Vazirligi samarqand davlat
Download 164.78 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik tahlil metodlari
- Transformatsion
- Bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodi
Distributiv tahlil metodi. Bu metod til birliklarining o‗zaro joylashishi, ularning o‗zaro birikish qonunlarini o‗rganadi. Distributiv tahlil metodi til tizimining fonologik, morfologik va sintaktik birliklarini o‗rganishda qo‗llaniladi.
Til birliklarining distributsiyasi biror bir birlikning boshqa bir birlik bilan birikish usullari qaerda, qaysi holda va qanday qo‗llanish doirasi yig‗indisidan iborat, degan savollarga javob beradi. Bular distributiv tahlil metodining mohiyatini tashkil etadi. Matematik tahlil metodlari. Til qurilishining tovush tarkibi, morfologik va sintaktik birliklari, grammatik qoidalar sifat jihatidangina emas, miqdor jihatidan ham o‗ziga xos xususiyatlarga ega. Miqdor belgilarini o‗rganishda matematik tahlil metodlari qo‗llaniladi. Til birliklarining matematik metod yordamida o‗rganiladigan miqdor belgilarini uchga ajratadilar: Nazariy to‗plamlik belgilari. Mantiq algebrasiga asoslangan transformatsion belgilar. Ehtimollik belgilari. Transformatsion yoki algoritm jihatdan tahlil qilish til ifoda vositalari tizimini tasvirlashning aniq qoidalarini ko‗rsatib berishdir. Tabiiy tillarni tahlil qilish va tasvirlashda ikki xil qolip tuzish qoidalari ko‗zda tutiladi: bevosita tashkil etuvchilar bilan bajaradigan ishlar qoidalari, transformatsion qolip tuzish. Bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodi. Bu metod til birliklari orasidagi munosabat va ularning qanday joylanishini o‗rganadi. Tildagi eng kichik birlik fonema bo‗lib, ular nutqda eng kichik segmentlarda namoyon bo‗ladi. Fonemalarni tekshiruvchi pog‗ona segmental fonologiya deb yuritiladi. Fonemalardan katta bo‗lgan til birliklariga tegishli bo‗lgan fonologik xususiyatlar suprasegmental fonologiyada tekshiriladi. So‗zning fonologik tuzilishi va gapning intonatsiyasini o‗rganishda ularni tashkil etuvchi birliklar o‗rganiladi. Bu metod gapning sintaktik qurilishini, gap bo‗laklarining munosabatini va til birliklarini o‗rganishda qanday qismlardan tuzilganligini aniqlashda yordam beradi. Transformatsion tahlil metodining asosiy maqsadi tilda mavjud bo‗lgan gaplarning yadro gaplardan tuzilganligini, ulardagi chuqur va yuzaki strukturalar munosabati o‗rganiladi. Transformatsion tahlil metodining barcha xususiyatlarini amerikalik olim Naum Xomskiy ochib bergan. Hozirgi tilshunoslikning sintaktik va stilistik tadqiqotlarida bu metod ko‗p ishlatiladi. Masalan: Behzod o„qigan kitob stol ustida turibdi. Bu gapni transformatsiya qilsak quyidagicha bo‗lishi mumkin: Behzod o„qib chiqqan kitob stol ustida turibdi. Behzod tomonidan o„qilgan kitob stol ustida turibdi (o„qigan, o„qib chiqqan, tomonidan o„qilgan). Download 164.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling