Vazirligi samarqand davlat
Download 164.78 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sintetik
- Polisintetik
Analitik tizimdagi tillar. Analitik – grekcha analitikas –
echilish, ajralish demakdir. Analitik tillarning xususiyati shundan iboratki, bu tillarda grammatik munosabatlar qo‗shimchalar orqali emas, analitik vositalar (so‗z tartibi, bog‗lovchi, ko‗makchi va boshqalar) yordamida ifodalanadi. Ingliz, frantsuz, fors kabi tillar mana shunday tillardir. Analitik tillarga roman tillari, Daniya, yangi grek va boshqa tilar kiradi. Sintetik tizimdagi tillar. Sintetik tillarda grammatik ma‘no qo‗shimchalar orqali, ya‘ni so‗zning tarkibida ifodalanadi. Masalan, rus tilida knigu so‗zi leksik ma‘nodan tashqari bir necha grammatik ma‘nolarni ham ifodalaydi (vinitel‘niy padej, birlik va jenskiy rod). Sintetik (grekcha sintetikos – biriktirish, birikish ma‘nolarini anglatadi) tillarga qadimgi hind-evropa tillari, hozirgi Litva, slavyan, nemis tillarining ko‗pchiligi kiradi. Sof analitik va sof sintetik tillar bo‗lmaydi. Mas., budu pisat‘, budesh‘ pisat‘, budut pisat‘, budem pisat‘ – pishu, pishesh, pishet, pishut kabi. 6. Polisintetik tillar. Bu tillarga amerika hindulari tili, chukot, koryak va boshqa tillar kiradi. Bu tillarning asosiy morfologik xususiyatlari – ega, aniqlovchi, to‗ldiruvchi va holni ifodalab kelgan so‗zlar fe‘l bilan birikib, murakkab tarkibli qo‗shma so‗z shakliga o‗xshash gap hosil qilishidir. Bunda gap boshida ega, oxirida kesim; to‗ldiruvchi, hol, aniqlovchilar esa ega bilan kesimning o‗rtasida keladi. Mas., chukot tilida: t‟mayn‟valmnark‟nmen – men (t‘), katta (mayn), pichoqni (vala), charxlayapman (mnarkan); ti-ata-kaa-nmi- rkiin - men semiz bug‗ularni o‗ldirayapman. Nazorat uchun savol va topshiriqlar:Morfologik tasnifda asosiy belgi qilib qanday belgi olinadi? Agglyutinativ tillarga qaysi tillar kiradi? O‗zakli yoki ajratuvchi tillarga qaysi tillar kiradi? Geneologik tasnifda tillarning qaysi jihati e‘tiborga olinadi? Download 164.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling