Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B
Download 0.51 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.3-chizma.
- 6.1-jadval O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarflanayotgan investitsiyalar tarkibi, jamiga nisbatan foiz hisobida
- Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz ctavkasidan
I = e - dRBu yerda: I – avtonom investitsiya xarajatlari; e – foiz stavkasi 0 ga teng to’lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatlari, yer, foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi; R – real foiz stavkasi; d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o’zgarishga ta‘sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffisiyent. 6.3-chizma.Avtonom investitsiyalar grafigi R
Grafikdan Ie nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko’p bo’lganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya xarajatlari ma‘lum miqdor bilan chegaralanadi.
6.1-jadval O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarflanayotgan investitsiyalar tarkibi, jamiga nisbatan foiz hisobidaManba: O„zbekiston Respublikasi davlat statistika ma‟lumotlari
asosida tuzilgan Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz ctavkasidanboshqa omillar Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo’lib kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o’rtasida teskari bog’liqlik bo’lsa, kutilayotgan sof foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o’rtasida to’g’ri bog’liqlik bor. Agarda kutilayotgan foyda me‘yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali bo’lmay qoladi. 77 Misol uchun, zavodga 100000 so’mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni qo’llashdan zavod 10.000 so’m sof foyda olgan bo’lsin. Kutilayotgan sof foyda normasi quyidagicha aniqlanadi: KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10%. Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining o’zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo’lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi. Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta‘sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar kiradi: Soliqqa tortish darajasi; Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o’zgarishlar; Mavjud bo’lgan asosiy kapital miqdori; Investorlarning kutishi; Yalpi daromadlarning o’zgarishi. Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o’zgarmagan sharoitda ham) ko’payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi. Investitsiyalar hajmining YaMM yoki daromadlar darajasiga bog’liqligini akselerator modeli aks ettiradi: I = f(Y), ya‘ni investitsiyalar (I) YaMM (Y) ning funksiyasi ekan. Akselerator modelining to’liqroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling