Anketadagi savollar nega javobsiz qoldi» deb nomlangan 

maqolalarda so‘z yuritilgan

17



2004-, 2009-  va 2014-yillardagi saylovlari jarayonida Qonunchlik palatasi 



deputatligiga nomzod ayolllar haqida ko‘plab maqola, korrespondensiya va 

intervyular berib borildi. Ammo ularning aksariyati reklama-agitatsiya mazmunida 

bo‘lib, saylovoldi kampaniyasi jarayonidagi PR-texnologiyalarning tarkibiy unsuri 

vazifasini bajardi. Chuqur mushohadali, tadqiqot mazmunidagi,  ayollarni  siyosat 

maydoniga kirib kelishi sabablari, ularning  siyosiy qarashlari, hayotiy tashvishlari, 

elektoratning ayollar qismi muammolarini tahlil etuvchi materiallar deyarli 

uchramaydi. Bugungi kunda esa matbuot sahifalarida ayollarning siyosiy partiyalar 

hayotidagi faolligini ko‘rsatishga intilish mavjudligini e’tirof etish mumkin

18

.  


Demak, «Ayol siyosatda»

19

 sarlavhali korrespondensiya muallifi D.Chirkova 



to‘g‘ri ta’kidlaganidek, ayollarning siyosatga, hokimiyatga, boshqaruv organlariga  

kirib kelishi masalasi mamlakatimizda hal etilgan deb bo‘lmaydi. Bunday  vaziyatni 

saqlab qolish tarafdorlari, oila farovonligi eng oliy qadriyat deb sanaladigan 

mamlakatimizda siyosatchi ayol oila qo‘rg‘onini saqlab tura olmasligini sabab qilib 

ko‘rsatishadi (vaholanki oila mustahkamligi erkak kishiga ham bog‘liq). Shu bois 

ayollarning ijtimoiy jarayonlarga ta’sirini oshirish masalasi keng jamoatchilik 

o‘rtasida bahs-munozaralarga zamin yaratishi zarur. Ayollarning passivligi sababini 

                                                 

15

 Таджиева З. Освещение гендерных проблем в республиканской прессе Узбекистана. // Гендерное образование: 



наука и практика.  Материалы международной научной конференции, 4-5 ноября 2003 года. -  Бухара, 2003. - С. 

211. 


16

  Агар аёл соғлом бўлса. // Saodat. 2003. №№ 3-4. -  Б. 17. 

17

 Голос Узбекистана. 2010. 2 июня; ХХI asr. 2010. 15 июнь. 



18

 Масалан, қаранг: Аёллар фаоллиги ижтимоий сиёсий ҳаётда муҳим ўринга эга. //  Ўзбекистон овози. 2010. 16 

сентября; Повышается активность женщин. // Народное слово. 2010. 22 октября; Фаоллик - хотин-қизлар 

зийнати.  // XXI asr. 2010.  28 октябрь. 

19

 Народное слово. 2004. 3 декабря. 



muallif   an’ana, urf-odatlarga bog‘liqligi hamda ayol-siyosatchilarni qabul qilishga 

jamiyatning o‘zi tayyor emasligi bilan izohlaydi. 

Jamiyatni ayol-siyosatchilarni qabul qilishga tayyor emasligi hususidagi fikr 

munozaralidir. Gap shundaki, matbuotga nisbatan bu masalada  siyosatchi-ayollarni 

jamiyat emas, balki OAV va jurnalistlar qabul qila olmayotganini ham sabab qilib 

ko‘rsatish mumkin. Chunki, ayrim matbuot xodimlarining ongida go‘zallikka intilgan 

ayollarning tabiati siyosatchi qiyofasiga mos kelmaydi, o‘zbek ayoli (boshqa millat 

vakilasi ham) siyosiy jarayonlarga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi, degan qolip 

qarash qotib qolgan. Shu bois ham ayol-siyosatchi, jamoat arbobi haqidagi materiallar 

bir tomonlama, “navbatchi” mazmunda bo‘lib qolmoqda. 

Vaholanki, 2014-yilda chop etilgan “Dunyoqarashlar dialogi: ayol va jamiyat 

taraqqiyoti” Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari to‘plamida 2011-

2014-yillar davomida siyosiy partiyalarning a’zolari tarkibida ayollar soni 

quyidagicha bo‘lgan

20

:  


№ Siyosiy 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling