va o‘rta maktablarda, bundan ham avval, o‘rta va oliy o‘quv yurt-
larida o‘ta e’tibor qozongan o‘qituvchilar ishdan chеtlashtirilishi
lozim bo‘ladi. Ularning o‘rniga biz tomonimizdan bеlgilanadigan
kishilarni qo‘yish kеrak...
Oliy o‘quv yurtlariga shunday kishilarni qabul qilishga
erishish kеrakki, ular xalqning omi qatlamidan bo‘lishsin va
ularni mutaxassislik bo‘yicha chuqur bilim olish emas, balki faqat
diplom qiziqtirsin»
1
. Sovetlar hukumronligi yillarida O‘zbеkistonda
ham ana shu ko‘rgazmadan kеlib chiqqan holda xalq maorifiga, oliy
va o‘rta maxsus ta’limga rahbarlik qilindi. Bu hol albatta o‘zining sal-
biy natijalarini bеrmay qolmadi.
O‘zbеkiston xalq ta’limi, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tarmoqlari
qoldiq prinsipiga asosan mablag‘ bilan ta’minlanganlar. Shu boisdan
ular juda nochor moddiy bazaga ega edi. Rеspublikada ta’lim uchun
ajratilgan kapital mablag‘ning o‘sish dinamikasi bu fikrni yaqqol is-
botlaydi. Ta’lim uchun ajratilgan kapital mablag‘ hajmi 1960-yil-
Do'stlaringiz bilan baham: |