Fanni o‟qitishda zamonaviy
axborot va pedagogik texnologiyalar
Fanni o‗qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarni (prezentatsiya, elektron
adabiyotlar, multimedia variantlari, virtual laboratoriya darslari) qo‘llash fanni
o‘zlashtirish uchun muhim omil hisoblanadi. Pedagogik jarayonni jadallashtirish
maqsadida axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish samaradorligini
oshiruvchi didaktik vositalardan keng foyda-laniladi. Fanni o‗zlashtirishda darslik,
o‗quv va uslubiy qo‗llanmalar, ma‘ruza matnlari, texnologiyalar majmuasi,
elektron materiallar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot vositalari,
kompyuter, internet tizimidan keng foydalanish ko‗zda tutilgan. Fanni o‘qitishda
zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot vositalari, kompyuter, internet
tizimidan keng foydalanish ko‘zda tutilgan.
Pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan fanga oid yangi o‗quv majmualar
va boshqa ma‘lumotlar uzluksiz yangilab boriladi va talabalar e‘tiboriga xovola
etiladi.
ASOSIY QISM
Dori vositalarni standartlashda validatsiyani ahamiyati. Ishlab
chiqarish validatsiyasida boshqaruv asoslari. Xalqaro standartlar (ISO
9001, ICH....). GMP, GCP, CLP, GDP asoslari.
Validatsiya sifatni nazorat qilish va ta‘minlash tizimining asosiy qismi bo‗lib,
u aniq izoh berish ma‘nosini beradi yoki rasmiylashtirilgan tekshirish ma‘lumotlari
to‗la keltirilgan xulosa (tadbir) dir. "Validatsiya" atamasi, turli xil tasdiqlovchi
hujjatlar, spetsifikatsiyalar, qoidalar va boshqa me‘yorlar to‗g‗riligini tekshirish
jarayonining keng ma‘noda tushuntiradi. Validatsiya bu uzluksiz tadbirdir.
Dori vositalarini sifatini ta‘minlashda jaxon Sog‗liqni saqlash tashkiloti, ICH,
xalqaro standartlash tashkiloti, FDA (Food and drug administration) kabi xalqaro
tashkilotlarning metodik materiallari. Dori vositalarini sifatini ta‘minlovchi
hujjatlar. Validatsiya jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |