Vazirligi samarqand davlat


Download 164.78 Kb.
bet12/42
Sana13.04.2023
Hajmi164.78 Kb.
#1350017
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Tayanch so‘z va iboralar: Til, tilning ijtimoiyligi, til va tafakkur, til va nutq dixatomiyasi, til birliklari: fonema, morfema, leksema, model; nutqning asosiy birliklari: tovush, fon, bo„g„in, affiks, morf, so„z, so„z shakl, so„z birikmasi, gap, mikromatn, makromatn.
Insonning tabiiy-biologik xususiyatlari kishilik jamiyatidan tashqari, jamiyatga bog‗liq bo‗lmagan holda, masalan, yangi tug‗ilgan go‗dak hayotining takomili (nafas olishi, korishi, ovqat yeyishi, asta-sekin yurib ketishi va hokazolar) tabiat qonunlariga muvofiq holda taraqqiy etaveradi, o‗saveradi. Ammo til bunday tabiiy biologik hodisa emas. Uning tabiiy biologik hodisa emasligini ko‗rsatuvchi bir necha omillar mavjud. Bular quyidagilar:

    1. So‗zlashish, fikrlash uchun kishilik jamiyatining bo‗lishi shart.

    2. Tilning mavjud bo‗lishi va uning taraqqiy qilishi tabiat qonunlariga bog‗liq emas.

    3. Til kishilarning tabiiy belgilariga (oq-qoraligi va boshqa irqiy belgilariga) bog‗liq emas.

    4. Faqat jamiyat bo‗lib uyushgan insonlargina aloqa vositasi bo‗lgan tilga ega.

Demak, til tabiiy-biologik hodisa bo‗lmay, kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi sifatida jamiyatga xizmat qiladigan, subyektga bog‗liq bo‗lmagan ijtimoiy hodisadir. Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi butun tarixiy jarayonida ma‘lum bir guruh tomonidan emas, balki
butun jamiyat va jamiyatning a‘zolari tomonidan shakllantirilgan bo‗lib, u biror davrning, biror ijtimoiy- iqtisodiy jamiyatning mahsuli bo‗lmay, balki butun jamiyat tarixi jarayonidagi bir qancha davrlarning mahsuli va shu bilan birga til jamiyatdagi turli tabaqa vakillari uchun bab- baravar xizmat qiladigan vositadir.
Til alohida tizim sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1.Aloqa munosabat vazifasi. Tilning mazkur vazifasi
jamiyatda aloqa – munosabat vositasi sifatida xizmat qilishdan iborat. Bu tilning asosiy ijtimoiy vazifasi hisoblanadi. Til belgilari uni aloqa - munosabatning boshqa vositalaridan farqlash, tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin etish imkonini beradi . Til aloqa – munosabatning muhim vositasi sifatida jamiyat bilan, uning madaniyati, turmush tarzi va mehnat faoliyatidagi har bir jarayon bilan muntazam bog‗liq. Kishilar o‗z fikrlarini, sezgi va ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir – birlariga ta‘sir ko‗rsatadilar. 2.Tilning hissiy ta‟sir vazifasi. Tilning muayyan
ma‘lumotni ifoda etib, tinglovchiga ta‘sir ko‗rsatishi uning hissiy- ta‘siriy vazifasi hisoblanadi. Xabar, sezgi va hayajon, xohish ifoda qilish hissiy ta‘sir vazifasining asosini tashkil etadi. Bunda turli tasviriy til vositalaridan, jumladan, modal so‗zlar, javob talab qilmaydigan so‗roq, tartibni o‗zgartirish kabilardan foydalaniladi.
3. Tilning to„plash vazifasi. Til aloqa – munosabat vositasi, hissiy ta‘sir ifodasi bo‗lib qolmay , to‗plash vazifasini bajaruvchi muhim manba hamdir . Til millatlararo aloqa - munosabat vositasi, to‗plangan bilim va tajribalarni avloddan avlodga yetkazish vositasi hisoblanadi. Tilning ushbu vazifasi bilish jarayonidagi asosiy vositalardan hisoblanadi. Bevosita aloqa-munosabat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari namoyon bo‗ladi. Mustaqil so‗zlar, qo‗shma nomlar, iboralar, atama nomlovchi birliklar hisoblansa, turli gap ko‗rinishlari fikr ifodalovchi birlik hisoblanadi.
Tilning kishilik jamiyatidagi o‗rnini, madaniy-ma‘naviy soha taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilash tilning asosiy vazifalarini to‗g‗ri ta‘riflashga asoslanadi .


  1. Download 164.78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling