Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Ichimlik suvning fizik xossalarini aniqlash


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   175
Bog'liq
gigiena

Ichimlik suvning fizik xossalarini aniqlash 
Organoleptik usullar. Odamning sezgi a'zolari yordamida aniqlash mumkin 
bo'lgan tekshirish usullariga organoleptik usullar deyiladi. Suvning organoleptik 
xossalariga uning hidi, tiniqligi, rangi, ta'mi, harorati va shu kabilar kiradi. 


1. Suvning hidini aniqlash. 150—200 ml kolbaga 2/3 qism hajmda namuna 
olinadi. Kolbaning og'zi soat oynasi bilan berkitiladi va 40—50°C gacha qizdiriladi. 
Kolba chayqatilgandan keyin, hidi aniqlanadi va 5 ball darajada baholanadi. 
Agar suvning hidi ruxsat etilgan 2 balldan oshmasa, iste'mol qiluvchiga yomon 
ta'sir qilmaydi. 
Ball 
Hidlilik 
Hidlilik talqini 

Hech qanday 
Hid sezilmaydi 

Juda kuchsiz 
Iste'mol qilgan odam sezmaydi, 
lekin laboratoriyada aniqlanadi 

Kuchsiz 
Iste'mol qilgan odam yaxshiroq 
ahamiyat bersa, seziladi 

Sezilarli 
Hid yetarli darajada seziladi 

Yaqqol 
sezilarli 
Hid o'ziga jalb qila oladigan 
darajada 

Juda kuchli 
Hid kuchli, iste'mol qilish mumkin 
emas 
 
2. Suvning tiniqligini aniqlash. Namuna suv aralashtiriladi va tubi tekis, rangsiz 
silindrga solinadi. Silindr asosida undagi suvni chiqarib yuboradigan jo'mrak bor. 
Silindr tagiga 1 sonli bosmadan chiqqan Snellen harflari qo'yiladi. Yuqoridan 
qaralganda, silindr tagiga qo'yilgan harflar yaqqol ko'ringuniga qadar suv jo'mrak 
orqali oqizib turiladi. Silindrda to'kilgandan qolgan suv ustuni sm larda o'lchanadi. 
Ruxsat etilgan suvning tiniqligi 30 sm dan kam bo'lmasligi kerak. 20—30 sm gacha 
bo'lgan tiniqlik kuchsiz loyqa suv, 10—20 sm gacha juda loyqa suv hisoblanadi. 
3. Suvning rangini aniqlash. Suvning rangi teng hajmda olingan distillangan suv 
bilan oq qog'oz ustida taqqoslash yo'li bilan aniqlanadi. Namuna suv suzgichdan 
o'tkaziladi, 40 ml li rangsiz silindrga quyiladi va shu hajmdagi distillangan suv bilan 
solishtiriladi. Suvning rangi har xil sabablarga ko'ra o'zgarishi mumkin. Masalan, 
o'simliklarning kolloid moddalari parchalanishi tufayli botqoqlik suvi sarg'ish bo'ladi 
va h.k. 
Loyqa suv — loyning mayda bo'lakchalar bilan ifloslanganidan dalolat beradi. 
Temirning kolloid birikmalari suvga yashil yoki sarg'ish-yashil rang beradi. Suvda 
ko'k-yashil o'tlar bo'lsa, uning rangi yashil tusda bo'ladi. 
Suv rangining darajasini aniqlashda standart aralashmalar shkalasi bilan 
solishtiriladi (platina-kobalt va xrom-kobalt aralashmalari). Suvning rangi graduslarda 
ifodalanadi, bu ko'rsatkich 20° dan oshmasligi kerak. 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling