Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga tovuq eymeriozining
qo‘zg‘atuvchilari, ularning xususiyligi, kasallikka tashxis qo‘yishni, eymerioz bilan kasallangan parrandalarni davolash usulini o‘rgatish.
Kerakli jihozlar. Turli rasmli jadvallar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar, kasal parranda, eymeriy kulturalari.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga tovuq eymeriozi to‘g‘risida tushuncha beradi va qo‘zg‘atuvchilar xususiyatlari, davolash va oldini olish tadbirlarini yozdiradi va amalda bajarib ko‘rsatadi.
Tayanch iboralari: Parranda, jo‘jalar, parrandaxona, jo‘jaxona, asrash, almashinmaydigan to‘shama, qo‘zg‘atuvchi, Eimeria tenella, Eimeria acervulina, Eimeria maxima, Eimeria mitis, Eimeria praecox, Sporulyatsiya, oosist, Merogoniya, Merazoit, meront, Gametogoniya, gameta, Mikrogametosidlar, Sporogoniya, Eymeriyalarning xususiyligi, Sentrafuga, Amprolin.
Eymerioz - parrandalarning protozoy kasalligi hisoblanib, Protozoa hayvonot olamining Apicomplexa tipiga, Sporosoa sinfi, Coccidia turkumi, Eimeridae oilasiga mansub bo‘lgan bir hujayrali sodda organizmlar tomonidan qo‘zg‘atiladi.
Tovuqlarning, ayniqsa 10-80 kunlik jo‘jalarning o‘tkir va surunkali oqimda kechuvchi, bir necha turdagi eymeriyalarni ingichka va yo‘g‘on bo‘lim ichaklarining epitelial hujayralarida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atiladi va ishtahasizlanish, chanqash, ich o‘tishi, anemiyaning rivojlanishi natijasida ko‘plab jo‘jalarni nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
106
Respublikaning parrandalari yerda va to‘shamalari almashtirilmaydigan sharoitda asraladigan tovuqchilik xo‘jaliklaridagi 1-3 oylik jo‘jalar orasida eymeriozning tarqalish darajasi 57,4 - 79,1 % ni tashkil etishi qayd qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |