Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Patogenezi va patologo-anatomik o‘zgarishlar


Download 2.16 Mb.
bet55/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Patogenezi va patologo-anatomik o‘zgarishlar. Singamozlar kekirdakda
joylashadi, ular juda ko‘p bo‘lganda nafas olish yo‘llarini bekitib, o‘pkaga havo
o‘tishini qiyinlashtiradi. Shuningdek, keng va kuchli kapsulasi yordamida
devorlariga yopishib, uni og’ir shikastlaydi. Odatda urg’ochilariga qaraganda
erkaklari mahkamroq yopishadi. U kapsulasi bilan kekirdakning shilliq
pardasidan o‘tib tog’ay
qismigacha yetadi va shu
yerda suyak to‘qimalarining
reaktiv o‘sishiga sabab
bo‘ladi, natijada parazitning
bosh qismi reaktiv o‘sgan
to‘qimaga o‘ralgan holda
bo‘ladi. Urg’ochilari esa og’iz kapsulasi bilan kekirdak ichki pardasining faqat
yumshoq qatlamiga yopishib, shiliq pardaning epitelial qatlamini jarohatlaydi.
Kekirdak devorini shimib yotgan bir juft parazit ajralayotgan paytda
urg’ochilarining boshi jarohatlanmaydi, erkaklarining boshi esa uzilib kekirdak
to‘qimalarida qoladi. Ayrim fikrlarga ko‘ra, urg’ochi singamozlar o‘z joyini tez-
tez o‘zgartiradi, erkaklari esa aksincha birinchi yopishgan joyida to hayotining
oxirigacha turadi va urg’ochilarining kekirdakda saqlanib turishini ta’minlaydi.
Parranda yorib ko‘rilganda kekirdak shiliq pardasida ba’zan jig’ildonida ivigan
qon borligi aniqlanadi.
Klinik belgilari. Jo‘jalar kuchli invaziyalanganda bo‘ynini cho‘zadi, og’zini katta ochib, esnashga o‘xshash harakat qiladi. Parrandalarning og’iz bo‘shlig’i shilliq pushti rangga bo‘yaladi. Singamoz bilan kasallangan tovuqlar qisqa xushtakli yo‘tali tovush chiqaradi. Ayni vaqtda nafas olish yo‘llarida tiqilib qolgan biror jismni chiqarib tashlashga harakat qilganday boshini chayqatadi. Bu “aksirish” singamoz kasalligidagi eng xarakterli belgilardan





25-rasm. Kekirdakdagi singamoz lichinkalari


96






hisoblanadi.
Kasallik boshlanishida jo‘jalar ishtahasi yo‘qolmaydi, hatto jo‘ja xo‘ra
bo‘ladi, biroq bir qancha vaqt o‘tgach, butunlay ovqat yemay qo‘yadi,
yurolmaydi, patlari
xurpayib, qanotlari
shalviraydi. Haddan tashqari
ozg’inlik va asfiksiya
hodisalaridan jo‘jalar halok
bo‘ladi. Ayniqsa yosh
vaqtida kasallangan jo‘jalar
kamdan-kam hollarda
tuzalib ketadi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling