Variant №1 Ekologiyani mustakil fan sifatida shaklllanishi,maqsadi va vazifalari


Biosfera va inson o‘rtasidagi munosabatlar


Download 176.58 Kb.
bet19/57
Sana01.03.2023
Hajmi176.58 Kb.
#1240739
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57
Bog'liq
ekologiya yakuniy

3.Biosfera va inson o‘rtasidagi munosabatlar.(Biosfera, atrof muxit, o‘simlik, xayvon, tuproq, suv, havo, inson omili, chiqindilar, texnika ifloslanish, muxofaza, modda, energiya aylanishi, sanoat, zavod, fabrika, ozon qatlami, parnik effekti, kislotali yomg‘irlar, radiasiya, erroziya, cho‘llanish, sho‘rlanish.)


Biosfera insonlaming yashashi uchun zarur hayotiy sharoitlarga ega yagona makon hisoblanadi. Biosferaning yagona makonligi qonun hisoblanadi: biosferani sun’iy muhitga almashtirib bo’lmaydi, chunki yangi hayot turlarini yaratish mumkin emas. Inson abadiy dvigatelni yarata olmaydi, biosfera esa amalda abadiy dvigateldir. Kundan- kunga soni oshib borayotgan aholining hayoti biosferada mavjud tabiiy resurslarga bevosita bog’liqdir. Tabiiy resurs deganda insonning hayoti, xo’jalik faoliyati uchun kerak bo’lgan barcha tabiiy jismlar, xodisalar, jarayonlar tushuniladi. Tabiiy resurslar tugaydigan va tugamaydigan guruhlariga ajratiladi. Tugaydigan va tiklanmaydigan resurslarga qazilma boyliklar kiradi. O ’simlik va hayvonlar, tuproq, suv va ayrim mineral resurslar tugaydigan, tiklanadigan resurslar hisoblanadi. Quyosh radiatsiyasi, dunyo okeani suvlari va atmosfera havosi tugamaydigan resurslardir. Lekin okean suvlari va atmosfera havosi sifat jihatidan «tugaydigan» hususiyatga ega. A.Akimova va V.V.Xaskinlar bo’yicha (1998) sayyora yuzasida tabiiy resurslami o’zlashtirishda inson tomonidan ko’chiriladigan moddalaming massasi yiliga 4 trillion tonnadan ortadi. Yer ostidan qazib olinadigan va jahon iqtisodiyoti tomonidan o’zlashtiriladigan biomassa va materiallar yiliga 120 mlrd. tonnadan ortiqni tashkil qiladi va uning faqat 7,5%dan ishlab chiqarish jarayonida zarur mahsulotlar olinadi va katta qismi chiqindi xolida atrof muhitga tashlanadi. Hozirgi vaqtda Yer yuzi aholisi uchun kuniga 2 mln. tonna oziq-ovqat, 10 mln. m3 ichimlik suvi, nafas olish uchun 2 mlrd.m3 kislorod zarur bo’ladi. Ilmiy-texnika revolyutsiyasi sharoitida biosferada amalga oshayotgan jarayonlar uning yangi sifat holati noosferaga o’tishini taqazo qiladi. Sanoat korxonalari chiqindilami havoga chiqarib 48 tashlanishidan xosil buladigan kislotali yomg’irlar o’simliklarga va tirik organizmlarga katta zarar keltirmoqda. Atrof muxitning ifloslanishi maxalliy, regional tusda bo’libgina qolmay, balki global ko’lam ham kasb etmoqda. Dunyo okeanining ifloslanishi o’z navbatida, uning atmosfera havosi bilan gaz almashinuviga ta’sir etadi. «Issiqxona gazlari» karbonat angidrid (SO2), metan (SN4), azot chala oksidi (N2O ) va boshqalaming ko’plab chiqarilishi iqlim o’zgarishiga olib keladi. Inson so’nggi 100— 150 yil davomida biosferani shunchalar o’zgartirib yubordiki, natijada uning million yillar davomida tarkib topgan barqaror muvozanatiga rahna solindi, noyob nabotot va jonivorlar turlari kamayib ketdi. Insonning tabiatga turli yo’llar bilan ta’sir qilishi, faoliyati tufayli bo’ladigan tabiiy o’zgarishlarga antropogen ta’sir deyiladi. Hozirgi energetikaning shiddat bilan o’sishi natijasida butun yer kurrasi atrofidagi havo harorati ma’lum darajada ko’tarilishi kuzatilmoqda. Bu esa abadiy muzliklami eriy boshlashiga olib kelishi mumkin. Atrof muhitning, jumladan atmosfera havosi, suv, tuproqlaming ko’pdan ko’p sanoat korxonalari, avtotransport vositalari, turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi aholi salomatligiga katta zarar keltirmoqda.

“HFX” kafedrasi mudiri: G’. Mirzaqulov





Download 176.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling