Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet44/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Davolash va oldini olish. Ratsionga o‘tlar, o‘t unlari, o‘stirilgan donlar kabi E vitaminiga boy oziqalar kiritiladi. E vitamini premikslar yoki yog‘li konsentratlar, granula hamda granuvit E holida qo‘llaniladi. Parrandalarning E vitaminiga bo‘lgan ehtiyoji ratsionda to‘yinmagan yog‘ kislotalari (baliq yog‘i), protein ortiqcha bo‘lganda ortadi, uglevodli oziqlantirishda esa


78




kamayadi. E vitaminiga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj katta yoshdagi parrandalarda
bir boshga 0,3 - 0,5 mg, jo‘jalar uchun 1 kg oziqada 0,3 - 0,5 mg ni tashkil etadi.
Davolashda bu miqdor 2 - 3 marta ko‘paytiriladi.
B guruhi gipovitaminozlari - Asosan 3 oylikkacha yoshdagi jo‘jalarning
kasalligi bo‘lib, barcha turdagi yosh parrandalar ratsionida B guruhi
vitaminlarining yetishmovchiligi tufayli kasallanadi.
Sabablari. Boshqa turdagi hayvonlarga nisbatan parrandalar katta
energiya sarfi bilan jadal rivojlanadi. Shuning uchun modda almashinuvi
buzilishlariga ham juda sezgir hisoblanadi. B guruhi vitaminlari kofermentlar
yoki fermentlarning prostatik guruhlari hisoblanib, oksidlanish - qaytarilish
jarayonlarida va boshqa energiya almashinuvlarida (tiamin, riboflavin, folat
kislotasi), aminokislotalarning biosintezida (sianokobalamin, piridoksin), yog‘
kislotalari biosintezi va almashinuvida (pantoten, folat kislotasi) qatnashadi. Bu
vitaminlar yetishmaganda modda almashinuvlarining buzilishlari, nerv tizimi,
qon ishlab chiqarishning buzilishi va terida o‘zgarishlar kuzatiladi.
Belgilari. B guruhi
vitaminlari yetishmovchiligida
jo‘jalarning 15-20 kunligidan
boshlab o‘sishdan qolishi,
umumiy holsizlanish, pat va
parlarning hurpayishi, ishtahaning
yomonlashishi, diareya, umumiy
intoksikatsiya belgilari, katta
yoshdagi parrandalarda tuxum
berishning kamayishi,
holsizlanish kuzatiladi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling