Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet52/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Klinik belgilari. Kasal
tovuqlarning askaridiylar bilan
zararlanish darajasiga bog‘liq.
Jo‘jalarning tojlari oqarib,
ko‘rinarli shilliq pardalari
qonsizlanadi, hazm qilish
jarayonlari buziladi, ichi o‘tadi,
21-rasm. A. galli bilan kasallangan tovuq anemiya kuzatiladi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar. Askaridiy lichinkalari ichaklarga
mexanik ta’sir qilib, uning devorlarini jarohatlaydi. Ichaklar shilliq pardalarida
yallig‘lanish va qon quyilishlar ko‘zga tashlanadi. Zararlangan ichaklardan
patogen mikroskop va
viruslarning organizmga
tarqalib ketishiga yo‘l ochiladi.
Askaridiylar tiqilib qolgan
hollarda ichaklar yorilib ketishi
ham mumkin. Tovuq organizmi
askaridiylarning zaharli
moddalari ta’siri natijasida
surunkali zaharlanib boradi, ular 22-rasm. Ingichka ichaklardagi askaridalar
rivojlanishdan qolib, kam tuxum qiladi.








91


Tashxis qo‘yish va uni farqlash. Klinik belgilarga hamda askaridiylaming mavjudligiga qarab diagnoz aniqlanadi.
Kasal tovuqning tezagi Fyulleborn yoki Darling usullari asosida tekshirilib, askaridiylarning tuxumlari ajratib olinadi.
Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Tovuq askaridiozini gelmentsizlantirish maqsadida tetramizol (20%)-200 mg/kg t.v.ga, asetamizol-300 mg/kg t.v.ga, piavetrin (piperazin)-100-200 mg/kg t.v.ga, panakur-10 mg/kg t.v.ga (2 kun ketma-ket), panakur granulalari (yem bilan) jo‘jalarga-2 g/bosh, tovuqlarga 3 g/bosh miqdorlarda 12 soatlik ochlik diyetasidan keyin ertalab nahorida omuxta yem (o‘rtacha 10 g/boshga) bilan guruhli usulda bir martadan berilganda samarali ta’sir etadi (Davlatov R.B.).
Shuningdek, keyingi avlod antigelmentiklaridan alben tabletkasi - 36 kg t.v.ga 1 dona, maydalangan holda yem bilan 2 kun ketma-ket, albazen (2,5%) suspenziyasi - 200 ml/100 litr suvga aralashtirilib qo‘llanilishi mumkin.
Noyabr oyidan boshlab tovuqlarni gelmentsizlantirish kerak. Tovuqxonalarni muntazam ravishda tozalab turish, uning tezagini biotermik usulda zararsizlantirish ham muhim tadbirlardan hisoblanadi. Tovuqlarni yayratish maydonchalari tashlandiqlardan tozalanib, haydalib, so‘ng unga xlorli ohak sepilishi zarur.
Dorilangan joylarda tovuqlarni 7-10 kungacha saqlash-boqish mumkin emas. Yozda parrandalarni yayratish maydonchalari har 20-30 kunda almashtirilishi lozim. Hamma holatda jo‘jalar tovuqlardan ajralib boqiladi. Kasallikning oldini olish maqsadida, tovuqlarga har oyda bir marta ertalab yoki kechqurun antigelmentik berib borilsa, tovuq organizmidagi gelmentlar voyaga yetmay chiqib ketadi.
Nazorat savollari

  1. Askaridiozni kelib chiqish sabablari?

  2. Kasallik qo‘zg‘atuvchisining tuzilishi?

  3. Tovuq askaridiozining epizootologiyasi?

  4. Askaridiozning oldini olish va davolash tadbirlari?


92




Reja:

1.

Singamoz qo‘zg‘atuvchilari va kasallikni kelib chiqish sabablari.




2.

Klinik belgilari, kechishi, tashxisi va xo‘jalikda davolash ishlarini tashkillashtirish.




3.

Oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari



Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling