Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   175
Bog'liq
gigiena

 
 
NAZORAT SAVOLLARI 
 
1. Aholini suv bilan ta'minlash qanday amalga oshiriladi? 
2. Mahalliy suv ta'minoti dеganda nima tushunasiz? 
3. Quduq suvi qanday zararsizlantiriladi? 
4. Dala shiyponlarini suv bilan ta'minlanishi ustidan sanitariya nazorati 
o`rnatish? 
5. Vodoprovodni sanitariya jihatidan muhofaza qilish chеgaralari? 
 
Suv gigiyenasi bo'limiga doir amaliy mashg'ulotlar 
 
Ichimlik suvning sifatini aniqlash va uni 
gigiyenik baholash 


Mashg'ulotdan maqsad: talabalarni ichimlik suvning sifatini aniqlash va unga 
gigiyenik baho berish usullari bilan tanish-tirish. 
Kerakli jihozlar: GOST 2874-73 va GOST 2874-82 „ Ichimlik suv". Suvda 
ruxsat etsa bo'ladigan kimyoviy birikmalar miqdori ifodalangan jadvallar. Suv 
manbalari ko'rsatilgan sxematik chizmalar; sig'imi 150—200 ml bo'lgan og'zi keng 
kolbalar, soat oynasi, tubi yassi jo'mrakli silindr, 1 raqamli Snellen harflari, silindrlar, 
standart eritma shkalasi, barometr, suv haroratini o'lchash uchun termometrlar, 
elektroplitka, santimetrli lenta, standart eritmalar shkalasi va rangsiz silindrlar uchun 
shtativlar, distillangan suv. 
GOST 2874-73, GOST 2874-82 ,,Ichimlik suv" talabi bo'yicha suv o'ziga xos 
hidli, mazali, rangsiz va tiniq, ma'lum bir haroratli, rohatbaxsh bo'lishi kerak. Zaharli 
birikmalar, radioaktiv moddalar, kasallik paydo qiluvchi mikroblar, gijja tuxumlari 
bo'lmasligi kerak. Suvning gigiyena talablariga muvofiqligi fizik, kimyoviy, 
bakteriologik, organoleptik, gidrobiologik, radiometrik tekshiruvlar yordamida 
aniqlanadi. Uning sifati, uning sanitariya holati, asosan suv manbalarining holatiga 
bog'liq. Shuning uchun suv manbalarining sanitariya jihatidan tekshirilishi muhim 
ahamiyatga ega. Sunday tekshirishga quyidagilar kiradi: 
1. Suv manbalarini joyida tekshirish (sanitariya-topografik tekshirish). 
2. Suv manbalaridagi suvning miqdorini va uning debitini aniqlash. 
3. Tekshirish uchun suv namunasini olish. 
4. Aholi va uy hayvonlari o'rtasida ifloslangan suv orqali tarqalishi mumkin 
bo'lgan kasalliklarni aniqlash. 
Suvni sanitariya-topografik tekshirishda asosiy e'tibor uni ifloslantiruvchi 
manbalarga qaratilishi lozim. Ifloslantiruvchi manbalarga: hammom, hojatxona, sanoat 
korxonalarining chiqindilari, kir yuvish inshootlari, axlatxona, chorva hamda 
parrandachilik fermalari chiqindilari va boshqalar kiradi. Shuning uchun faqat suv 
manbalarini tekshirish bilan cheklanmay, balki uning atrofldagi maydon va uning 
sanitariya holati hamda chiqindilardan tozalash inshootlarining mavjudligi va ularning 
holatlari ham o'rganiladi. Ochiq suv havzasini tekshirishda, uning boshlanishi va oqib 
o'tish joylarining (tog'lik, botqoqlik, atrofdagi aholi yashash joylarida odamlarning 
cho'milishi, hayvonlarni sug'orish, yuk tashish vositalarini yuvish joylari va b.lar.) 
sanitariya holati ko'zdan kechiriladi. Suv havzalarining tubi, geologik tuzilishi, 
qirg'oqlari, joyning qiyaligi aniqlanadi. Vodoprovod uchun suv olinadigan joy, suv to-
zalash inshootlarining ishga yaroqliligi va bu joylarda sanitariya qo'riqlash bo'limi 
o'rnatilganligi tekshiriladi. Quduqlarni tekshirishda uning joylashgan o'rni (ko'chada, 
hovlida), aholi yashash joylariga, axlatxonalargacha bo'lgan masofasi, joyning relyefi 
va tuproqning xususiyati aniqlanadi. Quduqning tuzilishi va turiga ahamiyat beriladi. 
Quduqdagi suvning hajmi uning ko'ndalang kesim yuzasi ichidagi suv ustunini 
balandligiga ko'paytirish yo'li bilan topiladi, buning uchun quduq chuqurligini aniqlash 
maqsadida kosachalar o'rnatilgan asbobdan foydalaniladi, quduqdagi suv ustunining 
yig'ilishini (debit) aniqlashda uni nasos bilan tortib yoki chelaklab olinadi. Bunda 
suvning oldingi sathiga yetish tezligi belgilanadi. Ko'l va havzalar suvining miqdori 
ularning uzunligi, eni va o'rtacha chuqurligiga ko'paytirish yo'li bilan topiladi. 
Daryolarning quvvati — ularning enini chuqurligiga va oqim tezligiga ko'paytirib 
olingan natijani ikkiga bo'lish yo'li bilan topiladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling