87
Mashg‘ulotning oxirida o‘qituvchi o‘tilgan mavzuni umumlashtiradi va talabalarga kelgusi dars uchun topshiriqlar beradi.
Nazorat savollari:
Parrandalardan qon olish usullari?
Parrandalar qonidagi eritrositlar soni?
Parrandalardan olingan qon namunalaridan eritrosit va leykositlar sonini aniqlash?
Gemoglobin miqdorini aniqlash?
88
TOVUQ ASKARIDIOZI VA UNING OLDINIOLISH TADBIRLARI.
Reja: 1. Tovuq askaridiozi, qo‘zg‘atuvchisi, kasallikni kelib chiqish
sabablari.
Klinik belgilari, kechishi, tashxisi va xo‘jalikda davolash ishlarini tashkillashtirish.
Oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari
Mashg‘ulotni maqsadi: Talabalarga tovuq askaridiozining klinik belgilari, tashxis qo‘yish, kasallangan parrandalarni davolash usullarini o‘rgatish.
Kerakli jihozlar. Turli rasmli jadvallar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar, antgelmentiklar.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga tovuq askaridiozining sabablari to‘g‘risida tushuncha beradi. Kasallikini diagnozini va davolash muolajalarini yozdiradi hamda amalda ko‘rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |