Vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti " biologiya" kafedrasi "tasdiqlandi"


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana06.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1332500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
bioinformatik - 3 kurs yangi

 
 
 
 
 
 


Amaliy mashg‟ulot-1 
Zamonaviy bioinformatsion ma‟lumotlar bazalari haqidagi ma‟lumotlar bilan 
tanishish. Bibliografik malumotlar bazalari. Matnli ma‟lumotlarni olish 
instrumentlari 
 
Zamonaviy genom tadqiqotlarining o„ziga xos belgilaridan biri bu juda 
katta miqdordagi ketma-ketlik ma„lumotlarini yaratishdir. Genom ma„lumotlar 
hajmi o„sib borishi bilan, ma„lumotlarni boshqarish uchun murakkab hisoblash 
metodologiyasi talab qilinadi. Shunday qilib, genomika va bioinformatika oldida 
turgan birinchi vazifa - bu kompyuter ma„lumotlar bazalarini yaratish va ulardan 
foydalanish orqali keng hajmdagi ma„lumotlarni saqlash va boshqarish tashkil 
qiladi. 
Biologik ma„lumotlar bazasi - bu tizimda saqlanadigan ma„lumotlarning 
tarkibiy 
qismlarini 
yangilash, 
yuklab 
olish 
uchun 
mo„ljallangan, 
kompyuterlashtirilgan dasturiy ta„minot bilan bog„langan jarayon hisoblanadi.
Oddiy ma„lumotlar bazasi har xil ma„lumot to„plamini o„z ichiga olgan bitta fayl 
bo„lishi mumkin. Ma„lumotlar bazasini rivojlantirishning asosiy maqsadi 
ma„lumotlarni oson qidirib topishga imkon beradigan tizimli to„plamida 
ma„lumotlarni tashkil qilishdir.
Biologik ma‟lumotlar bazalarining turlari. Ularning tarkibiga qarab biologik 
ma„lumotlar bazalarini taxminan ikki toifaga bo„lish mumkin: 
1. Birlamchi ma„lumotlar bazalari: Birlamchi ma„lumotlar bazalari 
arxivlashgan ma„lumotlar bazasi deb ham ataladi. Ular nukleotidlar ketma-ketligi
oqsillar ketma-ketligi yoki makromolekulyar tuzilish kabi eksperimental ravishda 
olingan ma„lumotlar kabilar bilan to„ldirilgan. Eksperimental tadqiqot natijalari 
tadqiqotchilar tomonidan to„g„ridan-to„g„ri ma„lumotlar bazasiga topshiriladi va bu 
ma„lumotlar arxivlanib boradi. Ma„lumotlar quyidagi bazalarga taqdim etiladi: 
EMBL, GenBank NCBI va DDBJ-nukleotidlar ketma-ketligi, Array Express 
Archive va GEO-funksional genomik ma„lumotlar,PDB -Protein ma„lumotlari 
banki

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling