Vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi termiz
Zardob bilan davolash va kasallikning oldini olish
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5195282519590701281
Zardob bilan davolash va kasallikning oldini olish. Normal va immun
zardoblar tafovutlanadi. Normal zardoblar sogiom donor qonidan ajratib olinib, juda og‘ir kechadigan yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olishda ishlatiladi. Tarkibida, asosan, ma’lum bir patogen mikroorganizmga qarshi antitelolar tutuvchi zardoblar immun zardoblar deb ataladi. Immun zardoblar yuqumli kasallikdan tuzalgan odamlar qoni yoki shu kasallik qo‘zg‘atuvchisining o ‘zi yoki antigenlari bilan bir necha marta immunizatsiya (giperimmunizatsiya) qilingan hayvonlar (ko'pincha otlar) qonidan olinadi. Bunday zardob oqsilining tarkibi odam zardobidagi oqsillarga yaqin, shu sababli odamlarga yuborilganda allergik reaksiyalar kam kuzatiladi. Bundan tashqari, otdan ko‘p, olishda 10 litrgacha qon olish mumkin. Antigenni qancha miqdorda va necha bor yuborish, uning toksigenligi va immunogenligiga bogiiq. Dastlab hayvonlarga antigenning kichik miqdori teri ostiga yuboriladi, so‘ng asta-sekin miqdori oshirib boriladi. Hayvonlarni immunizatsiya qilish tugagach, oradan 3-4 kun o'tgach sinash uchun oz miqdorda qon olinib, unda immunoglobulinlar miqdori, ya’ni antiteloning titri aniqlanadi. Agar titr yetarli miqdorda boisa, u holda hayvondan kerakli hajmdagi qon olinadi, agar antiteloning titri kamroq boTsa, unda hayvonga yana 1-2 marta antigen yuborib, so‘ng kerakli miqdordagi qon olinadi. Uning sterilligi, xavfsizligi, oqsil miqdori, rangi, titri tekshiriladi va keyingi bosqichda ortiqcha oqsillardan tozalanadi. Davolash va profilaktika uchun ishlatiladigan immun zardoblar tozalangan, konsentratsiyalangan holda chiqariladi. Ulami aminoniy sulfat, ultratsentrifuga, elektroforez, gidrolitik fermentlar yordamida ajratib olinib, keraksiz oqsillardan tozalanadi. Immun zardoblar ikki guruhga boiinadi: toksinga qarshi - antitoksik va bakteriyaga qarshi - antibakterial. Bo‘g‘ma, botulizm, qoqshol, anaerob infeksiya, chayon va ilon zaharlariga qarshi antitoksik zardoblar tayyorlanadi. Stafilokokk, streptokokk va ko‘k yiring tayoqchasiga qarshi antibakterial zardoblar hozir keng qoilaniladi. Immun zardoblar maxsus qoilanm aga qat’iy rioya qilgan holda ishlatiladi. Immun zardob miqdori xalqaro birlikda (XB) oichanadi. Normal immunoglobulinlami zardobdan etil spirti 13 yordamida past haroratda fraksiyalarga ajratib olinadi. Globulinlami fraksiyalarga ajratish etil spirti konsentratsiyasining o‘zgarishiga, РН va tarkibidagi elektrolitlar miqdoriga bog’iq. Odam qonidan tayyorlangan immunoglobulinlar qizamiq, shol, ko'kyo'tal, gepatit A, tepki, suvchechak, skarlatina, chinchechak, qoqsholga qarshi, yuqori nafas yo‘li va murtak bezlari tez-tez yalligianadigan bolalarga profilaktika maqsadida qo'llaniladi. Zardoblami keragidan ortiqcha qo'llash mumkin emas, chunki ma’lum bir hollarda odamlarda allergik zardob kasalligi rivojlanishi mumkin. Hozir olimlar oldida yuqumli kasalliklarni maxsus profilaktikasini yanada takomillashtirish, qo'llanilayotgan vaksinalar sifatini yaxshilash va ytinada samaraliroq turlarini topish vazifasi turibdi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling