Vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti " biologiya" kafedrasi "tasdiqlandi"


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana06.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1332500
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
bioinformatik - 3 kurs yangi

PIR -protein axborot resursi 
PIR - protein axborot resursi bazasi oqsil ketma-ketliklarini taqdim etadi.
PIR 1984 yilda Uinona Barker va Robert Ledlilar boshchiligida Milliy Biotibbiy 
Tadqiqotlar Fondi (NBRF) tomonidan tadqiqotchilar va mijozlarga oqsillar ketma-
ketligi ma„lumotlarini aniqlash va izohlashda yordam beradigan manba sifatida 
tashkil etilgan. Dayxof va uning tadqiqot guruhi oqsillar ketma-ketligini 
taqqoslash, ketma-ketliklar orasidagi masofa va ketma-ketlikni aniqlash hamda 
oqsillar ketma-ketligi evolyutsion tarixini aniqlash uchun kompyuter usullarini 
ishlab chiqishda kashf etdilar. 
PIR boshqa ma„lumotlar bazalari jumladan, EBI (Yevropa Bioinformatika 
Instituti), oqsillar ketma-ketligi va funksiyalarining markaziy manbai bo„lgan
UniProt (Birlashgan Protein ma„lumotlar bazasi) va SIB (Shveytsariya 
Bioinformatika Instituti) bilan birgalikda ish yuritishadi. 
PIR o„zida oqsillar ketma-ketligi, oilalari, fermentlar va fermentativ yo„llar, 
molekulyar tuzilmalar va strukturalar ularning sinflari, genlar va genomlar, 
adabiyot va taksonomiyalarning ko„p sonli molekulyar ma„lumotlar bazalariga 
keng ko„lamli murojaatlarni va havolalarni taqdim etadi Ushbu sayt ma„lumotlarini 
UniProt (Birlashgan Protein ma„lumotlar bazasi) resurslari bilan dastlabki tahlilini 
o„tkazgan holda taqdim etib, tahlil qilishda ham UniProt dasturlaridan foydalanadi. 


UniProt ma‟lumotlar bazasi 
UniProt - bu oqsillar ketma-ketligi va funktsional ma„lumotlarning erkin 
kirishi mumkin bo„lgan ma„lumotlar bazasi bo„lib, ularning ko„plari genomni 
tartiblash loyihalaridan olinadi.. Unda tadqiqotlar natijasida olingan oqsillarning 
biologik funktsiyasi haqida juda ko„p ma„lumotlar mavjud. 
Zamonaviy metabolik yo‟llari ma‟lumotlar bazalari 
MetaCyc - hayotning barcha sohalarida eksperimental ravishda 
aniqlangan metabolik yo„llar va fermentlarning ma„lumotlar bazasi. U 
shuningdek reaktsiyalar, kimyoviy birikmalar va genlarni o„z ichiga oladi. 
MetaCyc bazasida 3067 turli organizmlardan mavjud bo„lgan 2766 xil 
metabolitik yo„llari mavjuddur. MetaCycda ham birlamchi, ham ikkilamchi 
metabolizmda 
ishtirok 
etadigan yo„llar, shuningdek bir-biriga bog„liq 
metabolitlarni, reaksiyalarni, fermentlarni va genlarni o„z ichiga oladi.
MetaCyc dasturlariga quyidagilar kiradi: 
lizmning onlayn ensiklopediyasi 
genomlarda metabolik yo„llarni bashorat qilish 
rmentlar bazasi orqali yaratish 
MetaCyc missiyasi quyidagi vazifalarni bajarish uchun genetika, 
molekulyar biologiya, mikrobiologiya, biokimyo genomika, bioinformatika, 
metabolik muhandislik va tizimlar biologiyasining ko„plab tadqiqotchilar 
jamoasiga xizmat qilishdir. MetaCyc asosiy tadqiqotlar va genomlarni tahlil qilish 
uchun tadqiqotchilar, talabalar va o„qituvchilar tomonidan o„quv maqsadlari uchun 
metabolik yo„llar va fermentlar haqidagi zamonaviy, adabiyotlar asosida 
tayyorlangan ma„lumot manbasi sifatida foydalaniladi. 
MetaCyc 
bazasida 
birlamchi 
metabolizmlarda 
va 
ikkilamchi 
metabolizmlarda ishtirok etadigan gen va oqsil (aksincha bo„lishi mumkin) 
yo„llarini o„zida saqlaydi. MetaCyc ma„lumotlari boshlang„ich adabiyotlardan
tadqiqotlardan va tashqi ma„lumotlar bazalaridan olinadi. Olingan ma„lumotlar 
asosida quyidagilarni taqdim etadi: 
„lning ahamiyati, 
-qarshi dalillar haqida. 
MetaCyc quyidagi manbalardan olingan ma„lumotlarni o„z ichiga oladi: 
Chem kimyoviy tuzilish bazalari 
MetaCyc-ni boshqa yo„l bazalari bilan taqqoslaydigan bo„lsak, jumladan 
MetaCyc yo„llari xaritalari KEGG xaritalariga qaraganda haqiqiy biologik 
jarayonlarga yaqinroq. MetaCyc shuningdek, metabolik reaktsiyalar va 


fermentlar to„g„risida keng ma„lumot beradi, bu esa ushbu metabolitning biosintezi 
yoki katabolizmining mumkin bo„lgan yo„nalishlari haqida tushunishga imkon 
beradi 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling