Iqtisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo’yadi. Chunki, inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko’rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko’rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko’rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o’laroq milliy iqtisodiyotda juda ko’p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir vaqtning o’zida taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o’zgarishi koeffisiyenti
28
(baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy Iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi.
Baholar indeksini yoki inflyatsiya darajasini hisoblash uchun:
-deflyator (Paashe indeksi);
-iste‘mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
-sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim.
Deflyator ko’rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi:
Qi1 Pi1 Deflyator = -------------* 100
Qi1 Pi0
Bu yerda: i – deflyatorni hisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar soni;
Qi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar yoki xizmatlar hajmi miqdori (Masalan 2 kg shakar, 2 dona ko’ylak va x.k);
Pi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i — mahsulotning shu yilga bahosi;
Pi0 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – mahsulotning bazis yildagi bahosi.
Deflyatorni hisoblash shartlari:
-odatda o’tgan yilga nisbatan hisoblanadi;
-bozor savati joriy yilda aniqlanib keyingi yillarda o’zgartirilishi mumkin;
-bozor savatiga ham iste‘mol ishlab chiqarish xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;
-bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar turlarining umumiy YaIM dagi ulushi katta qismini tashkil qilishi kerak;
-bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar hajmlari o’rtasidagi nisbat ularning YaIM dagi ulushlari o’rtasidagi nisbatga mos kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |