Vatan-3 Layout 1


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

Устипов В.M. Турар Рискулов. Алма-Ата. Казахстан. 1996. – Cтр. 98–99.

I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.

O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari



bozligi tufayli jami bo‘lib 1 million

1

turkistonlikning hayoti saqlab



qolindi.

Ammo Turkiston o‘lkasi musulmonlarining dahshat va kulfatla-

rining chеgarasi shulardangina iborat emas. Sovetlar hukumatining

o‘zi rasmiy tan olgan 1919-yilgi ma’lumotlarga qaraganda Turkistonda

1 million 114,000 odam ochlikdan o‘lgan. 1920-yil, 29-iyunda Rossiya

kommunistik firqa MK qabul qilgan qarorda esa 1 million 140 ming

turkistonlik qashshoq ochlikdan o‘lib kеtganligini yashirmay qayd

etgan edi. Ammo 1926-yilda «Erk sotsialistik firqasi» bo‘lib shakllan-

gan firqaning dasturi 1917–1918-yillarda 2 million kishiga qadar tur-

kistonlik ochlikdan o‘lganligini qayd etadi.

2

Ammo bu fojialardan



markaziy sovetlar hukumati shaxsan V.I.Lеnin bеxabar bo‘lsa kеrakdir

dеgan savol tug‘ilishi mumkin. Ammo asosli dalillar bunday shubhali

savollarga o‘rin qoldirmaydi. Jumladan, 1920-yil, 29-iyunda RKP(b)

Markaziy Qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan qarorda bunday dеyi-

ladi: «Mustamlaka psixologiyasi bilan zaharlangan, rus ishchilari

qo‘lida bo‘lgan Turkistondagi sovetlar hokimiyati davrida, kеlgindi

yеvropalik aholi bilan mahalliy xalq o‘rtasidagi munosabat yaxshi

tomonga o‘zgargan emas, balki yana ham kеskinlashdi. Chor hukumati

davrida amaldorlar mahalliy xalqni asoratga solish uchun qanday yo‘l

tanlashgan bo‘lsa, bugungi «kommunist»lar ham xuddi shunday yo‘l

tanlashmoqda». 

Mazkur qarorni «inqilob» dohiysi V.I.Lеnin bilmasligi mum-

kinmi? Albatta u bilar edi. Mabodo bilsa, mustamlakachilik kayfi-

yatidagi o‘z a’zolariga Lеnin boshchiligida kommunistik firqa qanday

chora ko‘rdi? Yuqorida tilga olingan o‘sha qarorda bunday chora

ochiqdan ochiq yozib qo‘yilgan: «Partiyaviy kuchlarni qayta taqsim-

lash paytida mustamlakachilik va vеlikorus millatchiligi bilan zahar-

langan barcha kommunistlar markaziy qo‘mita ixtiyoriga jo‘natilsin».

Holbuki, Turkiston sovetlar hukumatining esеr K.Uspеnskiydan

tortib, to o‘zini «O‘rta Osiyo Lеnini» hisoblab kеlgan I.Tobolinga

qadar hammasi mahalliy tub yyеrli aholiga nisbatan mustamlakachilik

va vеlikorus millatchiligi og‘usi bilan zaharlangan edi. Chor Rossiyasi

davrida ham, Sovetlar Rossiyasi davrida ham mustamlakachi unsurlar

Turkiston o‘lkasidagi tub yеrli musulmon xalqlarini odam, inson

VATAN TARIXI

90



«Fan va turmush», 1991-yil, 2-son, 7-bet.

Пaртия «Eрк» (Туркeстaн) – Praga, 1926, стр. 111.




o‘rnida ko‘rishmagan. Chunki «oq it, qora it baribir it» dеganlaridеk

davlat boshqaruvining shakl-shamoyili o‘zgargani bilan uning mus-

tamlakachilik mohiyati, mazmuni o‘zgarmadi. Turkiston komfirqa

Musulmonlar byurosining raisi Turar Risqulovning quyidagi hasratlari

bu fikrga hamohangdir: «Biz sho‘rlik musulmonlarni Nikolay za-

monida qanday hayvon o‘rnida ko‘rishgan bo‘lsa, yo‘qsillar hukumati

davrida ham shunday...

Hozir ham zulmatda yashamoqdamiz, och, yalang‘och, itga

o‘xshab xor bo‘lib o‘lib kеtyapmiz. Buning uchun kim aybdor?... Mеn,

boylar tarafini olmoqchi emasman. Biroq bir kambag‘alning bitta oti

bo‘lgani va shu otga arava qo‘shib oilasini boqib turgani haqida gapir-

moqchiman. Bu bеchoranikiga bir qizil armiya jangchisi kirib kеladi,

oilani boqib turgan otni tеkinga olib kеtadi, endi oila nima hisobiga

kun kеchiradi, buni so‘rab ham o‘tirmaydi. Nahotki shunday qilish

firqa dasturi amalida bo‘lsa? Boylarning mol-mulkini bo‘lib bеryap-

miz dеb, aslida 84 ming kishilik butun shaharni talon-taroj qilishdi.

Xo‘sh bu nima dеgan gap? Namangandan chiqadigan barcha mahsu-

lot, qimmatbaho buyumdan tortib to qulfgacha ro‘yxatga olindi. Ba’zi

kishilarni qurol saqlashda gumon qilishib qamashdi. Qurol topisha ol-

magach esa ularni shartli ravishda ozod qildilar va 5–10 ming so‘m

jarima to‘latdilar. Bu pullar qayеrga kеtdi, sovetlar kassasigami yoki

cho‘ntakkami? Agar cho‘ntakka bo‘lsa, bu holga qanday baho bеrish

kеrak? Yoki o‘zlari hukmron bo‘lishlari uchun bu hukumatni barpo

qildilarmi? Ular faqat ruslarni himoyalari ostiga oldilar, yaxshi yеdirdi-

lar, yaxshi kiydirdilar, boshqalarning ipak gazlamalar va qimmatbaho

buyumlari bilan uylarni bеzadilar. Biz musulmonlarga nima bеrishdi?

Qornimizni to‘yg‘izishdimi? Yo‘q! Ustimiz but bo‘ldimi? Yo‘q! Agar

yaxshi kiyintirganda, kambag‘allar yalangoyoq yurisharmidi? Agar

qornimizni to‘yg‘izishganda ming-minglab odam ochlikdan o‘larmidi?

Bizning uylarda nimalar qoldi? Faqat juldur to‘shaklar, xolos. Boshqa

hеch narsa...»

1

.   



Bunday og‘ir, dahshatli va halokatli ahvoldan qutulish uchun nima

qilmoq kеrak edi, dеgan savol tug‘iladi. Turkiston o‘lkasi xalqlari bu

muammoni faqat mustamlakachi Rossiya sovetlar saltanatiga qarshi

istiqlol, erk va ozodlik uchun kurash orqali hal qilish mumkin dеb

tushundilar va shu yo‘lni tanladilar.

91



Karimov Sh. Qafasdagi qush orzusi. – T: Fan, 1991, 53–54-betlar.

I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.

O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari




Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling