PULLOROZ VA UNGA QARSHIKURASHISH TADBIRLARI
Reja: 1. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, kelib chiqish sabablari
Klinik belgilari, oldini olish, tashxisi, qiyosiy tashxisi va davolash
Kasallikka qarshi kurash tadbirlari.
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga kasallikni qo‘zg‘atuvchisi, kelib chiqish sabablarini, davolash
Kerakli jihozlar. Turli rasmli jadvallar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga pullorozning klinik belgilari, kelib chiqish sabablari to‘g‘risida tushuntiradi. Kasallikni davolash, oldini olish tadbirlari va dori vositalarini yozdiradi.
Tayanch iboralari: Parranda, jo‘jalar, salmonellyoz, pulloroz, Pullorosis, aerogen, transvorial yo‘l, S.enteritidis, S.typhmurium, parrandaxona, jo‘jaxona, gemagglyutinasiya reaksiyasi, bifidumbakterin, bifinorm, narine, lakto- va asidofil bakteriyalar, gentamisin, monomisin, norfloks-200, nitoks-200, yemovit WS, amuril, linkomisin.
Pulloroz - Pullorosis - yuqumli yuqori kontagioz kasallik bo‘lib, tovuq va kurkalar, kamroq holatda boshqa tovuq guruhiga mansub parrandalar kasallanadi. Jo‘jalarda o‘tkir kechadi. Katta yoshdagi jo‘jalarda esa yashirin surunkali holatda namoyon bo‘lib, tuxumdonning yallig‘lanishi, peritonit kuzatiladi.
Qo‘zg‘atuvchisi. Pullorozning qo‘zg‘atuvchisi Salmonella avlodiga va Enterobacteriaceae oilasiga mansub Salmonella pullorum - gallinarum hisoblanadi. Ular, spora va kapsula hosil qilmaydigan, harakatsiz yupqa tayoqcha shaklida bo‘lib, sun’iy ozuqa muhitlarda yaxshi o‘sadi. Ular uchun go‘sht-peptonli agar, Endo va Ploskirova optimal muhitlar hisoblanadi. Salmonella qonda, parenximatoz a’zolarda, ichakda, jo‘jalarning so‘rilib hazm
119
bo‘lmagan tuxum sarig‘ida, tovuqlarda esa sariq follikulalarda to‘plangan holda bo‘ladi. Pulloroz qo‘zg‘atuvchisi tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lib, tovuqlar go‘ngida, yayrash maydonchasidagi panjara va oxurlarda, shu hududda yashayotgan kemiruvchi va sinantrop qushlar: chumchuq, olashaqshaq, musicha, kabutarlar organizmida ham uchraydi.
Salmonellaning tashqi muhit ta’sirlariga chidamliligi yilning fasllariga bog‘liq. Qo‘zg‘atuvchilar 2° C dan 33,7° C gacha haroratda, namlik 31,2 - 75 % bo‘lgan joylarda 18 kundan 103 kungacha yashay oladi. Tovuq go‘ngida 100 kun, oqmaydigan suvlarda 200 kun, tuproqda 400 kun faol saqlanadi. 60° C haroratda 30 daqiqada o‘ladi. Qaynatilganda esa bir daqiqada faolsizlanadi. 1% li karbol kislota eritmasi hamda 1% li formalinda 5 daqiqada o‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |