Vazirligi alisher navoiy
Download 371.65 Kb.
|
5aed53e0b7cda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra mudiri: Sh.N.Mustafayev Kotiba: Xolmurodova S.
KAFEDRA YIG’ILISHI QAROR QILADI:
IV- kurs bitiruvchisi Rashidova Yulduzning bitiruv malakaviy ishi to’g’risidagi kafedra a’zolarining bildirgan fikrlari ma’lumot uchun qabul qilinsin. Bitiruv malakaviy ish to’g’risidagi ba’zi bir kamchiliklar Yakuniy Davlat attestatsiyasiga qadar bartaraf etilsin. Rashidova Yulduzning malakaviy bitiruv ishi YaDA himoyasiga tavsiya etilsin. Kafedra mudiri: Sh.N.Mustafayev Kotiba: Xolmurodova S. SamarqandDavlatuniversitetiMusiqa, badiiygrafikavamehnatta’limimaktabimusiqata’limiyo’nalishibitiruvchikurstala basiRashidova Yulduzning «Musiqa madaniyati darslari va sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi ishlarini tashkil etish metodlari» nomlimalakaviybitiruvishiga ilmiy rahbarMULOHAZASI Prezidentimiz Islom Karimov o’z asarlaridan birida go’yoki beozor bo’lib ko’rinadigan musiqa ham yoshlar ongiga qanday mafkuraviy jarohat yetkazish mumkinligi haqida yozgan edi. Ta’lim muassasasida o’tkaziluvchi tadbirlar – o’quvchilarning bo’sh vaqtlarida, maxsus tashkil qilinadigan mashg’ulotlar bo’lib, ular o’quvchilarning u yoki bu mavzulardagi bilimlarini chuqurlashtirishga, malaka va kg’nikmalarni rivojlantirishga, qiziqish va qobiliyatlarni g’stirishga qaratilgan bo’ladi va o’quvchilarning oqilona dam olishlarini ta’minlaydi.Odatda maktablarda an’anaviy bayramlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar darsdan tashkari ishlar doirasida, o’quvchilar jamoasi bilan, faol o’quvchilar tomonidan tashkil etiladi va o’tkaziladi. Shartli ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbir - milliy an’anaviy bayramlarning ijtimoiy tarkibini tashabbuskorlar, tashkilotchilar, ijrochilar va ishtirokchilarga bo’lib talqin qilish mumkin. O’quvchilarning qiziqishlarini oshirishda ularning badiiy ijodiyotdagi shaxsiy muvaffaqiyatlari katta rol o’ynaydi. Ijodiy omadsizliklar esa ularning ruhlari tushib ketishiga olib kelishi mumkin. O’quvchilik yoshida bu holat juda xarakterli va dolzarbdir. Odatda shunday bo’ladiki, musiqa to’garaklarida, kechalarida ijro etilgan ommaviy ashula aytishda kuy va ohanglarni yaxshi ajrata olmaydigan, noaniq talaffuzli, yaxshi musiqiy ta’lim olmagan o’quvchilar o’qituvchining diqqat e’tiboridan chetda qoladi. Musiqani yaxshi farqlay olish qobiliyatiga ega bo’lgan toza talaffuzli o’quvchilar mashg’ulotlarni darslarni qiziqib tinglaydilar. Ular ansambl, xorning faollari bo’lib, o’qituvchining suyanchig’iga aylanadilar. Shu sababli musiqiy jihatdan kuchsiz o’quvchilarning musiqani eshitishdagi, ashula aytishdagi hatto eng kichik muvaffaqiyatlarini ko’ra bilish va qo’llab-quvvatlash lozim. Bitiruv malakaviy ish Kirish qismi, ikki bob, 6 banddan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Malakaviy ishda Rashidova Yulduz o’quvchilarni badiiy to’garaklarda g’oyaviy- estetik tarbiyalashning nazariy masalalari ishlab chiqilganligi, ta’lim muassasalarida milliy badiiy-estetik an’analardan foydalanishning imkoniyatlari ko’rsatib berilganligi; milliy an’analar tizimi va tarixi tahlil qilinib, ularning tarbiyaviy imkoniyatlari tavsiflangan. Bitiruv malakaviy ishni yozish davomida tadqiqotchi havaskor o’quvchilarda “ommaviy madaniyat”, “axloqsizlik falsafasi”, missionerlik va prozelitizm mafkuralari ta’siriga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishning shakl, metod va vositalarining mazmuni, xususiyatlari aniqlab bergan. Albatta ishda kamchiliklar ham mavjud, lekin bu kamchiliklar ishning yaxlitligiga ta’sir ko’rsatmaydi. Men, ilmiy rahbar sifatida Rashidova Yulduzning bitiruv malakaviy ishini YaDA-siga himoya qilishni tavsiya etaman. Download 371.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling