Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet67/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga kurkalar gistomonozinining qo‘zg‘atuvchilari, ularning xususiyligi, kasallikka tashxis qo‘yishni, gistomonoz bilan kasallangan kurkalarni davolash usulini o‘rgatish.
Kerakli jihozlar. Turli rasmli jadvallar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar, kasal parranda, gistomonoz kulturalari.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga kurkalar gistomonozi to‘g‘risida tushuncha beradi va qo‘zg‘atuvchilar xususiyatlari, davolash va olidini olish tadbirlarini yozdiradi va amalda bajarib ko‘rsatadi.
Gistomonoz - (Enterogepatit, “qorabosh”) - kurkalarning protozooz kasalligi bo‘lib, ich o‘tishi va karaxtlik holati kuzatiladi. Shuningdek, gistomonoz tustovuq, jo‘ja va ayrim yovvoyi qushlar orasida ham uchraydi.
Qo‘zg‘atuvchi. Apicomplexa tipi, Mastigophora sinfi, Histomonas avlodiga Histomonas meleagridis - bir hujayrali xivchinli yoki amyobasimon (xivchinsiz) parazitlar hisoblanadi.
Rivojlanishi (biologiyasi) - gistomonadalar kurkalar ko‘r ichaklarida parazitlik qilib, hujayralararo bo‘shliqlarda ikkiga bo‘lingan holda tez ko‘payadi va 9-12 oygacha parazitlik qilib, qon tomirlar orqali jigarga migratsiya boshlanadi va parazitlik qilishi qayd etilgan.
Epizootologiyasi - gistomonoz barcha o‘lkalarda tarqalgan bo‘lib, ayniqsa
kurka va tovuq jo‘jalari orasida ko‘p uchraydi, ular 2 haftalikdan 3 oylik
yoshgacha bo‘lganlari ko‘p beriluvchan bo‘lib, og‘ir kasallanadi. Jo‘jalarni zich
asrash, ko‘lmak suvlaridan suv ichishi va sifatsiz oziqalantirish kasallikning
tarqalish xavfini oshiradi. Jo‘jalarni katta yoshli parrandalar bilan birgalikda
112






asrash, kasallik yuqish xavfini oshiruvchi omillardan bo‘ladi, chunki katta yoshli
parrandalar parazit tashuvchilar hisoblanadi.
Patogenezi. Gistomonadalar proteolitik fermentlar ajratib, xo‘jayinning
ichak shilliq pardasi hujayralarini hazmlanib yemirilishiga va nekrozga
uchrashiga sabab bo‘ladi.
So‘ngra muskul qatlamgacha kirib, qon tomirlar orqali jigarga migratsiya
qiladi va parazitlik qilishni davom ettiradi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling