Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


-rasm. Singamoz qo‘zg‘atuvchilarini


Download 2.16 Mb.
bet54/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

24-rasm. Singamoz qo‘zg‘atuvchilarini so‘ngra bronxlarga tushadi. Bir taraqqiyoti qancha vaqtdan keyin erkak








94


singamuslar urg’ochilarini jinsiy organlari to‘liq rivojlanmagan holda urug’lantiradi. Parazitlik qilishning yettinchi sutkasiga singamuslar parranda kekirdagiga o‘tadi va u yerda juda tez o‘sib rivojlanadi hamda 3-7 kun davomida jinsiy voyaga yetadi. Tovuq zararlanganidan 17-20 kun o‘tgach, singamus tuxumlari axlat bilan chiqa boshlaydi. Singamuslar hayoti maxsus kuzatish natijasida aniqlangan, ya’ni parrandalar zararlangandan 14-19 kun keyin tuxum qo‘ya boshlaydi va bu protsess 27-35 kun davom etadi.
Singamidlar tuxum qo‘yib bo‘lgandan keyin yana 5-7 kun yashaydi va definitiv xo‘jayin tanasida umumiy yashash muddati 46-61 kunga boradi. Singamuslarning invazion tuxumlarini tashqi muhitda ayrim umurtqasiz parrandalar yutib, shu yerda lichinkalar paydo bo‘ladi va uzoq vaqtgacha (umurtqasiz parrandaning butun hayoti davomida) hech qanday o‘zgarishsiz yashaydi. Ayrim turdagi yomg’ir chuvalchanglar, suvda va quruqlikda yashovchi mollyuskalar, ko‘p oyoqli hasharotlar, shuningdek, uy chivinlari singamuslar uchun oraliq xo‘jayin bo‘lib xizmat qiladi. Demak, parrandalar singamoz bilan birinchidan, invazion tuxumlarini va ikkinchidan oraliq xo‘jayinlarini yutish orqali kasallanadi.
Epizootologiyasi. Singamozning statsionar manbai asosan Kavkazda uchraydi: mamlakatimiz boshqa zonalarida ham u epizootik tarqalgandir. Singamozlarning tarqalishi definitiv (15 turdagi parranda) va oraliq xo‘jayinlarining (14 turdagi umurtqasiz parrandalarning) haddan tashqari ko‘p bo‘lishiga bog’liqdir. Singamozlarning yashash muddati 46-61 kun ekanligini eslasak, parrandalarni qishda invaziyadan to‘liq tozalangan deb hisoblash mumkin, chunki parrandaxonalarda parazit tuxumlari rivojlanmaydi, oraliq xo‘jayin bo‘lmaydi. Shu sababdan parrandalar qish faslida zararlanmaydi. Faqat bahordan boshlab qishdan tirik chiqqan oraliq xo‘jayinlarni - ko‘pincha yomg’ir chuvalchanglarini yeb kasallanadi. Bunday zararlangan jo‘jalar tanasidagi gelmentlar rivojlanib tuxum qo‘ya boshlaydi, keyinchalik parrandalar invazion tuxumlarni yutish va oraliq xo‘jayinlarni yeyish yo‘li bilan zararlanadi.
Singamoz bilan quzg’un va chug’urchiqlar odatda intensiv invaziyalanadi,


95




shu sababli ular parranda xonalarga qo‘nganda singamus tuxumlarini ajratib
jo‘jalarni va oraliq xo‘jayinlarni zararlab, kasallikning yangi manbaini yaratadi.
Singamoz bilan inkubatsiyadan yangi chiqqan jo‘jalar ko‘p zararlanadi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling