Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti
Download 2.16 Mb.
|
Parrandachilik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26-rasm. Singamoz bilan kasallangan tovuq 97 Qarshi kurash va oldini olish tadbirlari.
- Nazorat savollari
Diagnoz. Kekirdakda singamuslarning borligiga ishonch hosil qilish uchun
kekirdakni ko‘rish kerak. Bunda bitta qo‘l bilan bo‘yining kranial qismi yuqoriga ko‘tariladi, ikkinchi qo‘l bilan esa bo‘yin terisi oldinga tortiladi. Yorug’lik kekirdak orqali o‘tganda parazitlar juda yaxshi ko‘rinadi. Agar parazitlar kekirdak devorining oldiga yopishgan bo‘lsa juda aniq va ular orqa devorga yopishgan bo‘lsa birmuncha xiraroq ko‘rinadi. Sinchiklab kuzatilganda hatto parazitlar harakatini ham payqash mumkin. Shu bilan birga nafas olish yo‘llarida gelmentlarning bo‘lishi tovuq tezaklarida mavjud bo‘lgan parazit tuxumlari bilan tasdiqlanadi. Davolash. Davolash uchun yodning suvdagi eritmasi (1,0 g kristall yod, 1,5 g yodid va 2 l qaynagan suv) o‘tmas uzun ignali shpris yordamida og’iz va hiqildoq orqali kekirdakka yuboriladi. Eritma filtr qog’ozi yoki paxta orqali filtrlanadi, 5 oylikkacha bo‘lgan jo‘jalarga 1,0-1,5 ml eritma bir marta yuboriladi. Jo‘jalar gelmentsizlantirilganidan keyin parrandaxonalarda yoki maxsus ajratilgan yayratish maydonlarida 3-5 kun boqiladi, chunki gelmentsizlantirilgandan keyin invaziya tuxumlari tezak bilan yig’ib olinishi va yo‘qotilishi kerak. 26-rasm. Singamoz bilan kasallangan tovuq 97 Qarshi kurash va oldini olish tadbirlari. Singamoz yuqqan xo‘jaliklardan inkubatorda ochirilgan jo‘jalar uchun bir necha yildan buyon parranda boqilmagan yayratish maydonlari ajratiladi. Yog’ingarchilikdan keyin issiq havoda parrandalarni yayratish tavsiya qilinmaydi. Bu vaqtda yomg’ir chuvalchanglari yer yuziga o‘rmalab chiqadi va jo‘jalarning oson o‘ljasi bo‘lib qoladi. Jo‘jalar uchun yaxshisi yomg’ir chuvalchanglari kam, kum tuproqli yoki loyli maydonlarni ajratish kerak. Yayratiladigan maydonlarda tezak uyumlari va boshqa chirigan organik moddalar bo‘lmasligi kerak, chunki jo‘jalar singamidlarning oraliq xo‘jayinlari bo‘lgan mayda umurtqasizlarni qidirib titkilab tashlaydi. Parrandachilik fermalari qarg’a-quzg’unlar makonidan uzoqroq yerga joylashtiriladi. Ferma atrofidagi chug’urchiqlarni yo‘qotish kerak. Xonaki parrandalar boqiladigan joylarga yovvoyi parrandalar kelmasligi lozim. Singamoz paydo bo‘lgan hollarda kasallangan parrandalarni tezda aniqlab va ajratib olib, jamiki oldini olish qoidalariga amal qilgan holda davolash kerak bo‘ladi. Nazorat savollari: Singamoz kasalligining ta’rifi va qo‘zg’atuvchisini ta’riflang? Singamoz kasallikning patogenezi va epizootologiyasi haqida aytib bering? Singamoz kasalligining kechishi va klinik belgilarini bilasizmi? Singamoz kasalligining diagnostikasi va davolash usullari qanday? Singamoz kasallikning profilaktikasi va qarshi kurash tadbirlarini tushuntirib bering? 98
Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling