Vazirligi samarqand davlat


Download 164.78 Kb.
bet37/42
Sana13.04.2023
Hajmi164.78 Kb.
#1350017
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
2.An‟anaviy tahlil metodlari. Tilshunoslik tarixida zamonlar sinovidan o‗tgan va hozirda ham qo‗llanilib kelayotgan metodlar an‘anaviy tahlil metodlariga kiradi. Ulardan eng qadimiy va keng tarqalgani tavsifiy metod bo‗lib,
bu metod tildagi turli hodisa va ma‘lumotlarni, uning sathi va birliklarini izohlab beradi, tahlil qiladi va ijtimoiy vazifalarni o‗rganish uchun qo‗llanadi. Tavsifiy metod asosida tilning fonemalar tizimi, morfem tuzilishi, grammatik kategoriyalari, so‗zlarning ma‘nolari va gap turlari o‗rganiladi, tahlil qilinadi, tilning ichki qurilishi, tilning tizimini tashkil etgan birliklar orasidagi munosabatlarni o‗rganishga katta e‘tibor beriladi. Tildagi xarakterli xususiyatlarni kuzatish, til birliklarining qo‗llanilishi va ularni tasniflash, ilmiy asoslash bu metodning asosiy vazifasi hisoblanadi. Tavsifiy metod ma‘lumotlari boshqa barcha metodlar uchun tayanch nuqta bo‗lib xizmat qiladi.
Struktural metod ko‗pchilik adabiyotlarda taksonomik metod deb ham yuritiladi. Taksonomik metod tavsifiy metodning sifat jihatdan boshqacha, uning rivojlangan bosqichi hisoblanadi. Taksonomik metod til tizimini tasvirlashga da‘vat qiladi. Shuning uchun bu metod tilshunoslikka oid adabiyotlarda struktural metod sifatida tavsiflanadi. Struktural tahlil metodi til tizimini tashkil etgan birliklar orasidagi munosabatni o‗rganadi. Bu metod tasviriy metodga o‗xshab ketadi. Lekin ular orasida farq bor: tasviriy metod tildagi birliklarning o‗zini o‗rgansa, struktural tahlil metodi o‗sha birliklar orasidagi munosabatlar tobeliklarini tasvirlaydi.
Strukrural tahlil metodi til va nutqni ajratish, til birliklari orasidagi o‗xshashlik va noo‗xshashliklarni, joylashish tartibi va boshqa nisbiy aloqalarni aniqlash lozim deb hisoblaydi.
Struktural tilshunoslik uchun tilning tuzilish aspekti ahamiyatli bo‗lib, til nazariyasini yaratishda, umumiy tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda tayanch hisoblanadi.
Qiyosiy-tarixiy metod tilshunoslikda til tizimlarining bir- biri bilan munosabati, til birliklarining substansiya (ifoda va ma‘no)siga asoslanib o‗rganiladi. Tillarning qarindoshlik munosabati til birliklarining ifoda va ma‘nosi bir-biriga mos kelishi yoki mos kelmasligiga asoslanadi. Bu metod aniq
tillardagi bir-biriga teng bo‗lgan birliklarni solishtirib ko‗rib, yozma yodgorliklarda qayd qilinmagan til birliklarini qayta tiklash usulidir.
Bu metod qadimgi sanskritda yozilgan yozma yodgorliklar tilini Evropa tillariga qiyoslab ko‗rish va ular orasida o‗xshashlik borligini aniqlash natijasida XIX asrning boshlarida maydonga keldi. Masalan, eski o‗zbek tilida sirg‗aluvchi z, qorishiq dz, portlovchi d va shular bilan vazifadosh y tovushi bo‗lgan: ozoq-odzoq-odoq-oyoq.
Qiyosiy-tarixiy metodning qo‗llanilishi natijasida uning bajarilishi mumkin bo‗lgan to‗rtta tipi vujudga keldi:

  1. Chog‗ishtirish uchun material to‗plash.

  2. Qator chog‗ishtiriladigan birliklarni belgilash va ularni aynan bir narsa deb hisoblash.

  3. Fonetik o‗zgarishlarning nisbiy xronologiyasini belgilash.

  4. Arxitip rekonstruksiyani aniqlash (so‗z va morfemalarning eng qadimgi shakli va ma‘nolarini tiklash).

Qiyosiy-tarixiy metod ta‘sirida ichki va tashqi rekonstruksiya, glotoxronologiya, lingvistik geografiya metodlari shakllangan.
Zamonaviy tahlil metodlariga distributiv tahlil metodi, matematik tahlil metodlari, bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodi kabilar kiradi.

Download 164.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling