Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   175
Bog'liq
gigiena

4. Suvning ta'mini aniqlash. Suvning ta'mi kimyoviy, bakteriologik, virusologik, 
radiologik tekshirishlardan so'ng aniqlanadi. Ta'mini aniqlash uchun suv 15—20°C 
gacha isitiladi. Suvni og'izga oz-ozdan olib, bir necha sekundgacha ushlab turiladi. 
Suvning ta'mi uning tarkibidagi kimyoviy birikmaga qarab — achchiq, sho'r, 
shirin, nordon, xlorli, baliq ta'mli (va boshqalar) bo'lishi mumkin. 
Suvning ta'mi 5 ball darajasida baholanadi: 
Ball 
Ta'mi 
Ball 
Ta'mi 

Ta'msiz 

Seziluvchan 

Juda kuchsiz
ta'mli 

Yaqqol seziluvchan 

Kuchsiz ta'mli 

Kuchli 
 
5. Suvning haroratini aniqlash. Suvning harorati gigiyenik va fiziologik jihatdan 
katta ahamiyatga ega. 
Og'iz bo'shlig'i va me'da retseptorlari orqali markaziy nerv sistemasiga ta'sir 
qilishi tufayli, suvning harorati odam organizmining har xil a'zolari va sistemalarida 
javob reaksiyalarini keltirib chiqaradi. 
7—12 °C haroratli ichimlik suv odamga rohat bag'ishlaydi. Suvning harorati 15°C 
dan yuqori bo'lganda odamni tetiklantiruvchi xususiyati kamayib boradi. 5°C dan past 
bo'lsa, shamollash kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, suvning harorati 
jismoniy tarbiya o'tkazishda katta ahamiyatga ega. Cho'milish uchun ajratilgan suv 
havzalarida suvning harorati 22—26 °C bo'lishi zarur. Suvning harorati suv haroratini 
o'lchaydigan alohida termometrlar bilan aniqlanadi. 
Suvni dala sharoitida tozalash 
Suvni tindirish, koagulyatsiya usuli suvni qo'lda yasalgan yoki tayyor 
suzgichlardan (filtrdan) o'tkazishdan iborat. 
Dala sharoitida suvni koagulyatsiya qilish uchun A1
2
(SO
4
)
3
, Fe
2
(SO
4
)
3
, FeCl
3
birikmalari ishlatiladi. Suv koagulyatsiya qilinganda faqat tinibgina qolmay, qisman 
mikroblardan, zaharli, radioaktiv moddalardan suv ostiga cho'kayotgan A1
2
(OH)

parchalari yordamida tozalanadi. 
Koagulyant miqdori tajriba usuli bilan aniqlanadi. 
Bunda eng qulay koagulyant miqdori 20 dan 300 mg/l gacha hisoblanadi. 
Koagulyant miqdori quyidagicha hisoblanadi. 3 ta shisha idishga 200 ml dan 
namuna quyiladi va 1-idishga 20 mg (100 mg/l), 2-idishga 40 mg (200 mg/l), 3-idishga 
60 mg (300 mg/l) alyumin sulfati solinadi. Idishlar ichidagi namuna qo'shilgan koa-
gulyant bilan aralashtirilib, 10 daqiqa tindiriladi. Shisha idishdagi suv yuqori 
qatlamining tez tinishi koagulyantning eng maqbul miqdorida solinganligini anglatadi. 
Suvga koagulyantlar maydalangan yoki eritilgan holda solinadi, aralashtiriladi, 
tindiriladi va suzgichdan o'tkaziladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling