Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


Partada ketma-ket holda uch o‘quvchi o‘tiradi. Ularning birining yelkasiga


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana04.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1157287
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
boshlangich sinf oquvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish


Partada ketma-ket holda uch o‘quvchi o‘tiradi. Ularning birining yelkasiga 
qizg’aldoq rasmli kartochka, ikkinchisiga qoqigulli kartochka va oxirgisiga 
gulxayri rasmi chizilgan kartochka ipli ilgak bilan osib qo‘yiladi. 
Uchinchi o‘quvchi oldingi qatordagi kartochkalarni ko‘rib javob berishni 
boshlaydi: 
- Mening kartochkamda gulxayri chizilgan. Oldingi qatordagi kartochkani 
ko‘rib va orqadagi o‘quvchining javobini eshitgan holda ikkinchi o‘quvchi ham 
javob beradi: 
- Mening kartochkamda qoqigul tasvirlangan. Birinchi o‘quvchi esa 
eshitgan ikki javobga asosan o‘z yelkasidagi kartochkada qizg’aldoq 
tasvirlanganini biladi. 
Hamma javob to‘g’ri. Har bir o‘quvchi o‘z javobini o‘yin so‘ngida 
tushuntirishi lozim. O‘yin bir necha marta qaytariladi. 
3. Sinf bo’yicha, yakka va guruh o‘yinlar (o‘quvchilarning o‘quv-bilim 
olish kichik yoshdagi o’quvchilar ijodiy qobiliyatini tarbiyalashini tashkil etish 
bo‘yicha). 
Sinf bo‘yicha bajariladigan o‘yinlarda barcha o‘quvchilarga umumiy bitta 
masala beriladi. O‘yin sharti o‘qituvchi tomonidan aytiladi yoki o‘yin
masalasi 


59 
doskaga yozib ko‘rsatiladi. Yakka o‘yinlar - bunda har bir o‘quvchiga o‘z
masalasini bajarish imkoniyati beriladi. Guruh bo‘lib bajariladigan o‘yinlarni 
o‘tkazish uchun ikki va undan ortiq o‘quvchilardan iborat guruh tashkil etiladi. 
Ular kelishgan holda ish yuritib o‘zaro muloqotda bo‘lishadi. 
Amaliyotda ko‘pincha asosan o‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladigan 
umumsinf o‘yinlardan foydalaniladi. Bunday o‘yinlarning imkoniyat va 
xususiyatlarini ochish uchun "o‘yinchoqlar do‘koni" deb ataluvchi o‘yinga 
murojaat qilamiz (o‘yin birinchi guruxlarda, tayyorlov davrida, buyumlarni rang va 
hajmi bo‘yicha qiyoslashni, hisoblashni o‘rgatish maqsadida o‘tkaziladi). 
O‘qituvchi quyidagicha masala va savollarni tavsiya qiladi: 
- o‘zingga yoqqan o‘yinchoqni tanla. Uni ko‘rsat va nomini ayt. U qaysi 
rangda? Yana kim shunaqa rangdagi o‘yinchoqni tanladi? Qizil o‘yinchoq kattami 
yoki yashil ranglisi? Qaysi biri kichkina? Qanaqa o‘yinchoq ko‘p? Qo‘g’irchoqmi 
yoki sichqon o‘yinchoq? 
Menga sariq rangli o‘yinchoq yoqdi. Bu qanaqa o‘yinchoq? Sariq rangli 
o‘yinchoq qancha? To‘g’ri aytganingizni qanday tekshirsa bo‘ladi? (Sanash lozim). 
(o‘yinchoqlar jo‘r bo‘lib sanaladi va o‘qituvchi tomonidan polotnoga qo‘yilgan, 
taxminan 5 ta rasmni o‘zicha hisoblash). 
Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, umumiy holda o‘yinni o‘tkazish 
orqali vaqtdan yutiladi. Chunki o‘qituvchi tomonidan berilgan savol sinfdagi 
hamma o‘quvchiga qaratilgan bo‘ladi va barcha o‘quvchilar jalb etiladi. Shu 
savolga olingan javob hamma o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishi kerak, shu 
bilan birga alohida didaktik masalalar bajariladi. Bunday o‘yinlarni o‘tkazishda har 
bir o‘quvchi jamoaning teng huquqli a’zosi sifatida umumiy faoliyatda ishtirok 
etadi. Shuning uchun o‘yin amaliyotida o‘quvchilar ko‘pincha jamoa shaklini 


60 
qabul qiladi. Biroq, amalda hamma o‘quvchilar ham bir xil faol qatnashmasligini 
ham ko‘rish mumkin. Bu yerda o‘quvchilarning mustaqil kichik yoshdagi
uquvchilar ijodiy qobiliyatini tarbiyalashi kam. Shu bois mustaqil ishni o‘yinlar 
bilan birga tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Misol uchun keng tarqalgan 
o‘yinlardan biri "qiziqarli kvadratlar" o‘yiniga murojaat qilamiz: o‘qituvchi 
doskaga bo‘yiga eniga uch qatordan kvadratlar chizadi va bolalarga uning 
xususiyatini aniqlashni taklif qiladi. Ya’ni, ustunlar va qator bo‘yicha sonlarni 
qo’shganda faqat bir xil son (masalan 15) chiqishi kerak. O‘quvchilar ushbu 
o‘yinni mustaqil bajarsalar ham umumiy sinf mustaqil ishiga tegishli bo‘lgan tipik 
holat yuzaga keladi. 5-6 daqiqadan keyin bir necha o‘quvchi masalani to‘liq 
bajaradi, boshqa birlari ishning bir qismini bajarsa, uchinchi bir guruh endigina 
ishni boshlagan bo‘ladi. Buning sabablaridan biri shuki, yakka holdagi ish bu yerda 
har bir o‘quvchining tayyorgarlik darajasi va alohida xususiyatini to‘liq hisobga 
ololmaydi. 
Tabaqalashtirilgan mazmundagi alohida o‘yinlar, ya’ni turli 
o‘quvchilar guruhini (bo‘sh va kuchli bilimli, faol va sust) 
hisobga oluvchi o‘yinlar har bir o‘quvchining o‘ziga xosligini 
ko‘rsatish imkonini beradi. 
Bu xil o‘yinlar berilayotgan masalaning hajmi va murakkablik darajasiga 
ko‘ra, o‘qituvchi tomonidan berilayotgan yordam darajasiga ko‘ra (masala 
murakkabligini ancha pasaytirmagan holda) tabaqalashtiriladi. Ularni tashkil qilish 
uchun ko‘pincha didaktik tarqatiladigan material kartochka - masala ko‘rinishida 
foydalaniladi. 
Misol uchun "aylanma" misollarni ko‘rib chiqamiz. 











61 
1. Masala hajmini tabaqalashtirish. 
Barcha o‘quvchilarga yagona masala beriladi: Mazkur misollar "aylanma" 
bo‘la oladimi? Tekshiring. Bunda o‘quvchilarga ikki ustunda masalan 6 tadan 
misol yozilgan kartochkalar tarqatiladi. Bilimi o‘rta o‘quvchilarga har bir ustunda 
4 tadan, sayoz o‘quvchilarga 3 tadan misol beriladi. 
2. Masala murakkabligini tabaqalashtirish. Murakkablikning o‘sish
darajasi 
bo‘yicha joylashgan kartochka-masalalar variantini ko‘rib chiqamiz. 
a) "Aylanma" misollarni yeching: 
15 - 5 = 12 - 3 = 
10 + 6 = 9 + 2 = 
16 - 4 = 11 + 4 = 
b) o‘chirilgan amal belgisini shunday qo‘yingki, natijada misollar 
"aylanma" holatga kelsin. 
18 - 6 = 17 3 = 
20 - 7 = 12 9 = 
21 - 4 = 13 + 5 = 
v) Son va amal belgisini shunday qo‘yingki, natijada misollar "aylanma" 
holiga kelsin. 
27 - 9 =
34 - 15 = 
19 + 34 =
53 =
18 + 16 = 
Uchinchi variantda nisbatan qiyin misollar berilgan va masalaning o‘zi 
murakkab. Birinchi variantda esa misollar nisbatan oddiy, shuningdek ular yechish 
tartibida joylashgan. 


62 
Qo‘shimcha ko‘rsatmalarga muhtoj bo‘lmagan, nisbatan tayyorlangan 
o‘quvchilar bunday masalalarni mustaqil bajarishga kirishadilar. O‘qituvchi zarur 
deb hisoblagan o‘quvchilarga shunday yordamni beradi (kartochka asosida 
ko‘rsatma beriladi). Qaysi misolning boshlanishi birinchi misolning javobi 
sanaladi. Yechishni davom ettiring. Ko‘makchi masalaning maqsadi - o‘quvchilar 
e’tiborini "aylanma" misollarni tuzish va yechishning asosiy qoidasiga qaratish. 
Boshqalardan ko‘ra ishga bo‘sh tayyorlangan o‘quvchilar bunaqa sharoitda 
masalani yecha olmasligi mumkin. Ularga quyidagicha kartochkalarni tavsiya etsa 
bo‘ladi. 
"Aylanma" misollarni yechishni tugallang: 
15 - 10 =
18 : 3 = 
6 : 6 = 
5 + 4 = 
9 + 9 =
1 + 14 = 
Bunday misollar sezilarli darajada o‘quvchining mustaqilligini kamaytiradi. 
O‘yinni yuqorida bayon qilinganidek tashkil etish orqali turli guruhdagi 
o‘quvchilarga 
tabaqalashtirilgan 
holatda 
yondoshiladi 
(mazkur 
ishga 
tayyorgarligini hisobga olgan holda). Shu bilan birga sinfdagi barcha o‘quvchilar 
bitta bir xil masalani bajarish bilan band bo‘ladi va sinf sharoitida ishni 
tekshirishni yengillashtiradi. Keyinchalik bu xil masalalar ustida ishlash mustaqil 
ish ko‘nikmalarining yuzaga kelishiga ko‘maklashadi. 
Mazmunan bir xil, lekin bajarish usuli bo‘yicha turlicha bo‘lgan o‘yinlar 
o‘quvchilarga tabaqalashtirgan holda yondoshuv uchun keng imkoniyatlar 
yaratadi. Misol uchun "Darvozaga to‘p ur" o‘yinini ko‘rib chiqamiz: Doskaga 
futbol darvozasi chizilgan, to‘rga esa masalan, 12 soni yozilgan. Har bir 
o‘quvchiga mazkur javob bilan ma’lum bir vaqt ichida qo‘shishga oid mumkin 
qadar ko‘proq misollar tuzish masalasi beriladi. Bu xil o‘yinlar har bir o‘quvchiga 


63 
o‘z imkoniyatini ko‘rsatishga sharoit yaratadi. Ya’ni ayrim o‘quvchilar misolni 
yechishning 2-3 xil usulini, boshqalari 3-4 xil, uchinchi birlari esa barcha 
imkoniyatni topa oladi. Keyinchalik topilgan javoblarni birgalikda tahlil etish va 
ularni bir tizimga keltirish har bir o‘quvchining alohida imkoniyatining 
rivojlanishiga ko‘maklashadi. 
Amaliyotda jamoa va alohida (yakka) holda bajariladigan o‘yinlarga 
qaraganda guruh bo‘lib bajariladigan o‘yinlar nisbatan kam tarqalgan. Guruhli 
o‘yinlardan o‘quv jarayonida foydalanish ta’lim jarayonida tarbiyalash prinsipini 
amalga oshirishning muhim vositasi sanaladi. Guruhdagi qo‘shma faoliyat har bir 
o‘quvchining shaxsi shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Aynan guruhli 
o‘yinlarda ma’suliyat va burch hissi, o‘zaro nazorat va o‘zaro yordam kabi 
fazilatlar shakllanadi. Ishni guruh bo‘lib bajarish shakli sinfda mehnat ijodiy 
sharoitni yaratishga ko‘maklashadi. Guruhli o‘yinlarni ikki o‘quvchi (bir partada) 
bajarishdan boshlagan ma’qul. 
Guruhli o‘yinlarga misollar keltiramiz. 
1. "Sayohat" o‘yini. 
Juft bo‘lib o‘ynaladi. Har bir partaga bir varaq qog‘ozdan beriladi. 
o‘qituvchi doskada qog’ozni qanday joylashtirish kerakligini ko‘rsatadi. 
O‘ynayotganlardan biri haydovchi, ikkinchisi - sayohatchi bo‘ladi. 
Haydovchining qo‘lida qalam bo‘ladi. Sayohatchi unga qayerga olib borish 
kerakligini ko‘rsatadi: "10-uyga olib bor", haydovchi qalam bilan shu manzilga 
yo‘l chizadi. O‘yin shunday davom etadi... 
O‘yin qoidasi: Chizilgan chiziqni ikkinchi bor kesib o‘tmaslik lozim. 
Adashmasdan, aytilgan nomerga yetib borgan haydovchi yutib chiqadi. 


64 
2. "Ko‘pmi? Kammi? Chapgami? o‘nggami?" o‘yini. Ikki o‘quvchi 
o‘ynaydi. O‘ynovchilar raqamli ikkita kartochkalar to‘plamini aralashtiradi va 
stolning pastki chap tomoniga qo‘yadi. Tartib raqamiga ko‘ra hap bir kartochkani 
yuqoriga yoki pastga, chapga yoki o‘nga terib qo‘yadi (kam sonli bo‘lsa chapga, 
katta son bo‘lsa o‘ngga). Agar ishtirokchi qatorga qo‘yilgan kartochkani olsa, uni 
chetga surib qo‘yadi va yurishni o‘tkazib yuboradi. Oxirgi kartochkasini kim 
qo‘yib tugatsa o‘sha yutib chiqadi. 
3. "Arifmetik" domino. Namuna: 

7 - 3 

2 + 5 

2 · 3 
va hokazo 
O‘yin uchun raqamlar va misollar yozilgan kartochkalar to‘plamini 
tayyorlash kerak bo‘ladi (buni o‘quvchilar yoki yuqori sinf o‘quvchilari tayyorlasa 
bo‘ladi). Kartochkalarga qo‘shuv, ayirishga (10, 20, 100 atrofida), ko‘paytirish 
yoki bo‘lishga oid turli variantlar yoziladi. Kartochkalar soni har bir o‘quvchiga 
taqsimlaganda 6-7 tadan to‘g’ri kelishi kerak. Har bir juft o‘quvchi uchun 
o‘qituvchi alohida konvertda kartochkalarni aralashtiradi. Ikki kishi o‘ynaydi. 
O‘yinni boshlagan o‘quvchi bitta kartochkani partaga qo‘yadi. Ikkinchi o‘quvchi 
o‘z kartochkasini unga nisbatan o‘ngga yoki chapga qo‘yishi kerak. 
Agar biror o‘quvchida kerakli kartochka bo‘lmasa yurishni o‘tkazib 
yuboradi. Kimki o‘z
kartochkasini birinchi bo‘lib qo‘yib tugatsa, yoki kimning 
qo‘lida kam kartochka qolsa o‘sha yutib chiqadi. 
Ishni guruh shaklida tashkil qilishda muammo yuzaga keladi: 
Sinfni guruhga qanday bo‘lish mumkin. Ushbu muammoni o‘rganish shuni 
tasdiqladiki, turli darajada o‘zlashtiruvchi va bilimi turli bo‘lgan o‘quvchilar 


65 
guruhini birlashtirish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek "Sayohatchi o‘yinida 
sayohatchi rolida kuchli bilimli o‘quvchi, haydovchi bo‘lib esa bo‘shroq o‘quvchi 
qatnashgani ma’qul. Bu holda kuchli o‘quvchi sherigining ishini nazorat qilib 
kerakli paytda yordam ham beradi. 
Juftliklar o‘rnini almashtirsa ham bo‘ladi. Muhimi, u yoki bu o‘yinning
mazmuni va maqsadini hisobga olgan holda har bir o‘yin holati uchun uni tashkil 
etishning maqbul variantini belgilash kerak. Yuqoridagi № 2-3 o‘yinlarda 
musobaqa elementi mavjud. Ushbu holatda bir xil o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni bir 
guruhga birlashtirish maqsadga muvofiqdir. 
4. Ish tezligiga ko‘ra shartli nomlanadigan "tezkor" o‘yinlarni ajratib 
ko‘rsatish mumkin. Turli xil musobaqalarga intilish o‘quvchilarning o‘ziga xos 
xususiyati hisoblanadi. Shu bois ayrim didaktik o‘yinlar shaxsiy birinchilik, guruh 
birinchilik uchun musobaqa shaklini olishi kerak. 
Bunday o‘yinlarda o’quvchi harakatchanlik tezligi va uni xatosiz bajarish 
orqali ta’minlanadi. Misol uchun shunday o‘yinlardan birini ko‘rib chiqamiz. 
"Shoshilgin-u, adashmagin" o‘yini. 
Doskaga murakkablik darajasi bir xil bo‘lgan uchta ustunda misollar 
yoziladi. Har bir qatordan bittadan uchta o‘quvchi chiqariladi. O‘qituvchining 
buyrug’i bilan o‘quvchilar misollarni yechib boshlaydi. Kim tez va xatosiz ishni 
bajarsa, o‘sha g’olib hisoblanadi. 
Izoh: Qolgan o‘quvchilar ish joyida o‘rtoqlarining ishini tekshiradi. 
5. Shuningdek shartli ravishda universal o‘yinlarni ko‘rsatib o‘tamiz. 
Bunday o‘yinlar sirasiga har qanday mavzu, bo‘lim bo‘yicha boshlang’ich 
guruhlarning dasturining keng masalalari bo‘yicha ishlab chiqilishi mumkin. Va 


66 
bilimlarni tekshirish, ularni mustahkamlash, yangisini o‘rganish kabi turli 
maqsadlarda foydalansa bo‘ladi. 
"Qancha?", "Nima o‘zgardi?", "o‘yinchoqlar do‘koni", "Sonni toping", 
"Misolni toping" va boshqa ko‘pgina o‘yinlar o‘qituvchilarga yaxshi tanish bo‘lib 
universal o‘yinlar qatoriga kiradi. 
Didaktik va o‘quv uslubiy adabiyotlarda didaktik o‘yinlarning darsda 
boshqa faoliyat turlari tizimidagi o‘rnini belgilash to‘g‘risidagi masalaga muhim 
ahamiyat berilgan. Adabiy manbalarni tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, didaktik 
o‘yinlarning darsdagi o‘rnini aniqlashda darsning asosiy didaktik maqsadini, 
o‘quvchilar yoshining xususiyatini, aqliy faoliyat usullarining shakllanish 
zaruriyatini hisobga olish zarur. o‘yin holatlarining turli xillaridan darsning barcha 
bosqichlarida foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Didaktik o‘yinlarni o‘tkazish o‘rni mazkur darsning maqsadi, uning nimaga 
mo‘ljallanganligiga bog‘liq holda belgilanadi. 
Didaktik o‘yinlardan darsda foydalanish tezligi bolalarning yoshi, o‘quv 
materialining mazmuniga bog‘liq va bir mavzudan ikkinchisiga, bir sinfdan 
ikkinchisiga almashadi. 
Olti-yetti yoshli o‘quvchilarning e’tibori turg’un bo‘lmaydi, shuningdek 
toqatsizroq bo‘lishadi va o‘yinga nisbatan esa qiziqishi kuchli. Shu bois, birinchi 
yarim yillikda har bir darsda 5-6 minutlik 1-2 tadan didaktik o‘yin o‘tkazilishi 
maqsadga muvofiqdir. Ayni paytda o‘qituvchi o‘yin va o‘quv kichik yoshdagi
o’quvchilar ijodiy qobiliyatini tarbiyalashning maqbul qiyosini topishi kerak. 
Olti-yetti yoshlilarni o‘qitishda odatdagi o‘quv masalalaridan boshqacha usulda 
foydalanish kerak. Masalan, "javobi 6 chiqadigan ikki sonni qo‘shishga doir misol 
tuzing" degan ta’rifni boshqacha usulda berish kerak. Ya’ni, + = 6 ushbu 


67 
ko‘rinishdagi o‘girib qo‘yilgan kartochkalarning orqa tarafida qanday son 
yozilgan? deb berilsa, bolalar masalani ancha qiziqish bilan bajaradi. Bolalarning 
darsdagi faolligini oshirish, e’tiborini kerakli nuqtaga jamlay olish uchun ishga 
ularning yaxshi ko‘rgan ertak qaxramonlarini "jalb etish" kerak. Masalan, 
"Bilmasvoy misollarni yechdi, ammo bittasiga kuchi yetmadi... U yordam so‘rab 
kelibdi. Kelinglar unga yordam beramiz...", ..."Bilmasvoy yana hamma narsani 
chalkashtirib yubordi. U beshga uch qo‘shib yetti yozib qo‘yibdi, shu to‘g’rimi?" 
va hokazo. O‘yinlarning bunday tus olishi bolalar e’tiborini tezda qamrab oladi va 
ular masalani qiziqish bilan bajaradilar. 
Keyingi sinflarda ham o‘yinlar darsda ma’lum o‘rin egallashi lozim, lekin 
uni har bir darsda o‘tkazish shart bo’lmaydi. Bu paytda bolalarning odatdagi, 
o‘yinsiz masalalarga bo‘lgan qiziqishining shakllanish uslubiga ko‘proq e’tibor 
berish, o‘quvchilarni yanada jiddiy ishlarga tayyorlash kerak bo‘ladi. Lekin bolalar 
katta bo‘lib qoldi, endi o‘ynash kerak emas, faqat ishlash kerak degan tushuncha 
noto‘g‘ri bo‘ladi. Shu o‘rinda mashhur matematik Paskalning quyidagi gaplarini 
keltirish joiz: "Matematika fani shunchalik jiddiyki, uni ozgina qiziqarli qilish 
imkoniyatini boy bermaslik foydalidir". 
Agar 1- sinfda o‘quvchilarini o‘yin
shakli ko‘proq qiziqtirgan bo‘lsa, 
keyingi sinflarda ularni o‘yinning mazmuni, natijasi ko‘proq qiziqtira boshlaydi. 
O’quvchilar o‘z imkoniyati va qobiliyatini ko‘rsatish imkoni bo‘lgan o‘yinlarda 
ishtirok etishga intilishadi. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling