9. Shukronalik onlari
Maqsad: oʻz qadriyatlari tizimini anglash va shakllantirish
Koʻrsatma: minnatdorchilik va shukronalik roʻyxatini tuzib chiqing. Masalan, Ollohga shukr, ota-onangizga minnatdorsiz, oʻzgalarga rahmat va hokazo.
“Men ….. minnatdorman, sababi – bugun (kecha, bir hafta oldin, bir oy avval, bir yil avval…). «Men odamlarga minnatdorchilik bildiraman, chunki ular menga …..”
Izoh: ishtirokchilar xohishlariga binoan oʻz roʻyxatlarini guruh oldida oʻqib eshittirishlari mumkin.
10. Rivoyat
Bir inson doʻzax va jannat nima ekanligini bilmoqchi boʻlibdi. Avval bir xonaga olib kirishibdi, u yerda xonaning oʻrtasida shoʻrva qaynayotgan ekan. U yerdagilarning qoʻllarida bir metrlik qoshiqlar bor ekan. Ular qoshiq uzun boʻlganligi sababli ovqati yeya olmas, qaynoqligidan damba-dam kuyar va ochliklaridan bir-birlariga baqirib, gʻazablanar edilar. Keyin uni boshqa xonaga olib kirishibdi. U xonada ham xuddi shunday qozon va shoʻrva bor ekan. Lekin u yerda hamma tinch-totuv va mamnun ekanlar. Chunki ular juft-juft boʻlib olib, uzun qoshiqlar yordamida bir-birlarini ovqatlantirayotgan edilar.
11. Refleksiya
Do'stlaringiz bilan baham: |