Vazirligi samarqand davlat
Download 164.78 Kb.
|
Til va tafakkur. Tafakkur va tilning, aniqroq qilib aytganda, fikr bilan so‗zning o‗zaro munosabati juda murakkab jarayondir. Har qanday fikr so‗zlarda o‗z ifodasini topmaguncha, ya‘ni so‗zlardan tarkib topgan ifoda qolipiga, ifoda shakliga tushmaguncha yuzaga chiqmaydi. Fikrning voqeligi, uning mavjudligi tilda namoyon bo‗ladi. Demak, fikr tilda voqelashadi, tilda mavjud bo‗ladi. Tilsiz, so‗zsiz tarkibiy qismlarga ajralgan, aniq va tayyor holdagi hech qanday fikr bo‗lmaydi. Fikr tilda, ya‘ni so‗z orqaligina shakllanadi, tilda o‗z ifodasini topadi. Shunday qilib, ongimizda paydo bo‗ladigan fikrning mohiyatini, mazmunini tashkil etadigan har qanday idrok yoki tasavvur ham faqat so‗zlar vositasi bilangina voqe bo‗ladi. Ong psixikaning oliy shakllaridan biridir. U inson o‗zini o‗rab olgan dunyodan inson sifatida farqlay olgan davridan boshlab paydo bo‗lgan.
Ongning paydo bo‗lishi nutqning paydo bo‗lishi, unda aks ettirilayotgan dunyo voqeliklarining umumlashtirilishi bilan bog‗liq. Bu esa so‗zning umumlashtirish va anglab olingan bilimlarni tilda saqlay olish xususiyati bnlan bog‗liqdir. Shaxs ongi ijtimoiy ong zaminida shakllanishiga qara- may undan farq qiladi.Ongni jamiyat yuzaga keltiradi, shu bilan birga u jamiyatga faol ta‘sir o‗tkazadi. Tushuncha tafakkur sifatida vujudga kelib so‗zning moddiy qobig‗iga o‗ralgan holda u bilan birga yashaydi. Biror tushunchasiz so‗z bo‗lmaganidek, so‗z yordamisiz ifodalangan tushuncha ham yo‗q. Til va tafakkur birligi mana shunda ifodalanadi. So‗zda mujassamlashgan tushuncha uning ma‘nosi bilan organik aloqada bo‗ladi. Tushuncha bilan so‗z ma‘nosi predmet va hodisalarning ayni bir doirasini umumlashtiradi va aks ettiradi. Ular o‗rtasidagi birlik mana shunga asoslanadi. Ammo so‗z ma‘nosidagi umumlashtirish va aks ettirish tushunchadan farq qiladi. Tushuncha predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini o‗zida mujassamlashtiradi, bunda tafakkur ana shu predmetlarga xos tasodifiy va muhim bo‗lmagan belgilardan chalg‗itiladi. Masalan, suyuqlik tushunchasida har xil jismlar ajratiladi va ular agregat holati bo‗yicha birlashtiriladi. Bu tushunchaga molekulalarning suyuqlik uchun xarakterli aloqasiga ega bo‗lgan, ularning individual, ayni holatda muhim bo‗lmagan belgilariga qaramasdan, har qanday jism kiradi. Tushunchalar faqat tovushli so‗z yordamida shakllanishi va taraqqiy etishi mumkin. Ammo so‗zda bevosita umumlashtiruvchi tomon uning ma‘nosidir. Ma‘no tushuncha bilan uzviy aloqada, fikrda predmet va hodisalarning umumiy hamda muhim tomonlarining aks etishiga yordamlashadi. Xullas, tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog‗liq ijtimoiy hodisalar hisoblansa-da, aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in‘ikosi. Til esa fikrni ifodalash usuli, uni qayd etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha aytganda, til — tafakkurning borliq shakli. Ular doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi. Download 164.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling