variant – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang. Trening va uni tashkil etish


Download 33.88 Kb.
bet8/13
Sana09.01.2022
Hajmi33.88 Kb.
#261477
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
23217 answer 2 5393591231345330755

3.“Biz qandaymiz?” metodikasi
Trener: bugungi mashgʻulotimizda biz oʻzimizni shaxs sifatida anglashga harakat qilamiz; oʻz qadriyatlarimiz haqida bilib olishga, oʻzimizning takrorlanmas va oʻz tengdoshlarimiz bilan oʻxshash tomonlarimizni tushunishga harakat qilamiz.

Insonning oʻzini, hayot sirlarini anglashga harakat qilishi – asrlarga singib ketadigan maʼnaviy, ruhiy izlanshlaridan biridir. Har bir yangi avlod inson borligʻining maʼnosini oʻz davriga monand anglashga harakat qiladi.

Hozir shunday yoshdasizki, bu yoshda odam eng muhim kashfiyotlardan birini qiladigan davrdar, yaʼni oʻzini kashf qilish davri. Bu izlanishlarda katta natijalarga olib kelishi aniq. Bu natijalarga erishish uchun oʻzligini topmoq kerak. Lekin avvaldan ogohlantirib qoʻyayki, xech kim oʻz imkoniyatlarini toʻligʻicha anglash va oʻz kelajagini oldindan koʻra bilish berilmagan. Lekin har kim oʻzini yaratish yoʻlini chiza olish kuchiga ega.

Har biringiz qogʻoz varaqlarini olib, oʻz kaftingizning atrofini chizib chiqishni taklif qilaman. Chizgan kaftingizning markaziga “Men” deb yozing. Endi tasavvur qiling, barmoqlaringiz bu Sizning ichki olamingiz, Sizning qadriyatlaringiz. Siz beshta barmoqlaringizga beshta savolga javob berishingiz lozim boʻladi. Javoblaringiz bittadan uchtagacha soʻzlardan iborat boʻlishi mumkin:

Men kimman?

Men nima qilishni yoqtiraman?

Men nimalarni oʻrganishni istayman?

Mening qoʻlimdan nima keladi?

Men odamlarda nimani qadrlaymiz?

Endi yana bitta savolni kaftingizning tepasiga yozing. Baxtli hayot uchun nima kerak? (uchtadan beshtagacha eng muhim qadriyatlarni yozing)

(Topshiriq bajarilgach,quyidagicha tahlil qilinadi: baʼzi qadriyatlar hamma uchun bir xil yoki turlicha boʻlishi mumkin. Shuningdek, biz shugʻullanishni yaxshi koʻradigan narsalar yaxshi uddalay oladigan ishlarimizga toʻgʻri klmasligi mumkin. Nimaga shunday ekanligini tushuntirish kerak boʻladi. Bizning qarashlarimiz, qiziqishlarimiz va xarakterimiz turlicha boʻlsada, barcha uchunbirdek muhim boʻlgan qadriyatlar bor)

Asosiy hayotiy qadriyatlar insoniyat rivojlanishining turli bosqichlarida doimiy boʻlib kelgan. Bular – hayot, sogʻliq, muhabbat, mehr, oila, maʼlumotli boʻlish, tinchlik, goʻzallik, ijod, bilishdir. Bu qadriyatlar konstruktiv, yaʼni yaratuvchan, rivojlantiruvchi qadriyatlardir, chunki shaxsning va umuman, jamiyatning rivojlanishiga qaratilgandir. Rivojlanish – bu oldinga va yuqoriga harakatdir. Lekin destruktiv qadriyatlar ham borki, ularning asosida qanday boʻlmasin boylik orttirish va hokimlikka intilish yotadi.



Download 33.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling