Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B


Download 0.51 Mb.
bet77/109
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779483
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org

Gn cr = yoki ≠ s

Iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanati to’liq bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy o’sish sur‘atlari o’zaro teng bo’lganda ta‘minlanadi.Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orqaligina erishiladi.



  • Iqtisodiy o’sishning neoklassik modellari asoslari. R. Solou, J. Mid va A. Lyuis modellari


    Iqtisodiy o’sishning dastlabki neoklassik modellari 1950-1960 yillarda, ya‘ni dinamik muvozanat muammosiga e‘tibor susaygan va birinchi planga nafaqat foydalanilmagan quvvatlar hisobiga, balki shu bilan birga yangi texnikani joriy qilish, unumdorlikni oshirish va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash hisobiga potensial mumkin

    138
    bo’lgan o’sish sur‘atlariga erishish muammosi chiqqan davrda paydo bo’ldi.


    Shu sababli iqtisodiy o’sish muammosining nafaqat nazariy asoslari, balki uni tahlil qilishning uslublari ham o’zgardi. Bu davrda rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida yirik firmalarning roli keskin o’sdi. Bu firmalar o’z investitsiyalarini strategik rejalashtirish uchun, iqtisodiy o’sishning neokeynscha modellariga tayangan holda, mikrodarajada o’sishning dinamik modellarini tuza boshlashdi. Ta‘kidlangan modellarni tuzishda firmalar chiziqli dasturlash uslublaridan va V.Leontyevning ishlab chiqarish funksiyasidan foydalanishdi.
    Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga va iqtisodiy o’sishga erishishga intilishlari neoklassik yo’nalish vakillarini iqtisodiy o’sishning neokeynscha modellariga muqobil bo’lgan o’sish modellarini yaratishga faol kirishishga undadi.
    Bu yo’nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R. Solou va ingliz iqtisodchisi J.Mid hamda boshqalar), bozor raqobati sharoitida yirik firmalarga o’z resurslaridan potensial o’sishga erishish maqsadi to’laroq foydalanish imkonini berish uchun, iqtisodiyotga davlat aralashuvini qat‘iy cheklash lozim degan fikrni olg’a surishdi.
    Ular yaratgan modellarning metodologik asoslari bo’lib, shuningdek, mehnat, kapital va yerni ijtimoiy mahsulotni yaratishning mustaqil omillari deb qarovchi ishlab chiqarish omillarining klassik nazariyasi xizmat qildi.
    Neoklassik modellarning navbatdagi metodologik asosi bo’lib chekli (chegaralangan) unumdorlik nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko’ra ishlab chiqarish omillari egalari oladigan daromad, bu omillarning chekli mahsulotlari (omillarning qo’shimcha birligi hisobiga yaratilgan qo’shimcha mahsulot) bilan belgilanadi.
    Neoklassik maktab nazariyotchilari iqtisodiy o’sishning neokeynscha nazariyalarini uch jihat bo’yicha tanqid qildilar:


    • birinchidan, ular e‘tiborni faqat iqtisodiy o’sishning bir omiliga- kapital jamg’arishga (investitsiyalarnining qo’shimcha o’sishiga) qaratishdi. Boshqa omillar (ayniqsa texnik taraqqiyot bilan bog’liq

    139
    bo’lgan holatlar, ya‘ni ishchi kuchining ma‘lumot darajasi va malakasining o’sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi hamda boshqalar) ular e‘tiboridan chetda qoldi. Neoklassiklar bo’sh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish uchun yangi ishchi kuchini jalb qilish hisobiga ham ishlab chiqarishning qo’shimcha o’sishini ta‘minlash mumkin deb hisobladilar;


    - ikkinchidan, neokeynschilar ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffisenti-s (s= I / Δ Y )ni o’zgarmas deb qaradilar. Neoklassik modellar esa ikki ishlab chiqarish omilini (kapital va mehnatni) hisobga olgan holda va ularning o’zaro bir-birini almashtirishini (substitut ekanligini) ko’zda tutib bu koeffisent o’zgarishi mumkinligini nazarda tutadilar. Bundan esa, ishlab chiqarishning berilgan texnik qurollanishi darajasida, belgilangan ishlab chiqarish hajmiga resurslarning turli kombinasiyalarini qo’llab erishish mumkin degan xulosa chiqadi;

    Download 0.51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling