Variant №1 Ekologiyani mustakil fan sifatida shaklllanishi,maqsadi va vazifalari
Tabiiy resurslardan foydalanish muammosi
Download 176.58 Kb.
|
ekologiya yakuniy
2.Tabiiy resurslardan foydalanish muammosi ( tabiy resurslardan foydalanish,yerdan foydalanish, suvdan foydalanish, toza havo, o‘simlikboylikla ri, xayvonot olami; foydalanish tarmoklari, tibbiyet , sanoat, ener getika, salomatlikni saklash, dam olish, turizm, atom sanoati,metallurgiya, qishloq xujaligi ).
Tabiiy resurslar deb tabiatda mavjud boMgan, insonlar tomonidan yaratilmaydigan, jamiyatning moddiy va m a’naviy ehtiyojlarini qondirish hamda xo‘jalik faoliyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan tabiiy obyektlarga, sharoitlarga va jarayonlarga aytiladi. Tabiiy resurslar foydalanish sohasiga k o ‘ra ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, madaniy, ilmiy va boshqa resurslarga, tabiatning u yoki bu komponentlari tarkibiga k o ‘ra esa suv, o ‘rmon, mineral, energiya va boshqa resurslarga ajratiladi. Dunyoda shunday mam lakatlar borki, ular joylashgan hududda mineral resurslar umuman yo‘q yoki b o ‘lsa ham juda oz miqdorda, shunga qaramasdan rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Masalan, Yaponiya, Janubiy Koreya. Singapur va boshqalar. Bu mamlakatlarda ishchilar. muhandislar va texnik xodimlarning yuqori malakaga egaligi, fan-texnika taraqqiyoti uchun yaratilgan sharoitlar sanoatni rivojlantirishda eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish jamiyat munosabatlari xarakteri bilan belgilanadi. Barcha tabiiy resurslar, albatta, shartli ravishda tugaydigan va tugamaydigan resurslarga bo'linadi T u g a y d i g a n t a b i i y r e s u r s l a r zaxirasiga va ulardan jadallik bilan foydalanish ko'lam iga bog'liq ravishda kishilik jamiyati ehtiyojlarini faqat ma’lum davr davomida ta’minlashi mumkin. Ular tabiatda o'z-o'zidan tiklanmaydi. Insonlar tomonidan bunday resurslarni yaratish mumkin emas. T u g a m a y d i g a n r e s u r s l a r . Bunday resurslarga shartli ravishda koinot, iqlim va suv resurslarini kiritish mumkin. Koinot resurslariga quyosh radiatsiyasi, dengiz suvlarining to‘lqinlanish energiyasi va shu kabilar kiradi. Ular deyarli tugamaydi va ularni muhofaza qilish(masalan, quyoshni) atrof-muhitni muhofaza qilish uchun obyekt bo‘la olmaydi. Chunki insoniyat bunday imkoniyatga ega emas. Ammo, quyosh energiyasining yer yuzi bo‘ylab tarqalishi atmosfera holatiga, uning ifloslanganlik darajasiga bog'liq. Bunday omillarni esa insoniyat boshqara oladi. Jam iyatni m a’lum rivojlanish davri davomida tabiiy resurslardan foydalanishda ularni real va potensial resurslarga ajratiladi. Real resurslar deb jamiyatni ayni holatdagi rivojlanish bosqichida qidirib topilgan, zaxiralari aniqlangan va jamiyat tomonidan faol ishlatilayotgan resurslarga aytiladi. P o t e n s i a l t a b i i y r e s u r s l a r deb jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida qidirib topilgan, qisman va miqdoran aniqlangan resurslarga aytiladi. Ammo ulardan foydalanish turli sabablarga ko'ra ayni paytda davlat tomonidan maqsadga muvofiq emas deb topilgan bo‘lishi mumkin. Boshqa so'z bilan aytganda, ulardan foydalanish uchun texnik vositalar yetarli bo'lm agan, xomashyolami qayta ishlash texnologiyalari ham ishlab chiqilmagan yoki umuman yaratilmagan bo'lishi mumkin. Masalan, tosh davrida metall potensial resurs emas edi. Chunki inson uni ajratib olish texnologiyasini bilmas edi. Bronza asriga kelib temir rudalari potensial resurslarga aylanib qoldi. Chunki insonlar rudadan temimi ajratib olish texnologiyasini o'zlashtirib oldilar. Yer sayyorasining potensial yer resurslariga cho'llar, tog'liklar, botqoqliklar, sho'rlangan hududlar, doimiy muzliklar ham kiradi. Download 176.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling