Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B
Download 0.51 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Δ C MPC = 100
- Δ S MPS = 100
- Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi
APC + APS = 100% yoki 1
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadlarining o’sgan qismini yoki iste‘mol qiladi, yoki jamg’aradi. 73
Δ C MPC = 100Δ Yd Bu yerda: MPC (marginal propensity to consume) – iste‘molga chegaralangan moyillik. Jamg’arishdagi o’zgarishning ixtiyordagi daromad o’zgarishdagi ulushi jamg’arishga chegaralangan moyillik deyiladi. Δ S MPS = 100Δ Yd Bu yerda: MPS (marginal propensity to saving) – jamg’arishga chegaralangan moyillik. MPC + MPS =100% yoki 1 MPS va MPS ancha barqaror ko’rsatkichlar bo’lib, juda sekin o’zgarishga uchraydilar. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasiInvestitsiyalar yoki kapital qo‘yilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapitaldir. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko’ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog’liq bo’lgan aylanma kapitalning o’zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsiyalar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi. 74 Sarmoya kiritishda har xil vaqtda kelib chiqadigan xarajatlar va daromadlarni (foydalarni) taqqoslash zarur. Investitsiya subyektlari: hukumat, firmalar, banklar, uy xo’jaliklari, jismoniy shaxslar, xorijiy tashkilotlar va davlatlar. Ular investorlar deb nomlanadi va ichki va tashqi deb tasniflanadi. Investitsiya ob'ektlariga pul qo’yiladigan joylar kiradi: moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy va madaniy ob'ektlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma va boshqalar. Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko’p duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash obyektiga ko’ra uch turga bo’linadi. Ishlab chiqarish investitsiyalari (yangi bino va inshootlarni qurish, yangi uskunalar, texnika va texnologiyalarni sotib olish); Tovar-moddiy zahiralariga investitsiya (xom ashyo va materiallarni qo’shimcha sotib olish); Uy-joy qurilishiga investitsiya (uy-joy va ijtimoiy ob'ektlarni qurish); Inson kapitaliga investitsiya (ta'lim, sog’liqni saqlash, kasb- hunar ta'limi va hokazolarga). Investitsiyalar yo’naltirilganligi va ulardan foydalanish xususiyatiga qarab, ular real va moliyaviy bo’linadi. Haqiqiy investitsiyalar - bu ishlab chiqarish vositalari, moddiy boyliklar va zaxiralarni ko’paytiradigan iqtisodiy faoliyatga sarmoyalar. Moliyaviy investitsiyalar - bu aktsiyalarga, obligatsiyalarga, veksellarga va boshqa qimmatli qog’ozlar va moliyaviy vositalarga investitsiyalar. Ular real sarmoyalarning qo’shimcha manbalarini kengaytiradilar. Mulkchilik shakliga ko’ra xususiy va davlat investitsiyalari farqlanadi. Xususiy investitsiyalar - bu nodavlat korxonalariga (yangi qurilish, uskunalar sotib olish va boshqalar) investitsiyalar. Davlat investitsiyalari - bu davlat sektoriga sarmoyalar (aeroportlar, temir yo’llar, metro va boshqalar). 75 Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular ko’rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo’yadi. Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi dinamikasiga teskari proporsional tarzda o’zgarishini ko’rsatadi. Avtonom invstisiya funksiyasi quyidagi ko’rinishga ega: Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling