Vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti " biologiya" kafedrasi "tasdiqlandi"
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
bioinformatik - 3 kurs yangi
2. Ikkilamchi ma„lumotlar bazalari: Ikkilamchi ma„lumotlar bazalari
dastlabki ma„lumotlarni tahlil qilish natijasida olingan ma„lumotlarni o„z ichiga oladi. Ikkilamchi ma„lumotlar bazalari ko„pincha ko„plab manbalardan olingan ma„lumotlarga, shu jumladan boshqa ma„lumotlar bazalariga boshlang„ich va ikkinchi darajali ma„lumotlar bazalariga asoslanadi. Ko„pgina ikkilamchi ma„lumotlar bazalari shunchaki GenBank yoki EMBL kabi birlamchi ma„lumotlar bazalarining biridan yoki ikkinchisidan ajratib olingan kichik to„plamdir. Boshqa ikkilamchi ma„lumotlar bazalari ham mavjud bo„lib, ular hech qanday ketma-ketlikni taqdim etmaydilar, ularda ketma- ketliklarning ma„lumotlar bazalarida to„plangan ma„lumotlar mavjud Ushbu bazalarga quyidagilar misol bo„ladi: a. Omniome ma‟lumotlar bazasi: Omniome ma„lumotlar bazasi TIGR Genomik tadqiqotlar instituti tomonidan qo„llab-quvvatlanadigan keng qamrovli mikrobial manbadir. U nafaqat har bir genom uchun o„rganib chiqilgan ketma- ketligi va izohiga ega, balki organizmlar, taksonlar DNK molekulalarining tuzilishi, tarkibi va DNK ketma-ketligidan bashorat qilingan boshqa protein tarkibi atributlari to„g„risidagi ma„lumotlarga egadir. Ushbu ma„lumotlar bazasi ko„p genomli izlanishlar va tahlillar ishlarini osonlashtiradi, masalan, turli xil genomlardagi oqsillar va genlarning joylashish holatini taqqoslash ishlarida qo„llaniladi. b. FlyBase ma‟lumotlar bazasi: Konsorsium D.Melanogaster meva pashshasi misolida va uning barcha genomini yuqori to„liqlik va sifatga ko„ra ajratib beradi. c. ACEDB: Bu nafaqat ketma-ketlikni, balki genetik xaritalar, shuningdek, C. Elegans nematoda qurti haqidagi fenotipik ma„lumotlarning ham omboridir. d.InterPro- oqsil oilalari va domenlari, e.UniProt ma„lumotlar bazasi- oqsillar to„g„risidagi ketma-ketlik va funksional ma„lumotlar f.Ensembl-genlar o„zgaruvchanligi, funksiyasi boshqarish to„g„risidagi ma„lumotlar Ma‟lumotlar bazalarining ahamiyati ilm fanning rivojlanishidagi o„rni juda ham muhim. Ma„lumotlar bazalari ma„lumotlar ombori vazifasini bajaradi. Ma„lumotlar bazasi ma„lumotlarni saqlash va boshqarish uchun turli xil qidirish mezonlari orqali ma„lumotni osongina olish va foydalanish imkonini beradi. Ikkilamchi ma„lumotlar bazalari so„nggi o„n yil ichida biologiya sohalarining ma„lumotlar kutubxonasiga aylandi va tadqiqotchilar tomonidan o„rganilgan har qanday gen yoki gen mahsuloti to„g„risida juda ko„p ma„lumot olish imkonini beradi. Ko„plab foydalanuvchilarning bir xil ma„lumotlarda ishonchlilik darajasini oshirish va murakkab muammolar yechimini topishga yordam beradi. Ma„lumotlarni indekslash, identifikatsiyalashga imkon beradi. Xilma-xil ma„lumotlarning ko„payishini oldini olishga yordam beradi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling