S = -a + (1 -b) Yd
Iste‘mol va jamg’arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari quyidagi omillar, to’g’rirog’i bu omillardagi o’zgarishlar ham ta‘sir ko’rsatadi:
Uy xo’jaliklari daromadlari.
Uy xo’jaliklarida to’plangan mulk hajmi.
Baholar darajasi.
Iqtisodiy kutish.
Iste‘molchilar qarzlari hajmi.
Soliqqa tortish hajmi.
Dastlabki besh omil ta‘sirida iste‘mol va jamg’arish grafiklari o’zaro teskari tomonga siljiydi. Bu besh omil ta‘sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida iste‘mol va jamg’arish ulushi nisbatlari o’zgaradi. Soliqqa tortish darajasining o’zgarishi ixtiyordagi daromad hajmini o’zgartirgani tufayli uning ta‘sirida iste‘mol va jamg’arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi. Iste‘mol funksiyasini shuningdek aholining daromadlari hajmi va to’plagan mulki ko’lamiga ko’ra tabaqalanishi darajasi hamda aholining soni va yoshiga ko’ra tarkibiga ham bog’liqligini ko’rsatdi.
72
moyillik
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste‘mol va jamg’arish funksiyalarini yanada to’laroq bilish uchun iste‘mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik va chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim.
Iste‘molga o’rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste‘mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya‘ni:
APC = 100
Yd
Bunda: APC – (average propensity to consume) iste‘molga o’rtacha moyillik.
Tasarrufidagi daromaddagi jamg’arish ulushini jamg’arishga
o’rtacha moyillik deb ataladi, ya‘ni:
APS = 100
Yd
Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg’armaga o’rtacha moyillik.
Soliqlar to’langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste‘mol qilinadi, ikkinchi qismi esa jamg’ariladi, shu tufayli ham iste‘molga va jamg’arishga o’rtacha moyillik yig’indisi 100% ga yoki koeffisiyent ko’rinishda 1 ga teng:
Do'stlaringiz bilan baham: |