Vatanim surati
Oriental Renaissance: Innovative
Download 430.77 Kb. Pdf ko'rish
|
118 Ahmedova Umidaxon Yodgorjon qizi 877-883
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 881 w www.oriens.uz December 2021 nomi berilgan. Vaqt o‘tishi bilan esa bu so‘z Namangan shaklini olgan. Bu nomning kelib chiqishi borasida juda ko‘p taxminlar mavjud. Buni shaharning Buyuk ipak yo‘lida muhim o‘rin egallagani, tranzit hudud sifatida turli millat va elatdagi savdogarlarga qo‘noq bo‘lgani va tabiiyki, har bir tilda alohida nomlan-gani bilan izohlash mumkin.[1] O‘zbekiston iqtisodiyotida alohida o‘ringa ega Navoiy viloyatining nomi mutafakkir Alisher Navoiy sharafiga bag‘ishlab qo‘yilgani hech kimga sir emas. Xiva qal’asining nomi “Xevaq” qudug‘i nomi bilan bog‘liq, “Xey-vax” esa mamnuniyat, qoniqish, xitob belgisi degan fikrni bildiradilar. Yana birovlar uni “Xevak” xoli, quruq, bo‘sh yoki g‘ovak joy degan ma’noni bildiradi, deb taxmin qiladilar. Sharqshunos I.Beryozin Xeva toponimini “Hayva” va “Xavi” so‘zlari bilan bog‘laydi va quruq, bo‘shliq qo‘rg‘on deb izohlaydi. Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra “Xevaq so‘zidagi” “-aq” kichiklik ma’nosini bildiruvchi qo‘shimchadir. Qal’ajiq, kichik kal’a, Indavak, Pitnak kabi Xevak ham kichik qal’a ma’nosini bildirishi ehtimoldan xoli emas degan fikrlar mavjud. Gruzin, mojar, (venger) osetin tillarida ham Xi-suv, quv-ovul, qishloq, qo‘r-g‘on, qal’a ma’nolarini anglatadi. Qadimgi Xorazmiy tilidagi “Xa”, “Xi-suv”, “Kang”- daryo, anhor, xa-o‘z (suv saqlash joyi) -hovuz Xa, Xi, Xoy, Chu, Su, (suv) kabi lingivistik jarayonni bosib o‘tgan va asta-sekin turkiylashgan bo‘lishi ehtimol-dan holi emasdir. Shuningdek, turkiy tillardagi qiya, hiya, xiv,(qoya, tepalik tog‘ cho‘qqisi) ma’nolaridagi so‘zning isboti sifatida "Xiv”atamasiga bir necha misol keltirish mumkin. Agar ta’bir joiz bo‘lsa, shahar nomining asl ma’nosi Xiy-vo bo‘lib qadimgi xorazmiylar tilidagi Xi (Xiy) -suv, vo esa bo-bor (ya’ni suvi bor) kuduq, tepalik-dagi ko‘rg‘on, qal’acha deganidir. XULOSA Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqadigan ilmiy xulosa shuki, Xiyvo dunyoning eng qadimgi qo‘rg‘on-qal’alaridan biri bo‘lib, u “Qal’ai Ramul”, “Xevaq”, “Xiva”, “Xiyvo” shaklida atalib kelingan va ajdodlarimizning 2-3 ming yillik tarixidan guvohlik beruvchi tabarruk shaharlardan biridir. Ko‘rinib turibdiki, Xiva atamasi Hind-Ovro‘po tillari oilasiga mansub xoraz-miylar tili bilan ko‘chmanchi turkiy xalqlar tilining qorishmasidan paydo bo‘lgan va u qadimiy qum tepaligida joylashgan quduqli qo‘rg‘on, suvli maskan, odamlar yashaydigan obod qishloq- qal’a shaklida iste’molga kirgan. “Xeva” esa arabcha, forscha, talaffuz mahsulidir. Zero, qal’aning “Xeva” tarzida iste’molga kirishi siyosiy- ijtimoiy muhitning mahsuli, to‘g‘rirog‘i, XIX asrning so‘nggi choragidan keyin ruslar tomonidan kiritildi. Mahalliy xalq uni Xiyvo shaklida talaffuz etadi [2,3]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling