Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti
Download 2.16 Mb.
|
Parrandachilik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘n ikki barmoqli ichakda
- Ingichka ichaklarda
Eymerioz qo‘zg‘atuvchilari. Tovuq ichaklarida qo‘zg‘atuvchining 10 dan ortiq turi qayd etilgan bo‘lib, shulardan Respublikamizda 5-6 tur koksidiyalar tez-tez uchrab turadi.
Eimeria tenella - oosistlari ovalsimon, rangsiz yoki yashil tusda bo‘lib, mikropilasi yo‘q, sporulyatsiyasi 24-48 soat davom etadi. Tovuqlarning ko‘richaklarida parazitlik qiladi. Eimeria acervulina - oosistlari tuxumsimon yoki ovalsimon. Ko‘proq toraygan qismida mikropilasi bilinar - bilinmas sezilib turadi. Pardasi silliq bo‘lib, qutbiy donachasi (granulasi) mavjud. Kattaligi 17,7-20,2 x 13,7-16,3 mkm, sporulyatsiyasi 1 kecha - kunduz davom etadi. O‘n ikki barmoqli ichakda parazitlik qiladi. Eimeria maxima - oosistlari ovalsimon, pardasi dag‘al (g‘adir-budir). Toraygan qutbida mikropilasi va donachasi (granulasi) mavjud. Kattaligi 24,4-42,5 x 16,5-29,3 mkm, sporulyatsiya 48 soat davom etadi. Ingichka ichaklarda parazitlik qiladi. Eimeria mitis - oosistlari yumaloq, rangsiz, qutbiy donachasi bo‘ladi. Ingichka bo‘lim ichaklarining oldingi qismiyarmida parazitlik qiladi. Eimeria praecox - oosistlari ovalsimon, rangsiz, donachasi yonbosh qismida yoki sporalar orasida joylashadi. Kattaligi 16,6-27,7 x 14,8-19,4 mkm, sporulyatsiyasi 24-36 soat davom etadi. Ingichka bo‘lim ichaklarining birinchi uchdan bir qismida parazitlik qiladi. Eimeria necatrix - oosistlari ovalsimon yoki yumaloq, qutbiy granulasi bo‘ladi. Kattaligi 13-22,7 x 11,3-18,3 mkm, sporulyatsiyasi 48 soat davom etadi. Ingichka bo‘lim ichaklarining o‘rta qismida parazitlik qiladi. Eymeriyalarning rivojlanishi - eymeriyalar murakkab rivojlanish jarayoniga ega bo‘lib, ko‘pchilik xususiyatlari jihatdan o‘zaro o‘xshashdir. 107 Eimeria - avlodi vakillarining rivojlanishi asosan 3 bosqichda kechadi: merogoniya, gametogoniya va sporogoniya. Merogoniya - jinssiz kopayish. Parazitlar yetuk oosist holatida organizmga tushadi. Ichak bo‘shlig‘ida oosist pardalaridan ozod bo‘lgan sporozoitlar ichakning epitelial hujayralariga kirib oladi va hajmi kattalashib yumaloq shakldagi merontlarni hosil qiladi. So‘ngra merontlarning yadrolari ko‘plab bo‘linish yo‘li bilan bo‘linib, yangi o‘zaklar va ular atrofida protoplazma hosil bo‘ladi. Yangidan hosil bo‘lgan bu parazitlar esa merazoitlar deb nomlanadi. Merazoitlar kirib olgan epitelial hujayralarning ko‘pchiligi nobud bo‘ladi, parazitlar esa ulardan chiqib boshqa sog‘lom hujayraga kiradi va u yerda yuqoridagidek rivojlanish bosqichini bir necha marta takrorlagach, keyingi bosqich gametogoniya bilan almashadi. Gametogoniya - jinsiy kopayish bosqichi hisoblanib, bunda merozoitlar o‘rniga erkak va urg‘ochi jinsiy hujayralari (gametalar) hosil bo‘ladi va o‘zaro qo‘shiladi. Buning uchun dastlab tarkibida oz miqdordagi sitoplazmasi bo‘lgan mitti parazitlar mikrogametalar va tarkibida ko‘p miqdorda sitoplazma saqlovchi yirik parazitlar makrogametalar hosil bo‘ladi. Mikrogametosidlarning yadrolari ko‘plab bo‘linib hosil bo‘lgan yadrochalar atrofida sitoplazma paydo bo‘lishi natijasida harakatchan mitti o‘roqsimon shakldagi qo‘sh xivchinli erkaklik jinsiy hujayralar - mikrogametalar hosil bo‘ladi. Jinsiy hujayralar o‘zaro ajrimlashgandan keyin mikrogametalar makrogametalarning ichiga kiradi, ya’ni parazitlarning qo‘shilishi jarayoni sodir bo‘lib, zigota hosil bo‘ladi. Qisqa vaqt ichida zigota atrofida parda hosil bo‘lgan oosista paydo bo‘ladi. Mazkur oosistalar epitelial hujayralardan ajralib ichak bo‘shlig‘iga, u yerdan esa tezak bilan tashqi muhitga tushadi. Sporogoniya - spora va sporozoitlar hosil bo‘lib, tashqi muhitda kechadi. Tashqi muhitga tushgan oosistlar qulay sharoitda o‘z rivojlanishini davom ettiradi. 108 Eymeriyalarning xususiyligi - bu avlodga mansub eymeriyalar bir biriga juda o‘xshash bo‘lishsada, biroq ular evolyutsiya taraqqiyoti jarayonida moslashgan birgina hayvon turida parazitlik qilishadi. Eymeriyalarning qat’iy xususiyligi nafaqat xo‘jayinga nisbatan balki, organizmning uchrash joyiga, organ va to‘qimalarida parazitlik qilish xususiyati ham aynan o‘ziga xos bo‘ladi. Eymeriyalarning turlarini va rivojlanishini o‘rganish, jo‘jalarni eksperimental zararlab tajriba o‘tkazish maqsadidagi tadqiqotlarimizda eymeriyalarning yuqoridagi biologik xususiyati yana bir marta tasdiqlandi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling