Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet64/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Epizootologiyasi. Tovuq eymeriozi yer sharining barcha mintaqalarida keng tarqalgan. Kasallik manbai bo‘lib, kasal va kasallanib sog‘aygan jo‘jalar (1 sutkada 9-670 mln. oosistlar ajratadi) tovuqlar esa eymeriyalarni tashuvchisi vazifasini o‘taydi. Jo‘jalarning zararlanishi koksidiyalarning oosistlari bilan ifloslangan oxur, ozuqa, suv, to‘shama va tuproq orqali sodir bo‘ladi.
Jo‘jalar esa ko‘proq suv va oziqadan alimentar zararlanadilar.
Jo‘jalar tig‘iz asralishi, jo‘jaxonalarda namlik yuqoriligi, oziqa sifatining pastligi va jo‘jalarni o‘stirish uslubining buzilishi, parrandalar “zararlanishiga ko‘maklashuvchi” omillar qatoriga kiradi. Kasallikning mavsumiylik xususiyati bahor va kuz fasllariga to‘g‘ri kelsada, yirik parrandachilik fermalarida (ayniqsa yerda asraladiganlari orasida) yilning barcha fasllarida eymerioz xuruj qilishi mumkin.
Klinik belgilari. Kasallik o‘tkir va surunkali oqimlarda kechadi. O‘tkir oqim yosh jo‘jalar orasida kechib, bir necha kundan 2-3 xa^agacha davom etadi. Kasal jo‘jalar oriqlaydi, ishtahasi pasayib yo‘qolib boradi. Patlari xurpayib, kloaka atrofi ifloslanadi va suyuq tezagi yopishib qoladi. Tezagida qon aralash suyuqlik qayd etiladi. Qondagi eritrositlar miqdori 40 - 70 foizgacha kamayadi. Chanqoqligi seziladi, jig‘ildoni taranglashadi, harakat muvozanati buziladi, qanoti va oyoqlari yarim shal bo‘lib, hushsizlanadi va 2- 5- kunlari nobud bo‘ladi.
Jo‘jalar orasidagi chiqim 50-70 (100) foizgacha yetadi.


109




Surunkali oqimda ham yuqoridagi
alomatlar qayd etilib, ular kuchsizroq
darajada bo‘ladi va davomiyligi oylab
cho‘zilishi Kasallikning bu shakli 4-6
oylik jo‘jalar va katta tovuqlar orasida
uchraydi. Tovuqning semizlik darajasi
31-rasm. Eymerioz kasalligi bilan pasayib, tuxum berishi kamayadi, lekin

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling