15-rasm. B1 gipovitaminozi
80
Siydikchil diatez (podagra) - asosan oqsil almashinuvining buzilishi,
organizmda siydik kislotalarining ko‘plab ishlab chiqarilishi va ularning
to‘qimalarda, zardob pardalarda to‘planib qolishi bilan tavsiflanadi. Ko‘pincha
katta yoshdagi tovuqlar qafaslarda saqlanganda va kurkalar kasallanadi.
Sabablari. Kasallikning asosiy sababi o‘ta oqsilli oziqlantirish va ratsionda
yashil oziqalarning umuman bo‘lmasligi hisoblanadi. Ikkilamchi omillar A
vitamini va karotinoidlarning yetishmasligi, ratsionda kislota - ishqor
muvozanatining buzilishi, yorug‘likning yetishmasligi, namlikning yuqori
bo‘lishi va ventilyatsiyaning yetishmasligi kabilar hisoblanadi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar.
Visseral podagrada jigarning
zardob pardasida, ichaklar, buyraklar,
yurak va qorinning peritonial pardasida
ohaksimon cho‘kmalar o‘tirib qolgan
bo‘ladi, cho‘kmalar barmoq bilan
ezilganda tez maydalanadi. Buyrak
kattalashgan, kesilganda siydik toshlari
topiladi. Siydik yo‘llari kattalashgan
bo‘lib, bo‘rsimon cho‘kma bilan to‘lgan
bo‘ladi.
Diagnoz. O‘ziga xos patologo-anatomik o‘zgarishlar asosida qo‘yiladi.
Oldini olish. Parrandalar ratsioni vitaminlar, yashil oziqalar, sabzavotlar, ildizmevalilar va o‘t unlari bilan boyitiladi. Oqsilga boy oziqalar berish chegaralanadi. Mineral moddalar parrandalarning yoshini hisobga olgan holda qo‘llaniladi.
Peroz (toyuvchi bo‘g‘in, perosis) - yosh tovuq va kurka jo’jalarning kasalligi bo‘lib, oyoqlar paylari va tutqichlarining bo‘shashishi va bo‘g‘imlarning joyidan siljishi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |