Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B
I ( 1/ b) = I α Bu tenglamani yechib quyidagi natijani olamiz: I / I = b α
Download 0.51 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org
I ( 1/ b) = I αBu tenglamani yechib quyidagi natijani olamiz: I / I = b α( I / I ) – investitsiyalarning yillik o’sish sur‘ati bo’lib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish yordamida to’liq bandlilikni ta‘minlab turish uchun (μ α) miqdorga teng bo’lishi kerak. Bundan xulosa shuki investitsiyalarning mutanosib o’sish sur‘ati jamg’arishga chegaralangan moyillik va investitsiyalarning unumdorligi ( kapital qaytimi) darajalarining hosilasi ekan. Agar μ = 0,2 α=0,4 bo’lsa I / I = 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 % Demak investitsiyalarning o’sish sur‘ati 8% bo’lishi talab etiladi. E. Domar moddelidan kelib chiqadigan umumiy xulosa shundan iboratki iqtisodiy o’sishni ta‘minlash uchun investitsiyalar hajmini oshirish, bu uchun esa jamg’arish normasi hamda fan texnika taraqqiyoti orqali kapitalning samaradorligini oshirish zarur. Agar E.Domar o’z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor deb olgan bo’lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy o’sish modeliga akselerator prinsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funksiyasi ham kiritildi. Akselerator prinsipiga ko’ra nafaqat investitsiyalar ishlab chiqarishning o’sishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarning o’sgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi. R.Xarrod o’z modeliga uch tenglamani kiritadi: kafolatlangan o’sish sur‘ati tenglamasi; haqiqiy o’sish sur‘ati tenglamasi; tabiiy o’sish sur‘ati tenglamasi. R Xarrod modelida haqiqiy o’sish sur‘ati ishchi kuchining o’sish sur‘ati va kapital unumdorligining o’sish sur‘ati bilan belgilanadi. G c = s , bu yerda G - YaIMning haqiqiy qo’shimcha o’sish sur‘ati; Δ Y/ Y; c- ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffisenti, I / Δ Y ; 137 s- milliy daromaddagi jamg’arish hajmi yoki jamg’arishga o’rtacha moyillik(S/Y). Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta‘minlangan o’sish sur‘ati bo’lgan kafolatlangan (prognoz qilingan) o’sish sur‘atiga asoslanib o’z investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o’sish sur‘ati jamg’arishga o’rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi: Gw = s / cr , bu yerda: Gw – kafolatlangan o’sish sur‘ati, cr – talab etiladigan kapital talabchanlik koeffitsenti ( o’tgan yillardagi shakllangan darajasi); Bu ko’rsatkichlar doimiy bo’lganligi sababli kafolatlangan o’sish sur‘atlari ham doimiy bo’ladi. Agar haqiqiy o’sish sur‘ati kafolatlangan o’sish sur‘atiga mos kelsa iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o’sish ta‘minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bo’lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro’y beradi. Xarrod modelida resurslardan to’liq foydalangan sharoitda ta‘minlanishi mumkin bo’lgan maksimal o’sish sur‘ati tabiiy o’sish sur‘ati deb nomlandi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling