Vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti " biologiya" kafedrasi "tasdiqlandi"


EMBL-tadqiqot markazi va ma‟lumotlar bazasi-Yevropa


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana06.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1332500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
bioinformatik - 3 kurs yangi

EMBL-tadqiqot markazi va ma‟lumotlar bazasi-Yevropa 
EMBL -1974 yilda tashkil topgan, tirik tabiat haqidagi fanlar bo„yicha 
Yevropaning yetakchi laboratoriyalari-molekulyar biologiya spektrlarini qamrab 
oluvchi 80 dan ortiq mustaqil tadqiqot guruhlari bo„lgan hukumatlararo
tashkilot hisoblanadi. Yevropa molekulyar biologiya laboratoriyasi -EMBL 
dunyodagi yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari va Yevropaning tirik tabiat haqidagi 
ilm-fan laboratoriyalari jamlanmalaridan biridir. EMBL Yevropa bo„ylab oltita 
markaz va uning saytlardan foydalanib ishlaydi: 
1. Heidelberg, Germaniya* - asosiy laboratoriya; 
2. Xinxton, Buyuk Britaniya* - Yevropa bioinformatika instituti 
(EMBLEBI); 
3. Grenobl, Fransiya* - struktur biologiya bo„yicha tadqiqotlar va xizmatlar; 
4. Gamburg, Germaniya* - struktur biologiya bo„yicha tadqiqotlar va 
xizmatlar; 
5. Rim, Italiya* - epigenetika va neyrobiologiya; 
6. Barselona, Ispaniya* - to„qima biologiyasi va kasalliklarni 
modellashtirish. 
EMBL - tirik tabiat bilan bog„liq bo‟lgan fanlar bo„yicha fundamental
tadqiqotlarga ixtisoslashgan hukumatlararo tashkilot bo„lib, 20 dan ortiq a„zo 
davlatlarning, shu jumladan, Yevropa va Isroilning, shuningdek, ikkita 
assotsiatsiyalashgan a„zo bo„lgan Argentina va Avstraliyaning jamoat tadqiqot 
markazlari tomonidan moliyalashtiriladi.


EMBL missiyasining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: 
- molekulyar biologiyada asosiy tadqiqotlarni o„tkazish; 
- barcha darajadagi olimlar, talabalar va yangi a„zolarga, tirik tabiat haqidagi 
bilimlarni o„rgatish 
- a„zo davlatlar olimlariga xizmatlarni taklif qilish, tirik tabiat bilan bog„liq 
bo„lgan hamma ma„lumotlar yuzasidan xizmat ko„rsatish 
- yangi vositalar va usullarni ishlab chiqish; 
- texnologiyalar transferida faol ishtirok etish; 
- Yevropa ilmiy tadqiqotlarini birlashtirish, zamonaviy biologiya soxasidagi
hamma ilmiy tadqiqot ishlarini birlashtirish 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling