Vatan madhi reja: I. Kirish


Vatan - onaday muqaddas ma'vo


Download 27.46 Kb.
bet4/4
Sana17.01.2023
Hajmi27.46 Kb.
#1097844
1   2   3   4
Bog'liq
Vatan madhi

Vatan - onaday muqaddas ma'vo
Kim o‘z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi.

(Jorj BAYRON, ingliz shoiri)

Anchadan beri Vatan haqida yozishga urinaman. Biroq, hech narsa chiqmayotganga o‘xshaydi. Qoralamalarim qoralama holida qolib ketaveradi. O‘ylasam, Vatan haqida yozish juda qiyin ekan. Negaki, Vatan bizga Alloh tomonidan berilgan eng buyuk ne'mat bo‘lib, u haqda har qancha yozsang ham yana qaysidir jihatlari qolib ketayotganday, go‘yo misralar ojiz, rangsiz, g‘aribday tuyulaverarkan. Vatan haqida aytmoqchi bo‘lganlaring esa, behisob. Shunchalar ko‘pki, hisobdan adashib ketasan kishi...


Xalqimiz odatda Vatan so‘ziga Ona so‘zini qo‘shib talaffuz qiladi: Ona vatan. Bu Vatanning onaday aziz, mehribon, jonkuyarligiga ishora bo‘lsa kerak-da. Axir inson uchun onadan azizroq kishi bormi? Jismu jon ato qilib, yana boshimizda tunlarni bedor o‘tkazgan zotdan, a? O‘ziga bori zahmatlarni olib, rohatni farzandiga ilinganini ta'riflashga har qancha "mehribon" degan so‘z kamlik qilmaydimi? O‘zga jon uchun, uning baxti, kamoli, ertangi kuni deb kerak bo‘lsa, o‘z jonidan ham kechadigan yana kim bor olamda?! Aslida esa, mana shu tuyg‘u, tasavvur, rishta, shuncha mehrning hammasi Vatanning bir parchasi, bir bo‘lagi xolos.
Tumanimiz qishloqlaridan birida yashovchi bir yigit bilan gaplashib qoldim-u Ona bilan Vatanning yana bir umumiy jihatini kashf etdim o‘zimga. Bu – ularning har ikkisiga xos bo‘lgan kechirimlilik fazilati edi.Yigit yaqindagina jazoni ijro etish joyidan qaytgan ekan. Konstitutsion tuzumga qarshi chiqishdek og‘ir jinoyatni sodir etganiga qaramay, kechirilibdi.

– Mustaqillikning ilk yillari edi, – deb so‘z boshladi u. –Hali ongi to‘liq shakllanib ulgurmagan o‘spirin bolaman. Mahallamizdagi bir oilaning dindor, namozxonligiga juda havas qilardim. Keyin men ham shularga o‘xshashni istab qoldim. Ustoz ham tez orada topildi. Men diniy ta'lim olishni, xat-savod chiqarishni boshladim. Biroq, yillar o‘tib tushundimki, islomiy ta'lim, deb berilayotgan o‘sha bilimlar meni dindan uzoqlashtirish, ongimni zaharlab manqurtga aylantirish, mendan o‘z Vatanimga qarshi qurol yasashga qaratilgan ekan.


Ha, yigit haq edi. Mustaqillik tufayli yurtimizda dinga bo‘lgan munosabat o‘zgarib, pok Islomiy qadriyatlar tiklandi. Odamlarimiz emin-erkin namoz o‘qib, ro‘za tutadigan, istasa, Haj ziyoratiga bemalol boradigan bo‘lishdi.
U yana bir narsani to‘g‘ri anglab yetibdi: Vatanimiz ozod bo‘lib, o‘z taqdirini o‘zi belgilaydigan kunlarga yetishgani, endi porloq kelajak yaqinligini ko‘ra olmaydigan kuchlar hali tajribasiz, g‘o‘r yoshlar, bilimsiz kishilarni yo‘ldan urish harakatiga tushib qolgandilar.
O‘sha paytlarda eshitganim, bir voqea hech yodimdan chiqmaydi.

Bir odam farzandini o‘sha yigit aytganday "ustoz"ga topshiradi: eti sizga, suyagi bizga. Bola pastqamgina, nimqorong‘i hujrada soqoli ko‘kragiga tushgan yigitdan "ta'lim-tarbiya" olishga kirishib ketadi. Oradan oylar o‘tadi. Bir kuni haligi odam farzandiga uyda qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni buyuradi. Shunda bola, "yo‘q, men siz aytgan ishlarni qilmayman", – deydi to‘satdan. Hayron qolgan ota buning sababini so‘raydi.

–Ota bo‘lib, menga nimani tanitdingiz? Siz otalikka noloyiqsiz. Shuning uchun aytganlaringizni qilmayman, – deb javob beradi bola.

Otaning holini tasavvur qilyapsizmi? U ana shu alfozda "ustoz"ning oldiga yetib boradi.

–Men ham mo‘min-musulmon odamning farzandiman. Islom dini ota-onani qanday maqomda ko‘rishidan xabarim bor. Bizga "ota rozi – xudo rozi", deb o‘rgatishgan. Siz farzandimning ongini zaharlabsiz. Otaga qo‘l ko‘tarishga qodir bo‘lgan manqurtga aylantiribsiz. Bugundan boshlab, uning sizday ustozi yo‘q, – deydi-da bolasini olib, qaytib ketadi.

Xo‘sh, o‘zlarini "ustozi komil" qilib ko‘rsatgan bu kimsalar kimlar edi? Ular qanday maqsadda yoshlarni yo‘ldan urishgan? Milliyligimiz, ma'naviyatimizdan nega uzoqlashtirmoqchi bo‘lganlar?

Hali aytganimizdek, dunyoda Istiqlolimiz va istiqbolimizni ko‘ra olmaydigan kuchlar bor. O‘zbekiston degan davlat gullab-yashnasa, hech kimga muhtojlik sezmay, mustaqillik yo‘lidan borsa, mintaqadan manfaat ko‘rishni istaydigan o‘sha kuchlar nima qilib bo‘lmasin, uning yo‘lini to‘sishga intilishadi. Turli oqim va g‘oyalarni o‘ylab topishadi, yoshlar ongini zararlab, hududda bo‘shliq hosil qilmoqchi bo‘lishadi. Muhtaram Prezidentimizning "Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch" asarida bu haqda shunday deyiladi: "...insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya'ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma'naviyatidan judo qilishga urinadi".

–Keyin bilsam, men "Hizb ut-tahrir" oqimining ta'siriga tushib qolgan ekanman, – deya so‘zida davom etdi haligi yigit. –Ularning maqsadlari yurtimizda xalifalik qurishdan iborat edi. To‘g‘risini aytganda, o‘sha paytlarda xalifalik nima ekanini ham bilmasdim.

"Hizb ut-tahrir" o‘zining insoniylikdan umuman uzoq bo‘lgan xatti-harakat va g‘oyalarini Qur'on oyatlari va hadislarni noto‘g‘ri talqin qilish orqali isbotlashga urinayotgan diniy-siyosiy oqim bo‘lib, uning da'volari Islom ulamolari tarafidan allaqachon noto‘g‘ri deb topilgan.

–Oqimning asosiy maqsadi xalifalik davlatini qurishdan iborat bo‘lib, "hozirgi kunda musulmonlarning zimmalaridagi dolzarb vazifa xalifa saylashlik, toki, ular bu ishni ado etmas ekanlar, ularning boshqa ibodatlari befoydadir", degan g‘oyani ilgari surishadi, – deydi tumanimizdagi "Oqtepa" jome masjidi imom-xatibi Sanjarbek Mamanazarov. –O‘zlarining bu da'volariga Rasululloh (s.a.v)ning: "Kimki imomsiz (ya'ni xalifasiz) yashab o‘tsa, u johiliyat zamonida vafot etgandek vafot etibdi", degan hadislarini dalil qilib keltiradilar. Farazan ularning bu da'volari haq bo‘lsa, yer yuzidagi bir yarim milliard musulmonlarning o‘qiyotgan namozlari, tutayotgan ro‘zalari hamda boshqa ibodatlari befoyda ekan-da! Bunday "buyuk kashfiyot"lar qilayotgan kimsalarning ko‘pchiligi Qur'oni karimni o‘qish tugul, xat ham tanimaydigan savodsiz kishilar aslida. Ularga bizning raddiyamiz Payg‘ambarimiz (s.a.v)ning: "Mendan keyin xalifalik 30 yil davom etadi...", degan so‘zlaridir. Hazrati Ali (r.a)ning xalifalik davri tugashi bilan komil xalifalik tugagan. Hanafiy mazhabining yetuk ulamolaridan biri bo‘lgan Shayx Ahmad al Juvonfuriy (r.a) "Tafsiyrotul Ahmadiya" nomli kitobida "Komil xalifalik shartlari topilmaganligi sababli zamonamizda xalifalik yo‘qdir. Chunki, shartlarning eng kichigi ham qurayshga mansub bo‘lishdir", deganlar.

Afsuski, o‘sha yigit va unga o‘xshagan g‘o‘r yoshlar buning farqiga bormasdilar. Oq-qorani ajratish uchun ularning bilimlari ham yetarli emasdi. Bu esa, dushmanni ichimizdan chiqarishni istagan g‘arazli kishilarga ayni qo‘l kelgan.

–Bir kuni o‘ylanib qoldim, – davom etdi yigit. –Uzoq o‘ylandim: men qayoqqa qarab ketyapman o‘zi? Har kuni dunyoning hali u, hali bu mamlakatida xunrezliklar uyushtirayotgan, minglab begunoh insonlarning qonini to‘kayotgan, Alloh akbar, deya avtobus to‘la norasidalarni, masjiddagi namozxonlarni portlatib yuborayotgan, bu bilan pok dinimiz nomiga dog‘ tushirayotgan xudobexabar jallodlarning etagini tutdimmi? Endi mening, farzandlarimning kelajagi nima bo‘ladi? Bir dunyo umidlar bilan katta qilgan ota-onamning or-nomusi qayerda qoladi? Mahalla-ko‘y, qarindosh-urug‘lar yuziga qanday qarayman? Mening tinch-osoyishta yashashim, odamlardek umr kechirishim uchun hamma sharoitlarni yaratib bergan Vatanimga rahmatim shumi?.. O‘sha kuni qat'iy qarorga keldim: Yo‘q, men ular bilan birga emasman. Nima qilishsa, qilishsin. Lekin, bu yo‘ldan qaytaman. Bilasizmi, meni bunga hech kim majbur qilgani yo‘q. O‘zim, o‘sha notavon aqlim bilan topdim bu haqiqatni. Yurtimiz bilan ayrim qo‘shni mamlakatlarni solishtirib ko‘rib chiqardim bu xulosani. Ha, men adashdim, lekin o‘nglanishga hali kech emas, deb o‘yladim. Va shundan keyingina ruhim orom topdi. Men singari Vatanda Vatandan ayro yurgan adashgan darbadarlar ham bu haqiqatni tezroq anglab yetishlarini juda-juda istayman. Uyga qaytgan kunim mahalladoshlar kirishdi. Oqsoqollar "davlatimiz, xalqimiz seni kechirdi, senga ishondi. Ko‘pning ishonchini oqla endi, o‘g‘lim", deyishdi. Mahalla faollari tibbiy ko‘rikka yuborishdi. Hech qanday xarajatsiz ko‘rikdan o‘tdim. Mutasaddilar kelib, ishga joylashishga yordam berishlarini aytishdi. Moddiy yordam tayinlashdi. Bugun juda xursandman, qilmishimdan uyatdaman. Men so‘qir banda o‘z onamga tosh otibman-a! Bundan unga aziyat yetishini o‘ylamabman ham...


Ha, Vatan ham xuddi Ona kabi o‘z farzandining xatolaridan iztirob chekadi. Yuragi zardobga to‘ladi. Lekin, kechiradi. Muhimi, farzand o‘z xatolarini anglab yetsin. To‘g‘rilanish yo‘lini tutsin. Bilim olsin, yurtga naf keltirsin. Kindik qoni tomgan shu zamin bilan o‘zini yaxlit deb bilsin.

Vatanga muhabbat so‘zda emas, amalda isbot qilinadi, deydilar. Demak, har birimiz uni sevish barobarida ko‘z qorachig‘idek asrashimiz, e'zozlashimiz, turli zararli g‘oya va nag‘malar oldida hamisha hushyor turishimiz, bir-birimizni ham shunga da'vat etishimiz lozim. Shundagina Vatandan rizolik topamiz. Mana shu rizolikning o‘zida ne-ne hikmat mujassam. Zero, Vatan – onaday muqaddas ma'vo.



XULOSA

Hulosa örnida shuni alohida aytishim mumkinki, bu aziz va muqaddas vatan sizu bizlarga kecha yoki bugun bunyod etilmagan. Bu muqaddas vatan buyuk ajdodlardan avlodlarga me'rosdir. Shuning uchun vatan taraqqiyoti yölida ozmi, köpmi qöldan kelgancha öz hissamizni qöshish barchamizni burchimiz. Ushbu blokpost orqali vatanim hayotida salgina özgarish kirita olganimda edi. Men uchun bu eng katta baxt bölgan bölar edi.
Download 27.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling