ISHNING BORISHI
1. “Paketni uzat” mashqi
Maqsad: trening ishtirokchilarining diqqatini jamlash, ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, oʻsmirlarga oʻzlari va oʻzgalarni anglashda bir-birlariga yordam berishga jalb qilish.
Boshlovchi: keling, ishni boshlashimizdan oldin birgalikdagi faoliyatga kirishib olamiz. Bunda bizga quyidagi oʻyin yordam beradi.
Sizga qavat-qavat qilib kiydirilgan qogʻoz paketlarni taklif qilaman. Ularning har birida topshiriqlar yozilgan. Paketni aylana boʻylab bir-birimizga uzatamiz yoki istalgan odamga otamiz. Mashqni bajarishni musiqiy soprovojdeniye ostida boshlaymiz. Musiqa toʻxtagan paytda kimning qoʻlida paket qolsa, eng ustidagi payetni olib, unda yozilgan topshiriqni oʻqiydi va bajaradi. Mashq paketlar tugamaguncha davom etadi.
Topshiriqlar va savollarning taxminiy roʻyxati:
Sevimli rangingizni pantomimika orqali koʻrsatib bering
Oʻz ismingizni ayting, bunda Sizni uyda, doʻstlaringiz va maktabda qanday chaqirishadi?
Xobiingiz va sevimli mashgʻulotingiz nima?
Sevimli musiqangiz
Odamlarda qaysi sifatlarni qadrlaysiz
Sevimli filmingiz, nima uchun
Yoqtirgan qoʻshigʻingizni kuylab bering
Qaysi faslni yoqtirishingizni pantomimika orqali ifodalab bering
Bolaligingizdagi eng yorqin xotirangiz
Kelajakda kim boʻlmoqchisiz?
Jahlingizni chiqaradigan narsa nima?
Sizning qanday isteʼdodingiz bor?
Sizga nimadir etishmayaptimi?
Sevimli taomingiz
Yaxshi koʻrgan hayvoningizni pantomimika orqali ifodalab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |