Vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi termiz
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5195282519590701281
Tirik vaksinalar. Chinchechak, toun, qizamiq, epidemik parotit, shol, kuydirgi,
quturish, sil va tulyaremiya kasalliklariga qarshi olingan vaks.inalar tirik vaksinalarga misol bo'la oladi. Tirik vaksinalar bir necha usullar bilan olinadi. Ingliz olimi E.Jenner 1796-yili birinchi boiib tirik vaksinani kashf etdi va undan odamlarni chinchechak qo‘zg‘atuvchisidan himoya qilish uchun foydalandi. U emlash uchun mikroorganizmni (sigirlar chechagi virusi) sigir sog‘uvchi ayollarning qoiidagi pufakchalar ichidagi yiringdan olgan. Sigirlar chechagi virusi odam chinchechak virusi bilan bir xil antigenlarga ega, lekir» sigir virusining virulentligi juda past. Tirik vaksinalar olishning ikkinchi usuli - patogen bakteriya va viruslarni noqulay sharoitlarda o‘stirish. Noqulay sharoitlarga tushgan mik- roorganizmlarda spontan mutatsiyalar boshlanadi. Populatsiyadagi muta.ntlar ichidan virulentligi pasaygan (avirulent) turlari ajratib olinib, aloH ida ko'paytiriladi, lekin shu shtam m larning antigenlik va immunogenlik xossalari saqlanib qolishi shart. Bu usul bilan L.Paster quturish, A.Kalmet va K.Jeren sil, A. A.Smorodinsev va M.G. Chumakov shol(poliomiyeiit) kasalliklariga qarshi tirik vaksinalar tayyorlashdi. Tirik vaksinalarning ijobiy tomonlari: organizmga kiritilgan vaksina bakteriyalari ko‘payib, tabiiy jarayonda rivojlanadigan bakteriyalar kabi kuchli immunitet hosil qiladi. Tirik vaksinalarni tabiiy kirish yoiidan bir martu immunizatsiya qilinsa kifoya, ularga qarshi kuchli, uzoq vaqt davom etadigan immunitet yuzaga keladi. 9 Tirik vaksinalarning kamchiliklari: organizmga irsiy jihatdan begona boigan nuklein kislota kiritiladi; organizmdagi avirulent shtammalar patogenlik tomonga reversiya qilishi va vaksina shtammlari, o‘stirila- yotga*i ekmalardagi begona mikroorganizmlar bilan kontaminatsiya qilishi mumkin; vaksina saqlash muddatining qisqaligi; immuntanqislik bor odam organ izmida har xil asoratlar beradi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling