Variant №13 Ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida davlatni boshqarishda qanday tamoyillar asos qilib olinadi?


Download 27 Kb.
bet2/5
Sana22.12.2022
Hajmi27 Kb.
#1041758
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-Variant

6. Rasmiyatchilik. Rasmiyatchilik qog’ozbozlikni "ota"si, tora-chilik tamoyilidir. Har qanday qo’llanmani pesh qilib, uning o’rtaasida qonuniy narsalarni tan olmaslik, munosabatlarda rasmiyatchilik bilan yendashish bu tamoyilning bo’sh maqsadi bolib hisoblanadi.
7. Mahdudlik. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi o’zining sir-asrorlarini yashirishga, mahfiy tutishga harakat qiladi. To’ralarni oshkorlik va demakratiyaning hujumidan aynan shu mahdudlik himoya qiladi, mahfiy ma'lumotlarga yetib borishga halaqit beruvchi qalqon vazifasini bajaradi.
8. Konservatizm. Yangilikka nisbatan ayevsiz tamoyil. Garchi biror-bir yangilik yeki bu faoliyatni yaxshilashga olib kelishini bilsada, bu yangilikni iloji boricha kechiktirib yoki chala-chulpa joriy qilishga tarafdor.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi hukm surgan iqtisodiyotda boshqaruv markazlashgan holda tashkil etiladi va demakratik hususiyatga ega bo’lgan elementlarni inkor etiladi. Rasmiyatchilik bunday tizimning asosiy unsuri hisoblanib, uning o’rtasida qonuniy narsalarni tan o’lmaslik odatiy holatga aylanadi. Ta'kidlash kerakki, ma'muriy-buyruqbozlik tizimida iqtisodiyotning rivojlanishi ko’proq salbiy tomonga o’tadi. Chunki davlatlashtirilgan tizimda mulk faqat davlatniki hisoblanib, uning egasi davlatning o’zidir. Bunday tizim sharoitidagi boshqarish tamoyillari tarkibida mavjud bo’lgan menejmentning umumiy tamoyillaridan hisoblangan ierarxiya tamoyiliga ham asoslanadi. Birpq, bunda boshqaruv bo’g’inlari kopayib ketib, boshqaruv jarayeni chigallashadi va boshqaruv samarasiz amalga oshiriladi.


2. Funktsional tizimosti ob’ektlarining boshqarish usuli deganda nimani tushunasiz?
Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta'sir ko’rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob'ektini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan usullar, ya'ni:

  • sistema (tizim)li yondoshuv;

  • kompleks yondoshuv;

  • tarkibiy yondoshuv;

  • integratsion yondoshuv;

  • modellashtirish;

  • iqtisodiy-matematik yondoshuv;

  • kuzatish;

  • eksperiment;

  • sotsiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi.

Ta'sir ko’rsatish nuqtai nazardan esa usul deganda boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob'ektiga ta'sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
- funktsional tizimosti ob'ektlarini boshqarish usuli;
- boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari;
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari.
Har xil yondashuvlar, yo’sinlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmui - boshqaruvning aniq va o’ziga xos usullari deb yuritiladi.
Boshqaruv usullari - bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta'sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi. Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob'ektiv tarzda kelib chiqadi.
Funktsional tizim-osti ob'ektlarini boshqarish usuli boshqariladigan ob'ektning tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, uning tarkibidagi bo’limlarni boshqarishda qo’llaniladigan o’ziga xos usullarni o’z ichiga oladi. Ularni quyidagi tizimosti bo’limlar misolida ko’rish mumkin.

Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling