Variant 2 Metodologiya tushunchasi Analogiya ilmiy bilish va tadqiqotiy izlanishning evristik metodi sifatida Intuitsiya tadqiqotiy jarayonda shuursizlik va onglilikning bog’liqligi lahzasi sifatida


) ilmiy nazariyalarning mantiqiy tuzilmalarini o'rganish; 2)


Download 90.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana20.01.2023
Hajmi90.88 Kb.
#1105265
1   2
Bog'liq
I-5 Ikramov Murodjon

1) ilmiy nazariyalarning mantiqiy tuzilmalarini o'rganish;
2) fanning sun'iy tillari qurilishini o'rganish;
3) tabiiy, ijtimoiy va texnikaviy fanlarda qo‘llaniladigan har xil turdagi 
deduktiv va induktiv xulosalarni o‘rganish;
4) fundamental va hosilaviy ilmiy tushunchalar va ta’riflarning rasmiy 
tuzilmalarini tahlil qilish;
5) tadqiqot protseduralari va operatsiyalarining mantiqiy tuzilishini ko'rib 
chiqish va takomillashtirish hamda ularning evristik samaradorligining mantiqiy 
mezonlarini ishlab chiqish.


17-18-asrlardan boshlab. uslubiy g‘oyalar muayyan fanlar doirasida ishlab 
chiqiladi. Har bir fan o'ziga xos uslubiy arsenalga ega.
Uslubiy bilimlar tizimida ularga kiritilgan individual usullarning umumiylik 
darajasi va qo'llanish kengligini hisobga olgan holda asosiy guruhlarni ajratish 
mumkin. Bularga quyidagilar kiradi:
1) falsafiy usullar (tadqiqotning eng umumiy regulyatorlarini belgilang - 
dialektik, metafizik, fenomenologik, germenevtik va boshqalar);
2) umumiy ilmiy usullar (ilmiy bilimlarning bir qator sohalari uchun xosdir; 
ular o'rganilayotgan ob'ektning o'ziga xos xususiyatlariga va muammolar turiga ko'p 
bog'liq emas, lekin ayni paytda ular o'rganish darajasi va chuqurligiga bog'liq);
3) xususiy ilmiy usullar (ma'lum maxsus ilmiy fanlar doirasida qo'llaniladi; bu 
usullarning o'ziga xos xususiyati ularning o'rganilayotgan ob'ektning tabiatiga va hal 
qilinayotgan vazifalarning o'ziga xos xususiyatlariga bog'liqligidir).
Shu munosabat bilan fan metodologiyasi doirasida fanning falsafiy va uslubiy 
tahlili, 
umumiy 
ilmiy 
va 
xususiy 
ilmiy 
metodologiya 
ajratiladi. 
2. Analogiya (yun. anologiya – moslik, o‘xshashlik) bilvosita mulohaza 
yuritish va xulosa chiqarish usulidir. Analogiya bo‘yicha tadqiq qilishda xossa, 
struktura va munosabatlarda mavjud bo‘lgan o‘xshashlikka e’tibor qaratiladi. 
Usuldan foydalanish quyidagicha sodir bo‘ladi: bir ob’ekt (A) xossalarini 
o‘rganishdan hosil bo‘lgan bilim o‘sha turdagi ikkinchi ob’ektni (V) bilish 
muammosi doirasiga o‘tkaziladi va shu bilan ob’ekt (V) o‘rganilgan hisoblanadi. 
Masalan, Tyan-Shan tizmasi, uning stratigrafiyasi, geomorfologiyasi va geologik 
davrlari haqida har jihatdan asoslangan bilimga egamiz. Fan tog‘ tizmasi esa yetarli 
darajada o‘rganilmagan ob’ektdir. Bunda biz Tyan-Shan tog‘ tizmasiga doir 
bilimlarimizni analogiya bo‘yicha fikrlashga asoslanib va ekspiditsiya uchun katta 
harajat qilmasdan Fan tog‘ tizmasini o‘rganish muammosi doirasiga kiritamiz, shu 
tog‘ tizimi haqida bilimga ega bo‘lamiz. 
Bunday analogiyani sxemasi quyidagicha: 
Tyan-Shan tog‘ tizmasi, a, v, c, d, ye, f hislatlarga ega. 
Fan tog‘ tizmasi a, v, s, d hislatlarga ega 
Fan tog‘ tizmasi ye, f hislatlarga ega bo‘lishi mumkin. 
Analogiya bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishni 3 ta turi mavjud: 
1) xossalar bo‘yicha analogiya; 


2) strukturalar bo‘yicha analogiya 
3) munosabatlar bo‘yicha analogiya 
Xossalar bo‘yicha analogiya o‘tkazilganda bir turdagi ikki predmet 
o‘xshash yoki aynan belgilarga ega bo‘lishi kerak degan g‘oya, faraz olg‘a suriladi. 
Astronomlar bir turdagi sayyoralar tizimiga kiruvchi osmon jismlarida 
o‘xshash unsurlar mavjud deb, Quyoshda topilgan yangi element-geliy Yerda ham 
bo‘lsa kerak degan xulosaga kelishgan. Ko‘p o‘tmay bu xulosani chinligi 
tasdiqlandi. Yerda geliy elementi topildi. 
Strukturalar (S) va munosabatlar (M) xususida analogiya usuliga tayanib 
tadqiqot o‘tkazishda ob’ektlarda mavjud bo‘lgan o‘xshash yoki aynan S va Mlar 
taqqoslanadi, olingan natija bo‘yicha xulosa qilinadi. 
Aniqlik jihatdan qat’iy, qat’iy bo‘lmagan va yanglish (yolg‘on) analogiyalar 
farqlanadi. Qat’iy analogiya ishonchli, qat’iy bo‘lmagan analogiya ehtimolli, 
yanglish analogiya nochin xulosa beradi. 
Qat’iy analogiya modellashtirish usuliga asoslangan tadqiqotlarda, bir qator 
matematik, tabiiy va texnik ilmiy yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Ijtimoiy-gumanitar 
fanlarda qo‘llaniladigan qat’iy bo‘lmagan analogiya usuli ehtimolli hislatga ega 
bo‘lgan bilim beradi. 
Yanglish analogiyadan ko‘rib chiqilayotigan masala mohiyatini tushunmagan 
paytda yoki muxolif tomonni adashtirish maqsadida foydalanadilar. XIX asrni 
oxirida vujudga kelgan sotsial-darvinizm ta’limotida biologik evolyutsiya va 
jamiyatni rivojlanishi o‘rtasida analogiya (o‘xshash tomonlari qayd qilish) 
o‘tkazilib, ijtimoiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchi hayot uchun kurash va 
tabiiy tanlanishdir degan nochin g‘oya olg‘a surildi.Hayvonot olamida 
bo‘lmagan,lekin jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydigan omillar va 
qonuniyatlar mavjudligi inobatga olinmadi. 
Analogiyani ishlatganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: 
1) taqqoslanayotgan predmetlarning imkoni boricha ko‘proq o‘xshash 
xossalarini aniqlab olish; 


2) taqqoslanayotgan predmetlarning muhim bo‘lgan o‘xshash belgilarini ajratib 
olish va ko‘rib chiqish; 
3) taqqoslanayotgan predmetlardagi belgilar o‘zaro uzviy aloqada bo‘lishi 
lozim. Asl ob’ekt bo‘lgan «I» predmetni a belgisi b, v, g, d belgilari bilan uzviy 
bog‘langan. Asl ob’ekt bilan taqqoslanayotgan «K» predmetdagi o‘xshash a belgi 
ham shu predmetdagi b, v, g, d belgilar bilan aloqada bo‘lishi kerak; 
4) O‘zaro taqqoslanayotgan predmetlarning farq qiluvchi belgilari mumkin 
qadar oz bo‘lishi shart. Agar taqqoslanayotgan «I» va «K» predmetlardagi zaruriy 
belgilar bir-biridan farq qilishsa, «K» predmetga nisbatan qilingan xulosa xato 
chiqadi. Sotsial-darvinizm ta’limotida shunday xatolik yo‘l quyilgan.
Yuqorida qayd etilgan qoidalarga rioya qilish analogiya bo‘yicha mulohaza 
yuritish va xulosa chiqarishni chinlik, ishonchli bo‘lish darajasini oshiradi. 
3. 
Intuitsiya (lot. intuitio – sinchiklab qarayman) – haqiqatni dalil bilan 
isbotlamasdan, bevosita fahm-farosat bilan anglab olish qobiliyati; fikran ilg‘ab 
olish yo‘li bilan tajriba doirasidan chiqish, shaxsiy qobiliyati yoki bilib olinmagan 
aloqalar, qonuniyatlarni jonli shaklda umumlashtirish. Tadqiqotchilarning fikricha, 
intuitsiyaning hissiy, aqliy va mistik turlari bor. Hissiy intuitsiya deb, aqliy 
mushohada va boshqa sezgi obrazlariga bog‘liq bo‘lmagan holda tushunchadan 
oldin keladigan intuitiv sezishga aytiladi. Hodisalarning mohiyatini birdaniga aql 
bilan ilg‘ab olish aqliy (intellektual) intuitsiya deyiladi (E. Gusserl). Ilohiy qudrat 
bilan muloqot jarayonida vujudga keladigan mutlaqo ongsiz ilohiy ilhom mistik 
intuitsiya hisoblanadi (J. Mariten). Intuitsiya – subyektning obyekt bilan bevosita 
qo‘shilishib ketishi okibatidir (A.Bergson). Psixoanalizda intuitsiya ijodning 
ongsizlikdagi ilk tamoyili deb talqin etiladi (3.Freyd). SHarq falsafasida intuitsiyani 
“ilohiy ilhom” yoki “ilohiy zeh” deb atashgan (Ibn Sino). Intuitsiyani o‘rganib, 
boshqarib ham bo‘lmaydi. U to‘satdan miyaga kelib qoluvchi fikrdir. Inson miyasida 
ro‘y beruvchi refleksiv jarayonlar shu qadar murakkab zanjirli bog‘lanishlar hosil 
qiladiki, ba’zan turli sabab-oqibatli zanjirlar tizimidagi halqalar bir-biriga tutashib 
ketadi. SHunday tutashuv jarayonida inson miyasiga yarq etib yangi fikr kelib 


qoladi. Ana shu holat intuitsiyaning nervfiziologik asosi hisoblanadi. Bu 
kutilmaganda, behosdan ro‘y berganligi uchun kishilar intuitsiyani ilohiy va 
g‘ayritabiiy mohiyatga bog‘lab tushuntirishga urinishadi, lekin uning zamirida 
o‘ziga xos psixik jarayonlar yotadi. Intuitsiya inson miyasida ro‘y beruvchi o‘z-
o‘zini sozlash, o‘z-o‘zini muvofiqlash mexanizmi bilan bog‘langan. Miyada 
muayyan paytda o‘z-o‘zidan ishlash jarayoni sodir bo‘ladi va u o‘z-o‘zicha yangi 
bilimni ishlab chiqadi. Bu jarayonni ongli nazorat qilmaganligimiz tufayli 
miyamizga yangi fikr quyilib kelgandek bo‘lib tuyuladi. Aslida bu fikrni miyamiz 
o‘z-o‘zidan hisoblab chiqqan bo‘ladi. 
Mushohada, insayt, intuitsiya mashaqqatli ilmiy izlanish, yangi faktlarni topish 
va ularni ilmiy farazlar, tizimlar, nazariyalar va qonunlarda ratsional, mantiqiy-
diskursiv anglab etish bilan bir qatorda, ilmiy ijodning zarur jihatlari, olimning 
izlanuvchan, jonli, tirishqoq aqlining doimiy hamrohlaridir. Buyuk fizik A. 
Eynshteyn ilmiy ijodda intuitsiya, faraz, mushohadaning ahamiyatini qayd etgan 
holda, «Mohiyat e’tibori bilan, faqat intuitsiyagina chinakam qimmatga egadir», deb 
ko‘rsatib o‘tgan edi.
Insonning dunyoni bilish, subyektning obyekt bilan o‘zaro ta’sirga kirishish 
jarayoni o‘ta murakkab va ziddiyatli jarayondir. U olimdan nafaqat ongli, balki 
ongsiz faoliyat ko‘rsatishni ham talab etadi.
Insonning ong osti sohasining bilish faoliyati intuitiv bilish deb ataladi. 
Intuitsiya esa – bu bilish obyektining ayni shartlarda boshqa yo‘l bilan asoslab 
bo‘lmaydigan xossalariga bevosita, nomantiqiy tarzda haqqoniy deb qarashdir. 
Ilmiy ijodda intuitsiya sezgi va aql-idrok faoliyatiga qarshilik ko‘rsatmaydi, balki 
bilishning hissiy va ratsional jihatlari bilan uzviy bog‘lanib, ularni to‘ldiradi.
Subyektning obyekt borlig‘i qonuniyatlarini, uning xossalari va aloqalarini 
hissiy va ratsional bilishi ongning ijodiy faolligiga yorqin misol bo‘la oladi. Ammo 
ongli darajada sodir bo‘luvchi insonning ijodiy jarayoni uning ruhiyatining yanada 
chuqur – ongsiz va ong osti qatlamlariga ham kirib boradi. Hozirgi zamon ilmiy 
tasavvurlariga ko‘ra, insonning ongsiz ong osti ruhiy faoliyati sohasi ba’zan ong 
anglab etmaydigan sezgilar, tasavvurlarni o‘z ichiga oladi. Ong osti sohasi ma’naviy 


hayotning tush ko‘rish, gipnoz holati, anglanmagan istaklar, tashvishli sezgilar, 
masalan, inson hayotida ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lishi arafasidagi tashvishli 
sezgilarni qamrab oladi.
Ruhiyatda ong, ong osti sohasi va ongli narsalarning o‘zaro aloqasi 
masalalariga psixoanaliz asoschisi Zigmund Freyd katta e’tibor bergan. Uning 
fikricha, inson ruhiyati uch sohadan: “U”, “Men”, “Mendan Ustun” sohalardan 
tashkil topgan. “U” – ongsiz mayllarning teran qatlami bo‘lib, unda gedonizm, 
lazzatlanish prinsipi etakchilik qiladi. “Men” – bu shaxsning ong sohasi, ongsiz soha 
bilan reallik prinsipi hukm suruvchi tashqi olam o‘rtasida vositachidir. “Mendan 
Ustun” soha – bu shaxsning ichki ma’naviyati, vijdoni, ta’bir joiz bo‘lsa, shaxsning 
ichki ijtiomiylashish darajasidir. Z.Freyd eksperimentlar va klinik tadqiqotlar 
negizida insonning ma’naviy olamida ongsiz narsalar, shu jumladan bilish va ijodiy 
faollikning rolini asoslab berdi.
Ong osti sohasi va intuitsiya ilmiy bilish jarayonida bir-biri bilan uzviy bog‘liq. 
Strukturaviy lingvistika sohasidagi yirik mutaxassis, til psixomexanikasi 
nazariyasining asoschisi Gyustav Giyom bilish jarayonida hodisalarni aniq ko‘rish, 
ularning mohiyatini teran tushunishda intuitsiya muhim rol o‘ynaydi, deb e’tirof 
etgan. O‘z ma’ruzalarida Giyom shunday deb qayd etgan: “Intuitiv mexanikada 
barcha operatsiyalar ongsiz ravishda sodir bo‘ladi. Ongsizlik, intuitsiya – bir xil 
narsalardir, natijani ko‘rish imkonini beruvchi til strukturalari bilan tasdiqlanuvchi 
intuitiv mexanika operatsiyalarning samaradorligi bizda o‘zimiz boshqara 
olmaydigan, kuchi bilimlarimizni oshirishda emas, balki bashorat qilish (luicidite) 
qobiliyatimizni kuchaytirishda bo‘lgan faoliyat darajasi mavjudligidan dalolat 
beradi”.

Download 90.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling