«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Achitqi bo‘limiga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablari


Download 3.15 Mb.
bet104/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Achitqi bo‘limiga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablari
Mikrobiologik laboratoriyada laboratoriya achitqisini tayyorlash va sof kulturalar bilan ishlash uchun alohida bo‘lim yoki kamera bo‘lishi kerak.
Achitqi mahsulotlarini tayyorlash va saqlash uchun ishlatiladigan termostatlar va muzlatgichlar boshqa maqsadlar uchun ishlatilmasligi kerak.
Bakterial achitqi kulturalarini tayyorlash bo‘limi ishlab chiqarish binolaridan ajratilgan va achitqi kulturalaridan foydalanuvchi sexlarga yaqin bo‘lgan ishlab chiqarish binosida joylashgan bo‘lishi kerak. Achitqi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi bo‘lim bir tomonlama yopiq tipda bo‘lishi kerak. Fermentatsiya bo‘limiga kirishda sanitariya kiyimlarini o‘zgartirish uchun vestibyul bo‘lishi kerak. Achitqi kulturasi bo‘lmasiga kirishda dezinfeksiyalovchi hovuzcha yoki gilamcha bo‘lishi kerak.
Sut va sut mahsulotlarini tashishga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Sut va sut mahsulotlari tashilishi maxsus jihozlangan sovutgichli transportda amalga oshirilishi kerak.
Sut va sut mahsulotlarini tashish uchun ishlatiladigan transport toza bo‘lishi kerak, yaxshi holatda, avtomobilning kuzovida tozalash oson bo‘lgan gigiyenik qoplamaga ega bo‘lishi kerak.
Xavf-xatarni oldini olish maqsadida issiq faslda sovutgichli yuk mashinalarida sut mahsulotlarni yuklash va yetkazib berish muddati 6 soatdan, ixtisoslashgan transport vositalari va bortli transport vositalarida esa 2 soatdan oshmasligi kerak.
Xavfga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Haydovchi-ekspeditor (yuk tashuvchi) tibbiy ko‘rikdan o‘tish va gigiyena mashg‘ulotlari, ish kiyimlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga va sut mahsulotlarini tashish qoidalariga qat’iy rioya qilishi, shaxsiy tibbiy kitobga ega bo‘lishi kerak.


Nazorat savollari
1. Sutni qayta ishlash korxonasi necha qismdan iborat bo‘ladi?
2.Sutni qayta ishlash korxonalariga sutni tashish va qabul qilsih tartibi.
13-AMALIY MASHG‘ULOT



Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling